Hududlararo hisob-kitoblar hisobi Banklararo hisob- kitoblar bir viloyat ichidagi hisob — kitoblar markazi orqali amalga oshirilib qolmay viloyat tashqarisiga ham chiqishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar viloyat Markaziy banki boshqarmalari qoshida ochilgan Hisob-kitob markazlari orqali otkaziladi.
Turli Hisob —kitoblar markazida vakillik hisobvaragiga ega bolgan banklar ortasidagi hisob-kitoblar hududlararo hisob-kitoblar deb yuritiladi.
Hududlararo hisob-kitoblarda Hisob-kitoblar markazlaridan otadigan barcha elektron tolovlarning filiallararo oborotlari hisob —kitoblar markazlarida ochiladigan quyidagi hisob varaqlarida aks ettiriladi.
27402-joriy kunning boshlangich avizosi
17405-joriy kunning javob avizosi
17409-joriy kunning taqqoslangan avizosi
27414-taqqoslanmagan kredit avizosi
Har bir tijorat bankidan kelib tushgan barcha elektron tolov hujjatlari asosida hisob-kitoblar markazida debet va kredit elektron avizolar shakillanadi. Hududlararo va banklararo hisob-kitoblar boyicha ham buxgalteriya yozuvlari alohida kredit va debet, alohida kredit elektron avizolar boyicha dasturiy yol bilan amalga oshiriladi. Xududlararo banklararo tolovlarni bir hisob-kitob markazi boshlab beradi, ikkinchi hisob markazi esa ularni qabul qiladi, yani operatsiyalarni yakunlaydi. Operatsiyalarni boshlab beruvchi hisob kitoblar markazida quyidagi buxgalteriya yozuvlari otkaziladi:
Debet 21302 TB ‹‹A››
Kredit 27402
Tushunish oson bolishi uchun kredit avizolari boyicha operatsiyalarni keltiramiz. Yuqoridagi buxgalteriya yozuvi ham kredit avizolari boyichadir. Bu buxgalteriya yozuvi birinchi hisob-kitoblar markazida tolovchi tijorat bankining hisobvaragidan pul kamaytirilib kunning boshlang;ich avizosi hisobvaragiga otkazilgani va boshlangich banklararo oborotlar bajarilganligini bildiradi.
Hisob-kitoblar markazida boshqa (birinchi) hisob-kitoblar markazining tijorat bankidan olingan elektron avizolar boyicha dasturiy usulda quyidagi javob buxgalteriya yozuvi otkaziladi.
Debet 17405
Kredit 21302 TB ‹‹B››
Bu buxgalteriya yozuvi birinchi hisob-kitoblar Markazidan kelgan elektron avizoga javoban, elektron pullarni joriy kunning javob avizosi hisobvaragi orqali ‹‹B›› tijorat bankining vakillik hisobvaragiga otkazilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda, bir hisob-kitob markazi boshlagan banklararo operatsiyasi ikkinchi hisob-kitob markazida yakunlanadi.
Barcha hududlararo hisob-kitoblar tijorat bankining vakillik hisobvaraglarida va 17405, 27402 — balans hisobvaraqlarining shaxsiy hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Hisob-kitoblar Markazidan jonatilgan elektron tolov hujjatlari asosida “Hududlararo hisob-kitoblar boyicha jonatilgan hujjatlarning elektron avizolari royhati” va 606-shakldagi hisobot tuziladi. Olingan elektron avizolar boyicha esa “Hududlararo olingan hisob-kitoblar boyicha olingan elektron avizolar royhati” tuziladi.
Hisob-kitob markazlarida yaratilgan (yani tijorat banklaridan olingan hujjatlar asosida shakillantirilgan) debet va kredit avizolar asosida har kuni 606 shakildagi hisobot shakillanadi. Hudud ichidagi va xududlararo tolovlar mavjud bolmagan hollarda ham hisobot tuziladi, lekin bu hisobot shakli kunlik aylanmasi nol holida tuziladi. Bunda aylanmalar yil boshidan boshlab hisobotda aks ettiriladi.
Hududlararo hisob-kitoblar boyicha 606- hisobot shakli tizimi vaqti qatiy chegaralangan, chunki bunday hisob-kitoblar boyicha taqqoslash operatsiyalari otkaziladi. Taqqoslash uchun oz vaqtida olingan malumotlar asosida elektron tabulyagramma tuzish lozim boladi.
Tuzilgan hisobot kompyuter ekraniga chiqariladi, songra malumot tarzida qogozga bosib chiqariladi. U royhat bilan yoki hududlararo tolovlar va 27402 hisob raqamining shaxsiy hisobvaraqlari bilan filiallar hisobvaraqlarining hisobvaraqlarini yozish boyicha buxgalteriya yozuvlarini hisobga olmagan holda taqqoslanadi. Tuzilgan hisobot Axborotlashtirish Markaziga beriladi. Bu yerda hisobot tekshiruvdan otkaziladi va berilgan hisobot boyicha tasdiq fayli tuziladi hamda hisob-kitoblar markaziga jonatiladi. Tasdiq faylini olgandan song hisob-kitob markazlarida ular qayta ishlanadi. Qayta ishlash jarayonida xatolar topilishi mumkin, bunday hollarda hisobot xatolarni tuzatgan holda qayta tuziladi va Axborotlash bosh markaziga yuboriladi.
Umuman, hisobot davridagi axborotlar joriy kun uchun 27402- hisob raqam boyicha kunning oxiridagi qoldiqqa teng bolishi shart. Yil boshidan hisoblangan oborotlar yil boshidan boshlab 27402- hisob raqam boyicha sof oborotlarga teng bolishi lozim.
Hisob-kitoblar markazidan 606 hisobot va elektron avizosi bilan olinadigan fayllar Axborotlash bosh markazida “filiallararo oborotlar tekshiruvi” boyicha keying bosqichda qayta ishlanadi. Bunday tekshiruvni otkazishdan maqsad “taqqoslash” vazifasini bajarish uchun elektron tabulyagrammalarni shakllantirishdir.
Elektron tolovlar tizimida hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirilishini nazorat qilish uchun har bir Hisob-kitoblar markazida taqqoslash vazifasi ornatilgan. Taqqoslash vazifasining mohiyati kun davomida Axborotlashtirish bosh markazidan olingan elektron tabulyagrammalarni barcha javob elektron avizolar bilan solishtirishdir. Ushbu vazifa hisob-kitoblar markazi amaliyot kunining bajarilishi shart bolgan yakuniy bosqich bolib hisoblanadi. Axborotlashtirish bosh markazidan tabulyagrammalar olingandan song hisob-kitoblar markazida “taqqoslash” vazifasini amalga oshirish boshlanadi. Bu vazifani bajarish jarayonida tabulyagrammalar toplami va kun davomida hisob-kitoblar markazidan otgan javob avizolar toplamining malumotlari quyidagi asosiy belgilar boyicha taqqoslanadi.
‹‹A›› bankning kodi
‹‹B›› bankning kodi
mijozlar hisobvaraqlari nomeri
avizo raqami, sanasi, summasi
Taqqoslash natijalari boyicha filiallararo hisobvaraqlarining yopilishi bilan
yakunlanadigan hisob-kitoblar markazining hisobvaraqlari boyicha tegishli buxgalteriya otkazmalari bajariladi. Yuqorida kredit avizolarni misol qilganimiz uchun kredit avizolar boyicha otkazmalarni korib chiqamiz. Taqqoslangan avizolar uchun hisob-kitoblar markazida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qayd etiladi.
Debet 17409
Kredit 17405
Javob elektron avizolar royhatda topilmasa yoki ikki belgi boyicha qiyoslanmasa, bunday avizolar taqqoslanmagan avizolar bolib hisoblanadi. Taqqoslanmagan kredit avizolar boyicha quyidagi buxgalteriya otkazmalari bajariladi.
Debet 17409
Kredit 27414
Taqqoslash vazifasi hal qilish jarayonining oxirgi bosqichida filiallararo oborotlar hisobvaraqlarini yopish avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Filiallararo oborotlar boyicha hisobvaraqlari faqat Toshkent Hisob-kitob markazida ochilgan 27418 tranzit hisobvaraqlari orqali otkazmalar asosida yopiladi.
Toshkent shahar Hisob-kitoblar markazida barcha hududiy Hisob-kitob markazlaridan filiallararo oborotlar hisob-varaqlarini yopish togrisida elektron avizolar olingandan song dasturiy tarzda quyidagi buxgalteriya otkazmalari amalga oshiriladi.
Debet 17405
Kredit 27418
Debet 27418
Kredit 17405
606 shakildagi hisobot barcha Hisob-kitoblar markazlaridan oz vaqtida olinsa hamda Toshkent shahar hisob-kitoblar markaziga filiallararo oborotlar hisobvaraqlarini yopish boyicha elektron avizo yuborilsa, amalga oshirilgan otkazmalar natijasida 27418-hisob raqam har kuni 0 ga yopiladi. Bu Respublika boyicha olingan operatsion kun boyicha hududlararo barcha hiso-kitoblar togri yakunlanganligini korsatadi.