https://t.me/matematikadan_repetitor
@matematikadan_repetitor kanali uchun
100 sonigacha bo'lgan tub sonlarga bo‘linish belgilari
Bu bo‘linish belgilarini kitoblarda deyarli uchratmaysiz. Oddiy maktab
darsliklarimizda 2, 3, 5, 9, 10 sonlariga bo‘linish belgilari o‘rgatiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktab darsliklarida biroz ko‘proq bo‘linish belgilari ya’ni, 2, 3
va 9, 4 va 25, 5 va 10, 6, 8 va 125, 11, 12, 16, 18, 24…lar berilgan. 7, 13 va 17 ga
bo‘linish belgilarini akademik litsey darsliklarida va qiziqarli kitoblarda, formula
daftarchalarida uchratganmiz. Endi biz sizlarga 100 gacha bo‘lgan barcha tub
sonlarga bo‘linish belgilarini quyida aytib o‘tamiz. Bu bo‘linish belgilarini iqtidorli
o‘quvchimiz Avazxonov Dilmurod topib bizga murojaat qilgan. O‘quvchimizga
darslikdagi bo‘linish belgilarini o‘rgatib, darslikda yo‘q bo‘lgan 7, 13 va 17
bo‘linish belgilarini o‘rgatganimizdan so‘ng, u bo‘linish belgilariga qiziqib qoladi
va quyidagi bo‘linish belgilarini bizga olib keladi. Sizlar ham tekshirib ko‘rishingiz
mumkin. Avazxanov Dilmurod hozirda Namangan viloyati VXTB tasarrufidagi 3-
sonli DIMIning 9-“A” sinfida tahsil oladi. Bu belgilarni o‘quvchimiz 7 sinfligida
topgan edi.
1. 𝟐 ⋮ Oxirgi raqami 0, 2, 4, 6, 8 raqamlari bilan tugaydigan sonlar 2 ga
bo‘linadi.
Misol uchun: 58792; 55684136 sonlari 2 ga qoldiqsiz bo‘linadi
2. 𝟑 ⋮ Berilgan sonning raqamlari yig’indisi 3 ga qoldiqsiz bo‘linsa,
bunday sonlar 3 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
Misol uchun: 57896412
→5+7+8+9+6+4+1+2=42. 42 soni 3 ga
bo‘linganligi uchun 57896412 soni 3 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
3. 𝟓 ⋮ Berilgan sonning oxirgi raqami 0 yoki 5 bilan tugasa, bunday
sonlar 5 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
4. 𝟕 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamning ikkilanganini
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 7 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 7 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
5. 𝟏𝟏 ⋮ Agar sonning juft o‘rinda turgan raqamlar yig’indisi bilan toq
o‘rinda turgan raqamlar yig’indisining ayirmasi 11 ga bo‘linsa, bunday
sonlar 11 ga bo‘linadi.
Misol uchun: 2456987125
Juft o‘rindagi raqamlar yig’indisi: 4+6+8+1+5=24
Toq o‘rindagi raqamlar yig’indisi:2+5+9+7+2=25
25-24=1 ayirma 11 ga bo‘linmagani uchun 2456987125 soni 11 ga
bo‘linmaydi.
6. 𝟏𝟑 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamning to‘rtlanganini
berilgan sondagi o‘nliklar soniga qo‘shganimizda, hosil bo‘lgan son 13 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 13 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
https://t.me/matematikadan_repetitor
@matematikadan_repetitor kanali uchun
7. 𝟏𝟕 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamning beshlanganini
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 17 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 17 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
8. 𝟏𝟗 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamning ikkilanganini
berilgan sondagi o‘nliklar soniga qo‘shganimizda, hosil bo‘lgan son 19 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 19 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
9. 𝟐𝟑 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamning yettilanganini
berilgan sondagi o‘nliklar soniga qo‘shganimizda, hosil bo‘lgan son 23 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 23 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
10.
𝟐𝟗 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamning uchlanganini
berilgan sondagi o‘nliklar soniga qo‘shganimizda, hosil bo‘lgan son 29 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 29 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
11.
𝟑𝟏 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamning uchlanganini
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 31 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 31 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
Misol uchun: 14508 soniga qaraylik. Bu sonda birliklar xonasida 8 raqami
turibdi. O‘nliklar soni esa 1450 ta. Qoida bo‘yicha bajaramiz: 1450 − 3 ∙
8 = 1426 → 142 − 3 ∙ 6 = 124 ⋮ 31. 124 soni 31 ga qoldiqsiz
bo‘linadi. Demak 14508 soni 31 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
12.
𝟑𝟕 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 11 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 37 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 37 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
13.
𝟒𝟏 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamning to‘rtlanganini
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 41 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 41 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
14.
𝟒𝟑 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 30 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 43 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 43 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
15.
𝟒𝟕 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 14 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 47 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 47 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
16.
𝟓𝟑 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 37 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 53 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 53 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
17.
𝟓𝟗 ⋮
berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 6 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar soniga qo‘shganimizda, hosil bo‘lgan son 59 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 59 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
https://t.me/matematikadan_repetitor
@matematikadan_repetitor kanali uchun
18.
𝟔𝟏 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 6 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 61 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 61 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
19.
𝟔𝟕 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 20 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 67 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 67 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
20.
𝟕𝟏 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 7 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 71 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 71 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
21.
𝟕𝟑 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 51 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 73 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 73 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
22.
𝟕𝟗 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 8 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar soniga qo‘shganimizda, hosil bo‘lgan son 79 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 79 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
23.
𝟖𝟑 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 58 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 83 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 83 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
24.
𝟖𝟗 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 9 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar soniga qo‘shganimizda, hosil bo‘lgan son 89 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 89 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
25.
𝟗𝟕 ⋮ berilgan sonning birlar xonasidagi raqamni 29 ga ko‘paytirib
berilgan sondagi o‘nliklar sonidan ayirganimizda, hosil bo‘lgan son 97 ga
qoldiqsiz bo‘linsa, berilgan son 97 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
𝑩𝒖 𝒃𝒐
′
𝒍𝒊𝒏𝒊𝒔𝒉 𝒂𝒍𝒐𝒎𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒊 𝒂𝒍𝒃𝒂𝒕𝒕𝒂 𝒕𝒆𝒌𝒔𝒉𝒊𝒓𝒊𝒃 𝒌𝒐′𝒓𝒊𝒏𝒈
Namangan viloyati VXTB tasarrufidagi 3-sonli DIMI
Matematika fani o‘qituvchisi Murodilla Usmanov
13.05.2020