10-sinf O’zbekiston tarixidan mavzulshtirilgan testlar 1-mavzu (46ta)



Download 143,01 Kb.
bet7/32
Sana20.08.2021
Hajmi143,01 Kb.
#152692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
7-mavzu (44 ta)

1. Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar partiyasining islohot to‘g‘risidagi manifestiga

imzo chekkan sanani aniqlang?

A) 1917-yil 5-mart B) 1917-yil 9-iyun

C) 1917-yil 5-aprel D) 1917-yil 12-may

2. Yosh xivaliklar partiyasi tashkil etilgan sanani aniqlang?

A) 1914-yil B) 1915-yil

C) 1916-yil D) 1917-yil

3. Ma’lumki, Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar partiyasining islohot to‘g‘risidagi manifestiga imzo chekkan edi. Ushbu manifestda nimalar ta`kidlangan edi?

1) yangi usul maktablari ochilishi;

2) mamlakatda temiryo‘l, pochta, telegraf barpo etilishi zarurligi;

3) davlat xazinasi nazorat ostiga olinishi;

4) barcha amaldorlarning saylanishi va maosh bilan ta’minlanishi;

5) butun aholining shariat oldida tengligi;

6) jadid maktablarini sovet maktablariga almashtirish

A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5

C) 1,2,3,4 D) 1,2,4,5,6

4 Ma`lumki, Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar partiyasining islohot to‘g‘risidagi manifestiga imzo chekkan edi. Ushbu islohotlarni amalga oshirilishini nazorat qilish uchun necha kishidan iborat Idorai mashruta tashkil qilindi?

A) 20 B) 25 C) 30 D) 35

5. XX asr boshlarida Quyidagi qaysi davlatda islohotlarni amalga oshirilishini azorat qilish uchun necha kishidan iborat Idorai mashruta tashkil qilingan edi?

A) Buxoro amirligi

B) Xiva xonligi

C) Turkiston Muxtoriyati

D) Farg`ona Muvaqqaat hukumati

6. Xiva xonligida islohotlar loyihasi e`lon qilingandan keyin kim boshchiligida Majlis(a) va Nozirlar Sho‘rosi(b) tashkil etildi?

A) a-Polvonniyoz Yusupov; b-Anvar Ochilkbekov

B) a-Bobooxun Salimov; b-Husaynbek Matmurodov

C) a-Polvonniyoz Yusupov; b-Bobooxun Salimov

D) a-Ortiq Oxun; b-Is’hoqxo‘ja Xo‘jayev

8.Qachon Yosh xivaliklar partiyasi rahbari Polvonniyoz Yusupovboshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara o‘tkazish uchun Toshkentga keldi?

A) 1917-yil mart B) 1917-yil iyun

C) 1917-yil aprel D) 1917-yil may

9. Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakili to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

A) Kazakov B) Skobelov

C) Mirbadalov D) Ostroumov

10. Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakili general …….boshchiligidagi harbiy kuchlarga tayanib, Majlisni tarqatib yubordi.

A) Kazakov B) Skobelov

C) Mirbadalov D) Ostroumov

11. Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakiliga tayanib qachon Majlisni tarqatib yubordi?

A) 1917-yil mart B) 1917-yil iyun

C) 1917-yil aprel D) 1917-yil may

12. Ma`lumki, Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakiliga tayanib qachon Majlisni tarqatib yuboradi. O`sha vaqtda kimlardan iborat Majlis(a) va Nozirlar Sho‘rosi(b) yangidan tashkil etildi?

A) a-Polvonniyoz Yusupov; b-Anvar Ochilkbekov

B) a-Bobooxun Salimov; b-Husaynbek Matmurodov

C) a-Polvonniyoz Yusupov; b-Bobooxun Salimov

D) a-Ortiq Oxun; b-Is’hoqxo‘ja Xo‘jayev

13.Xiva xoni Asafandiyorxon buyrug`i bilan Husaynbek Matmurodov boshchiligidagi Majlisning necha nafar sobiq a’zosi qamoqqa olindi va keyinchalik qatl etildi?

A) 12 nafar B) 14 nafar

C) 16 nafar D) 17 nafar

14. Asfandiyorxon Majlisni butunlay tugatgan sanani aniqlang.

A) 1917-yil noyabr B) 1917-yil iyun

C) 1917-yil aprel D) 1917-yil dekabr

15. 1917-yilda Asfandiyorxon Majlisni kimlarning yordami bilan butunlay tugatgan edi?

A) turkamlar yordami bilan

B) qozoqlar yordami bilan

C) qoraqalpoqlar yordami bilan

D) rus kazaklari yordami bilan

16. Asfandiyorxon tomonidan qachon JunaidxonXiva xonligi qurolli kuchlari qo‘mondoni qilib tayinlandi?

A) 1917-yil B) 1918-yil

C) 1919-yil D) 1920-yil

17. Quyidagi javoblardan qaysi biri Junaidxon haqida aytilgan fikrlarga mos kelmaydi?

A) 1918-yil JunaidxonXiva xonligi qurolli kuchlari qo‘mondoni qilib tayinlandi

B) Junaidxonning asl ismi Qurbon Mamed Sardor edi

C) Junaidxon chovdur urug‘iga mansub bo‘lgan

D) Junaidxon turkman qabilalaridan hisoblangan

18. Xivada bo‘lgan saroy fitnasi oqibatida Asfandiyorxon o‘ldirilgan sanani aniqlang.

A) 1918-yil 30-oktyabr B) 1918-yil 3-noyabr

C) 1918-yil 10-noyabr D) 1919-yil 5-may

19. Xiva xoni Asfandiyorxon o`ldirilgandan keyin taxtga kim keladi?

A) Is`hohbek B) Davlatbek

C) Said Abdulla D) Nurullaboy

20. Xiva xonligida 1918-1920-yilllarda hukmronlik qilgan xonni aniqlang.

A) Is`hohbek B) Davlatbek

C) Said Abdulla D) Nurullaboy

21. Xiva xoni o`ldirilgandan keyin hukumat boshlig`i bo`lgan shaxsni aniqlang.

A) Bobooxun Salimov B) Husaynbek Matmurodov

C) Polvonniyoz Yusupov D) Davlatmurod mahram

22. Junaidxon qo‘shinlari qachon Amudaryodan o‘tib, To‘rtko‘lga hujum qildi?

A) 1918-yil oktyabr B) 1918-yil dekabr

C) 1918-yil noyabr D) 1919-yil 5-may

23. Junaidxonninng qizil askarlarga olib borgan kurahsi qancha davom etdi?

A) 1 yil B) 1,5 yil C) 2 yil D) 2,5 yil

24. Xiva yaqinidagi Taxtaqishlog‘ida Junaidxon bilan sovet hokimiyati vakillari o‘rtasida shartnoma imzolangan sanani aniqlang.

A) 1919-yil 9-aprelda B) 1919-yil 25-aprelda

C) 1920-yil 3-martda D) 1920-yil 24-iyunda

25. Taxta shartnomasi imzolangan sanani aniqlang

A) 1919-yil 9-aprelda B) 1919-yil 25-aprelda

C) 1920-yil 3-martda D) 1920-yil 24-iyunda

26. Taxta shartnomasi quyidag qaysi davlatlar o`rtasida imzolangan?

A) Xiva xonligi va Buxoro amirligi

B) Xiva xonligi va Qo`qon xonligi

C) Xiva xonligi va Sovet davlati

D) BXSR va Sovet davlati

27. Qachon Yosh xivaliklar, To‘rtko‘ldagi inqilobchi kommunistlar guruhi hamda Qo‘shmamedxon Sapiyevva G‘ulomalixon Bahodirboshchiligidagi turkman qabilalari Xiva xoni Said Abdullaxon va turkman yovmutlarining yetakchisi Junaidxonga qarshi kurash boshlash uchun o‘zaro ittifoq tuzib, Xiva

shahrini egallash uchun qizil askarlarni yordamga chaqirdi?

A) 1919-yil 9-aprelda B) 1919-yil 4-noyabrda

C) 1920-yil 3-martda D) 1920-yil 24-iyunda

28. __________________Turkiston frontining Amudaryo (Xiva) guruhi qo‘shinlari xonlik hududini bosib olish uchun kes kin janglar olib bordi.

A) 1919-yil noyabr-1920-yil yanvar oylarida

B) 1919-yil dekabr-1920-yil yanvar oylarida

C) 1919-yil apel-1920-yilmay oylarida

D) 1919-yil noyabr-1920-yil dekabr oylarida

29. Xiva xonligining poytaxti Xiva bosib olingan sanani aniqlang.

A) 1919-yil 9-aprelda B) 1919-yil 4-noyabrda

C) 1920-yil 3-martda D) 1920-yil 1-fevral

30. Xiva xonligining poytaxti Xiva bosib olingandan keyin Junaidxon qayerga chekindi?

A) Issiqko`lga B) Norin daryosiga

C) Qoraqumga D) Qizilqumga

31. Xiva xonligida Said Abdullaxon taxtdan voz kechgandan keyin Muvaqqat inqilobiy hukumat qachon tuziladi?

A) 1919-yil 9-aprelda B) 1919-yil 4-noyabrda

C) 1920-yil 3-martda D) 1920-yil 2-fevral

32. Butunxorazm xalq vakilla rining I qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilganligi e’lon qilingan sanani aniqlang.

A) 1920-yil 26 – 30-aprelda

B) 1920-yil 22-aprel – 1-may

C) 1920-yil 20 – 30-aprelda

D) 1920-yil 18 – 20-aprelda


33. XXSR Nozirlar Sho‘rosining raisi qilib Yosh xivaliklar partiyasining rahbaridan kim saylangan edi?

A) Bobooxun Salimov

B) Husaynbek Matmurodov

C) Polvonniyoz Yusupov

D) Davlatmurod mahram

34. XXSRning muvaqqat Konstitutsiyasi va dastlabki Bayrog‘i qabul qilingan sanani aniqlang.

A) 1920-yil 26 – 30-aprelda

B) 1920-yil 22-aprel – 1-may

C) 1920-yil 20 – 30-aprelda

D) 1920-yil 18 – 20-aprelda

35. XXSRning yosh hukumati quyidagi qaysi xorijiy davlatlar bilan mustaqil ravishda savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalarni olib borishga harakat qilgan?

1) AQSH 2) Finlyandiya 3) Shvetsiya 4) Germaniya 5) Turkiya 6) Afg‘oniston 7)Eron

A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4,5,6

C) 2,3,4,5,6,7 D) 3,4,5,6,7

36. Afg‘onistonga qozikalon Bobooxun Salimovboshchiligida maxsus elchilik hay’ati jo‘natilgan sanani aniqlang

A) 1919-yil 9-aprelda B) 1919-yil 4-noyabrda

C) 1920-yil 3-martda D) 1921-yil 24-noyabrda

37. Quyidagi javoblardan qaysi birida tarixiy xatolik mavjud?

A) 1921-yil 6-martda Xorazmda qizil askarlar uyushtirgan harbiy davlat to‘ntarishidan

keyin P.Yusupov hukumati ham ag‘darib tashlandi

B) XXSR mavjud bo‘lgan qariyb 5 yil davomida bolsheviklar tomonidan XXSR MIK raislari va hukumat boshliqlarining har biri 10 martadan o‘zgartirildi

C) 921-yil 24-noyabrda Afg‘onistonga qozikalon Polvonniyoz Yusupov boshchiligida maxsus elchilik hay’ati jo‘natilgan

D) 1921-yil 6-martda Xorazmda qizil askarlar uyushtirgan harbiy davlat to‘ntarishidan keyin P.Yusupov hukumati ham ag‘darib tashlandi

38. XXSRda qishloq xo`jaligida qachon yagona soliq tizimi joriy etildi?

A) 1921-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 19124-yil

39. XXSRda hunarmandchilik va sanoat sohasidagi soliqlar ham bir tizimga solinib, davlat sanoat solig‘i joriy qilindi?

A) 1921-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1924-yil

40. XXSRda yangi tipdagi maktablar tashkil qilina boshlandi?

A) 1920-yil B) 1921-yil C) 1923-yil D) 1924-yil

41. Xivada xalq dorilfuni ochilgan sanani aniqlang.

A) 1920-yil B) 1921-yil C) 1923-yil D) 1924-yil

42. Butunxorazm xalq vakillarining IV qurultoyi XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi(XSSR)ga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi?

A) 1923-yil 17 – 20 oktyabrda

B) 1923-yil 20– 25 oktyabrda

C) 1924-yil 26 – 28 oktyabrda

D) 1924-yil 17 – 19 oktyabrda


43.Qachon XSSRning yangi Konstitutsiya mamlakatning sotsialistik qurilish yo‘liga o‘tishini qonun yo‘li bilan mustahkamlandi?

A) 1923-yil 17 – 20 oktyabrda

B) 1923-yil 20– 25 oktyabrda

C) 1924-yil 26 – 28 oktyabrda

D) 1924-yil 17 – 19 oktyabrda

44.Qachon Markaz tomonidan mustaqil davlatlar bo‘lgan XXSR va BXSR tugatilib, mintaqada o‘zbek xalqi davlatchiligi shakllangan ikki tarixiy markaz yo‘qotildi?

A) 1920-yil B) 1921-yil

C) 1923-yil D) 1924-yil



Download 143,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish