23-mavzu. O’zbekistonning siyosiy hayotidagi o’zgarishlar hamda sovetlarning partiya organlariga qaramligi (28 ta)
1. Sovet davrida yoshlar tashkilotlari nima deb yuritilgan?
A)kommunist *B)kamolot
C)komsomol D)komendant
2.Sovet jamiyatining siyosiy tizimiga nimalar kirgan?
1)partiya
2)turli darajadagi Sovet organlari
3)kasaba uyushmalari
4)komsomol
A)1,4 B)1,3 C)1,2 *D)1,2,3,4
3.Sovet jamiyati siyosiy tizimining asosiy ustuni nima hisoblangan?
A) yoshlar tashkilotlari *B) partiya
C) kasaba uyushmalari D) barchasi to’g’ri
4. 1917-1983-yillarda yashab faoliyat ko’rsatgan O’zbekiston rahbarini aniqlang.
A)Amin Niyozov B)Sobir Kamolov
C)Nuriddin Muhitdinov *D)Sharof Rashidov
5.Sharof Rashidov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga qachon saylandi?
A)1977-yil noyabr B)1966-yil aprel
*C)1959-yil 15-mart D)1977-yil 7-oktabr
6.Sharof Rashidov qachon va qayerda tug’ilgan?
*A)1917-yil 7-noyabrda Jizzaxda
B)1917-yil 23-yanvarda Samarqandda
C)1917-yil 7-noyabrda Buxoroda
D)1917-yil 23-yanvarda Toshkentda
7.Sharof Rashidov qaysi yillarda O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi sifatida faoliyat ko’rsatgan?
A)1950-1955-yillarda *B)1950-1959-yillarda
C)1952-1959-yillarda D)1951-1957-yillarda
8.Toshkentda qachon zilzila bo’lib o’tgan?
A)1977-yil noyabr *B)1966-yil
C)1959-yil 15-mart D)1977-yil 7-oktabr
9.Toshkent metropoliteni qurilishi kimning tashabbusi bilan boshlangan?
A)Amin Niyozov B)Sobir Kamolov
C)Nuriddin Muhitdinov *D)Sharof Rashidov
10.Toshkent metropolitenining birinchi navbati qachon ishga tushirildi?
*A)1977-yil noyabr B)1966-yil
C)1959-yil 15-mart D)1977-yil 7-oktabr
11.Toshkent metropolitenining birinchi navbati nechta bekatdan iborat bo’lgan?
A)6 B)7 C)8 *D)9
12.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qachon “Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi?
*A)2017-yil 27-mart B)2017-yil 13-noyabr
C)2017-yil 10-avgust D)2016-yil 14-may
13.O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan shaxslarning shu lavozimda ishlagan yillari bilan moslashtiring.
1)Inomjon Usmonxo’jayev a)1959-1970-yillarda
2)Yodgor Nasriddinova b)1978-1983-yillarda
3)Nazar Matchonov c)1970-1978-yillarda
A)1-c, 2-b, 3-a *B)1-b, 2-a, 3-c
C)1-c, 2-a, 3-b D)1-a, 2-c, 3-b
14.O’zbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimida mehnat qilgan shaxslarning shu lavozimda ishlagan yillari bilan moslashtiring.
1)Orif Alimov
2)Rahmonqul Qurbonov
3)Normuhammadi Xudoyberdiyev
a)1959-1961-yillarda
b)1971-1984-yillarda
c)1961-1971-yillarda
A)1-c, 2-b, 3-a B)1-b, 2-a, 3-c
C)1-c, 2-a, 3-b *D)1-a, 2-c, 3-b
15.Butun Sharqda parlament raisi bo’lgan birinchi ayol kim?
A)Sayyora Rashidova *B)Yodgor Nasriddinova
C)Indra Gandi D)Benazir Bxutto
16.Butun Sharqda parlament raisi bo’lgan birinchi ayol 1970-1974-yillarda qanday faoliyat bilan shug’ullangan?
*A)SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi
B)Qo’shilmaslik harakati rahbari
C)Yevropa Ittifoqi raisi
D)Hindiston Bosh vaziri
17.Yodgor Nasriddinova qayerda tug’ilgan?
*A)Qo’qon B)Jizzax
C)Andijon D)Xorazm
18.O’zbekiston SSRda qachon avvalgi davrlarga nisbatan xalqning turmush darajasi nisbatan yaxshilandi, uning moddiy ahvolida ijobiy o’zgarishlar yuz berdi?
A)XX asrning 50-60-yillarida
B)XX asrning 20-30-yillarida
*C)XX asrning 60-80-yillarida
D)XX asrning 30-50-yillarida
19. XX asrning 60-80-yillarida qaysi cho’llarning o’zlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan?
1)Mirzacho’l 2)Usyurt C)Surxon-Sherobod
4)Qorako’l 5)Qarshi 6)Zarafshon
*A)1,3,5 B)2,4,6
C)1,2,3 D)1,2,3,4,5,6
20.Oliy Sovetdan boshlab qishloq sovetlarigacha bo’lgan organlar kimlarning manfaatlarini himoya qilishlari kerak edi?
A)zodagonlar *B)mehnatkashlar
C)qashshoqlar D)ABC
21.Milliy respublikalar huquqini rasmiy cheklab, Markazga keng vakolatlar olib bergan SSSRning yangi Konstitutsiyasi qachon qabul qilindi?
A)1977-yil noyabr B)1966-yil
C)1959-yil 15-mart *D)1977-yil 7-oktabr
22.Milliy respublikalar huquqini rasmiy cheklab, Markazga keng vakolatlar olib bergan SSSRning yangi Konstitutsiyasi kimning rahbarligida tayyorlandi?
A)Xrushyov B)Stalin
*C)Brejnev D)Gorbachyov
23.Leonid Ilich Brejnev yashagan yillarni to’g’ri belgilang.
A)1917-1983-yillarda B)1910-1978-yillarda
*C)1906-1982-yillarda D)1907-1989-yillarda
24.SSSRda rivojlangan sotsialistik jamiyat qurish nazariyasini ilgari surgan SSSR rahbarini aniqlang.
A)Xrushyov B)Stalin
*C)Brejnev D)Gorbachyov
25.SSSR Konstitutsiyasining nechanchi moddasida KPSSning sovet davlatidagi yetakchilik roli qonuniy mustahkamlab qo’yilib, kommunistik partiya jamiyatning rahbarlik qiluvchi va yo’naltiruvchi kuchi deb yozilgan edi?
A)16-moddasida B)9-moddasida
*C)6-moddasida D)12-moddasida
26.Partiya nomenklaturasi nima?
A)partiyani faqat slavyan va arman millatiga mansub shaxslar boshqarishi
B)partiyadagi ko’pchilikning rus millatiga mansubligi
*C)partiya organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar
D)joylarda partiya nomidan ish ko’radigan boshqarmalar
27.SSSRdagi ma’sul lavozimlarga faqat kimlar tayinlangan?
*A)kommunistlar B)liberallar
C)eserlar D)demokratlar
28.Turli darajadagi Sovetlar, komsomol hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari qaysi partiya tarkibiga kiritilgan?
A)Liberalistik partiya
B)Demokratik partiya
*C)Kommunistik partiya
D)hech qanday partiya tarkibiga kiritilmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |