17-mavzu. O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi front xizmatida (32 ta)
32. Qachon respublika hukumati xalq xo‘jaligini harbiy izga solish, qaysi korxona qachon ishga tushirilishi to‘g‘risida, ichki resurslarni to‘la safarbar etish to‘g‘risida aniq vazifalarni belgilab berdi.
a) 1941-yil sentyabr – dekabr
b) 1941-yil mart – aprel
c) 1941-yil oktyabr noyabr
d) 1942-yil sentyabr – dekabr
33. 1941-yil dekabriga kelib Toshkentdagi (a) ta, respublika hududidagi (b) ta sanoat korxonalari mudofaa mahsulotarini ishlab chiqara boshladi. Ko‘chirib kelingan zavodlar ham o‘z quvvatini oshirib bordilar.
a) a-25, b-150; b) a-36, b-255;
c) a-80, b-210; d) a-63, b-230;
34. Qachon harbiy korxonalar xodimlari urushga safarbar qilinganlar qatoriga qo‘shildi va shu korxonalarga biriktirildi.
a)1941-yil 14-dekabrdan b) 1940-yil 18-martda
c) 1939-yil 14-dekabr; d) 1941-yil noyabr
35. Urush yillarida o‘zboshimchalik bilan korxonadan ketib qolganlarga necha yillik qamoq jazosi belgilandi ?
a) 3 yildan 6 yilgacha; b) 4 yildan 7 yilgacha
c) 5 yildan 8 yilgacha; d) 6 yildan 9 yilgacha
36. O‘zbekistonda nechinchi yilda yangi sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 2 baravar ko‘paydi.
a) 1942-yilda; b) 1943-yilda;
c) 1944-yilda; d) 1945-yilda
37. 1943-yilda sanoatning respublika xalq xo‘jaligidagi salmog‘i necha foizgacha ortdi.
a) 65 foizgacha; b) 70 foizgacha;
c) 80 foizgacha; d) 75 foizgacha
38. Urush yillarida O‘zbekistonda qanaqa GESlar qurildi ?
1. Oqqovoq, 2.Qarantay, 3.Qibray,
4. Qorovultepa, 5. Salor, 6. Farhod.
a) 1,3,4,6; b) 1,2,4,6;
c) 1,4,5,6; d) 1,3,5,6
39. Urush yillarida O‘zbekistonda nechta yirik gidroelektr stansiyasi qurilgan ?
a) 7 ta; b) 11 ta; 15 ta; d) 18 ta
40. 1944-yil martda qayerda O‘rta Osiyoda dastlabki zamonaviy metallurgiya kombinati - O‘zbekiston metallurgiya zavodining birinchi navbati ishga tushirildi ?
a) Samarqandda; b) Navoiyda;
c) Jizzaxda; d) Bekobodda
41. O‘zbekiston Ittifoqning asosiy jangovar aslahaxonalaridan biri sifatida (a) samolyot, (b) minamyot, (c) snaryad frontga yetkazib berdi ?
a) a-1000 dan ortiq, b-52 mln dona, c-500 000 dona
b) a-2000 dan ortiq, b-22 mln dona, c-500 000 dona
c) a-1500 dan ortiq, b-30 mln dona, c-500 000 dona
d) a-2500 dan ortiq, b-24 mln dona, d-400 000 dona
42. Urush yillarida og‘ir mehnat yuki asosan kimlarning yelkasiga tushgan ?
a) ayollar, qariyalar va o‘smirlar;
b) erkaklar va askarlar
c) faqat harbiylarga;
d) barcha aholiga
43. 1941-yili davlatga qancha miqdorda paxta topshirildi.
a)6 mln tonna
b) 2,6 mln tonnadan ziyod
c) 1,6 mln tonnadan ziyod
d)1mln tonna
44. Don va texnik ekinlarni ko‘paytirish harakati natijasida 1942-yil bahorida necha ming gektar yer o‘zlashtirildi.
a) 220500 ga; b) 350780 ga;
c) 352450 ga; d) 145226 ga.
45. Urush yillarida nimani oshirish eng muhim vazifa qilib qo‘yilgan ?
a) qand lavlagi yetishtirish; b) G`alla yetishtirish;
c) qamish yetishtirish; d) paxta yetishtirish
46. Urush yillarida qanaqa kanallar qurilgan ?
1.Yuqori Chirchiq, 2. Uchquloch, 3. Shimoliy Farg‘ona, 4. So‘x-Shohimardon, 5. Oqqurg`on,
6. Uchqo‘rg‘on
a) 1,2,4,6; b) 2,3,5,6;
c) 1,3,4,6; d) 1,2,3,5.
47. Urush yillarida qanaqa suv omborlari qurilgan ?
a) Kosonsoy, Rudasoy;
b) Oqqovoq, Solor;
c) Kattaqo`rg`on, Qoratepa
d) Andijonsoy, Rudasoy
48. Qaysi viloyatlarida qand lavlagi uchun unumli yerlar ajratilib, 1943-yili 1,5 mln sentnerdan ortiq lavlagi davlatga topshirildi ?
a) Samarqand, Farg‘ona, Toshkent;
b) Xorazm, Buxoro, Jizzax
c) Qarshi, Navoiy, Sirdaryo;
d) Samarqand, Jizzax, Sirdaryo
49. Urush yillarida qand lavlagini qayta ishlovchi qand zavodlari qurildi ular qaysilar ? 1. Zirabuloq, 2. Krasnogvardeysk, 3. Sirdaryo, 4. Qo‘qon,
5. Yangiyo‘l, 6. Jizzax
a) 1,2,4,5; b) 1,3,5,6;
c) 2,3,4,5; d) 2,4,5,6
50. Urush yillarida O‘zbekiston butun mamlakatda ishlab chiqariladigan qandning qancha
qismini berar edi?
a) 3/4; b) 2/4; c) 1/4; d) 2/5.
51. Urush yillarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ahli (a)ziyod paxta xomashyosi, (b) mahsulotlarini davlatga yetkazib berdi.
a) a-3 mln tonnadan, b-60 mln pud don;
b)a-4 mln tonnadan, b-82 mln pud don
c) a-5 mln tonnadan, b-70 mln pud don;
d)a-6 mln tonnadan, b-90 mln pud don
52. Urush yillarida G‘arbiy frontga oziq-ovqat va kiyim-kechak olib borgan delegatsiya rahbarini aniqlang ?
a) Usmon Yusupov; b) Hasan Islomov;
c) Quchqor Turdiyev; d) Sobir Rahimov
53. Urush davrida O‘zbekistonda ishchi va xizmatchilarga kuniga (a) grammdan, oila a’zolariga esa (b) grammdan non berildi.
a)400-500, 300-400; b)300-400, 200-300;
c)100-200, 50-100; d)500-600, 300-400
54. Urush yillarida rahbar xodimlar esa maxsus oziq-ovqat ya`ni … bilan ta’minlab turildi.
a) Bunag; b) Zayom;
c) Kompensatsiya; d) Payok
55. Urush yillarida o‘zbek qishloqlarida ahvol og‘ir bo‘lgan. Kolxozlarda kimlar uchun majburiy ish kuni normasi 1,5 marta oshirilgan.
a)kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar;
b) 18 yoshdan yo`qori fuqarolarga;
b) yoshlar va 14 yoshdan oshgan o`smirlar;
d) 15 yoshdan yo`qori fuqarolarga.
56.Urush yillarida aholi tarkibida vujudga kelgan yangi ijtimoiy guruhlarni aniqlang ?
1. harbiy xizmatchilar oilalari, 2. Urushda g`olib bo`lganlar, 3. evakuatsiya qilinganlar, 4. Boylar kvartallari 5. urush nogironlari, 6. yetim bolalar.
a) 1,3,5,6; b) 1,2,4,5;
c) 2,3,4,6; d) 3,4,5,6;
57. Urush yillarida O‘zbekistonga 1 mln nafardan ortiq kishi, jumladan, necha ming bola evakuatsiya qilindi ?
a) 100 000, b) 200 000;
c) 300 000; d) 400 000
58. Urush yillarida bola asrab olgan ota onalarni bolalarini quyidan yuqoriga qarab moslahtiring ?
1. Shoahmad Shomahmudovlar oilasi, 2. Fotima Qosimova, 3. Hamid Samadov
a) 1,2,3; b) 2,1,3; c) 3,2,1; d) 2,3,1;
59. Urush yillarida bola asrab olgan ota-onalarni qayerda yashashini moslashtiring ?
1. Shoahmad Shomahmudovlar oilasi, 2. Fotima Qosimova, 3. Hamid Samadov
a) kattaqo‘rg‘onlik urush nogironi, b) toshkentlik oddiy temirchi, c) samarqandlik kolxozchi
a) 1-c, 2-a, 3-b; b) 1-a, 2-b, 3-c;
c) 1-b, 2-a, 3-c; d) 1-b, 2-c, 3-a
60. Respublikaga urush davrida qanchadan ortiq harbiy gospital joylashtirildi.
a) 30 dan, b) 15 dan,
c) 20 dan, d) 10 dan
61. Urush yillarida Totalitar tuzum rahbarlarining farmoyishi bilan mamlakatning sharqiy hududlariga ko‘chirilib yuborilgan Kavkaz xalqlarini aniqlang ?
1.chechenlar, 2. greklar, 3.ingushlar, 4. qrim tatarlari, 5. qorachoylar, 6. mesxeti turklari, 7. gruzinlar,
8. bolqorlar
a) 1,3,5,7,8; b) 1,3,5,6,8;
c) 1,2,4,6,7; d) 2,4,6,7,8
62. 1943–1944-yillarda zudlik bilan mamlakatning sharqiy hududlariga ko‘chirilib yuborilgan xalqlarni aniqlang ?
1. Kavkaz xalqlari, 2. Yoyiq kazaklari, 3. Sharqiy Ukrainlar, 4. Qrim tatarlari, 5. Volgabo`yi nemislari.
a) 1,3,5; b) 1,2,4;
c) 2,4,5; d) 1,4,5.
63. Urush yillarida O‘zSSRga ko‘chirilgan xalqlarni, ularning soni bilan moslashtiring ?
1. Qrim tatarlari, 2. mesxeti turklari, 3. chechenlar, 4. ingushlar, 5. bolqor va greklar.
a) 4500, b) 20 000, c) 151 604,
d) 110 000, e) 175 000
a)1-c,2-d,3-e,4-b,5-a; b) 1-a,2-b,3-c,4-d,5-e;
c) 1-d,2-c,3-b,4-e,5-a; d) 1-a,2-e,3-c,4-d,5-b;
62. Urush yillarida O‘zSSRga ko‘chirilgan mesxeti turklar qayerda yashar edi ?
a) Qrimda; b) Gruziyada;
c) Shimoliy Kavkazda; d) Turkiyada
63. Gimnastyorka bu-……
a) Tik yoki qaytarma yoqali,ustidan kamar bog‘lanadigan ust ko‘ylak (rasmiy harbiy kiyim)
b) (rus. – irg‘itmoq, otmoq) mina otadigan qurol
c) tibbiy xizmat ko‘rsatish xodimlari va uskunaliri bilan ta’minlangan poyezd.
d) otliq qo‘shin.
Do'stlaringiz bilan baham: |