10-Topshiriq.
Temperament va xarakter.Qobilyat.
Temperament odamning tevarak-atrofdagi voqealarga munosabati va hissiyotining ayrim xususiyatlarini belgilab beradi. Temperament ong, xotira, aql-zakovat va qobiliyatni aks ettirmaydi. Shu bois ham barcha temperament egalari orasida iqtidorli va iqtidorsiz, ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni uchratamiz. Temperamentning 4 ta tipi ma’lum: sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik.
Sangviniklar – sho‘x va quvnoq odamlar
Sangviniklar – sho‘x, quvnoq, tirishqoq va ta’sirchan kishilardir. Ular tevarak-atrofga tez moslashadi. Reaksiyalari yetarlicha kuchli yoki o‘rtamiyona bo‘ladi. Ular bilimni tez va osongina o‘zlashtirsalar-da, hamma vaqt ham puxta egallamaydilar. Muomalada ular ko‘proq shirinsuxan, quvnoq va gapdon odamlardir. Sangviniklar ishga osongina berilib ketib, jadal ishlashga qodir bo‘lishadi, lekin muntazam ravishda doimiy mehnat qilishga ancha qiynaladilar. Shu bilan birga ular tirishqoq va faol bo‘lishadi, boshqa kishilar bilan osongina til topishadi.
Flegmatiklar – vazmin odamlar
Flegmatiklar – vazmin kishilardir. Ular uchun shoshmaslik va bosiqlik o‘ta xos. Bunday odamlar murakkab hayotiy vaziyatlarda kamharakatchan bo‘lishsa-da, qo‘yilgan maqsadga erishishda ancha dadil bo‘lishadi. Bilimni sekinroq o‘zlashtirsalar ham, puxta egallashadi. Agar sangvinik alangaga o‘xshatilsa (u tez yonib, tezda so‘nadi), flegmatik sekin va uzoq yonadigan alangaga o‘xshaydi. Biror narsaga tez javob qilish kerak bo‘lsa, flegmatiklar vaqtni boy berib qo‘yadilar. Bunday paytlarda sangvinikning ustunligi sezilib turadi. Qat’iylik, iroda va sabr-toqat talab qilinadigan ishlarda esa flegmatik ustun keladi.
Xoleriklar – jizzaki odamlar
Xoleriklar – kuchli, chaqqon, jizzaki va harakatchan odamlardir. Ularning o‘ziga xos xususiyati — jizzakilik va beqarorlik. Xoleriklar juda faol va ishchan bo‘lishadi. Biroq ular bir maromda ishlay olishmaydi, goh g‘ayrat bilan, goh imillab ishlashadi. Shuning uchun ham ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidam talab qilinadigan vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishadi.
Melanxoliklar – jur’atsiz va ruhan zaif odamlar
Melanxoliklar – g‘amgin, jur’atsiz va ma’yus kishilardir. Salga charchash, biror ishga yetarlicha jur’at etmaslik, o‘z fikr va istaklarini qondira olmaslik ular uchun juda xos. Melanxoliklar, ko‘pincha, arzimagan qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydilar, ularga qarshi kurashdan voz kechadilar. Sangviniklar va flegmatiklar esa qiyinchiliklarni oson yengishadi, xoleriklar esa ularni xatto yo‘q qilib yuboradilar. Melanxoliklarda ijobiy his-tuyg‘ulardan salbiy his-tuyg‘ular ustunlik qiladi. Baxtli voqealardan ular zavqlana olmaydi, noxush voqealar esa ularni tushkunlikka tushirib qo‘yadi. Melanxoliklarning tashqi ko‘rinishi doimo tushkunlik va g‘amgin odamni eslatadi. Ular depressiyaga moyil bo‘lishadi.
Xarakter — adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy xarakter umumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); obʼyektiv (badiiy xarakterga proobraz boʻlib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va subʼyektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning oʻzaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va sanʼat asarlaridagi xarakter tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi.
Xarakter tushunchasi ilk marta Yunonistonda, badiiy ijod ruhiy madaniyatdan ajralib chiqqan bir davrda paydo boʻlgan. Xarakterning antik davrda ifodalagan mazmuni uning hozirgi talqinidan keskin farq qilgan. "Shoirlar ishtirokchilarning xarakterlarini tasvirlash uchun ularni asarga olib kirishmaydi, - deb yozgan edi Aristotel "Sheʼriyat sanʼati toʻgʻrisida"gi risolasida, - balki ularning xattiharakatlari orqali xarakterlarini ham (asar doirasiga) jalb etishadi". Antik davr tragediyasida ham inson obrazi emas, balki voqea asar gʻoyasini ifodalab kelgan va muhim badiiy obraz xisoblangan; personajlar asardagi muayyan badiiy vaziyatda oʻynagan roli bilan bir-biridan farklangan.
Qobiliyat -insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobilyat bilimdan keskin farklanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobilyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobilyat koʻnikma, malakatssh farq qiladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobilyat aynanlashtiriladi. Qobilyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobilyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobilyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobilyat uchun tayanch xususiyat -kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obʼyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobilyatning yetakchi xususiyatlaridan biri - narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |