8-mavzu. BXSR va XXSRda qizil armiyaga qarshi kurash (33 ta)
45. Qizil askarlarning Buxoroga hujumi arafasida G‘arbiy Buxoro hududida qo`rboshilik qilgan shaxsni aniqlang?
A) Ibrohimbek B) Davlatmandbek
C) Mulla Abdulqahhor D) Bahrombek
46. Qizil askarlarning Buxoroga hujumi arafasida Sharqiy Buxoro hududida qo`rboshilik qilgan shaxsni aniqlang?
A) Ibrohimbek B) Davlatmandbek
C) Mulla Abdulqahhor D) A va B
47. Bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragan Olimxon qachon Afg‘oniston davlati hududiga o‘tib ketishga majbur bo‘ldi?
A) 1921-yil mart B) 1922-yil aprel
C) 1923-yil dekabr D) 1923-yil mart
48. Qizil askarlarning Buxoroga hujumi davrida kim boshchiligida poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar to‘plandi va qizil armiyaga qarshi jangovar harakatlar olib borild?
A) Ibrohimbek B) Davlatmandbek
C) Mulla Abdulqahhor D) Bahrombek
49. Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoroning qaysi viloyatlarida o`nlab qo`rboshilar faoliyat olib borishdi?
1) G`ijduvon; 2) Karmana ; 3) Zarafshon; 4) Buxoro; 5) Nurota
A) 1,2,3 B) 2,4,5 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4
50. Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoroning g‘arbiy qismida necha qo`rboshi birlashgan?
A) 20 B) 25 C) 30 D) 35
51. Mulla Abdulqahhor qayerda qizil askarlarga qarshi bo‘lgan janglarning birida halok bo`ladi?
A) Nurota B) Issiqko`l C) Qizilqum D) Qoraqum
52. Mulla Abdulqahhor qayerda qizil askarlarga qarshi bo‘lgan janglarning birida qachon halok bo`ladi?
A) 1921-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1924-yil
53. Sharqiy Buxoro hududida o‘zining boshqaruv usulini amalga oshirgan shaxsni aniqlang.
A) Ibrohimbek B) Davlatmandbek
C) Mulla Abdulqahhor D) Bahrombek
54. Buxorodagi istiqlolchilik harakati rahbarlari o‘rtasida Turkiyadan kelgan generallarni aniqlang.
A) Ibrohimbek va Davlatmandbek
B) Mulla Nafis va Ibrohimbek
C) Anvar va Salim Posho
D) Davlatmandbek va Mulla Nafis
55. Anvar Posho Kavkazdan Buxoro shahriga kelgan yilni aniqlang.
A) 1921-yil oktyabrda B) 1921-yil noyabrda
C) 1921-yil dekabrda D) 1922-yil yanvarda
56. Anvar Posho 1921-yil 9-noyabrda Qarshi yaqinidagi Qiliko‘l atrofida kim bilan uchrashadi va bayonot beradi?
A) Ibrohimbek B) Davlatmandbek
C) Mulla Nafis D) Salim Posho
57. Anvar Poshoning sa’y-harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda amalga oshirilgan ishlarni aniqlang.
1) birlashgan qismlar bunyod etildi;
2) turk zobitlari bilan mustahkamlandi;
3) g‘arbcha qo‘mondonlik uslubi joriy qilindi
4) vaqf mulklari askarlarga bepul bo`lib berildi
A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3
58. Anvar Posho qachon qizilllar bo`lgan jangda halok bo`ladi?
A) 1921-yil oktyabrda B) 1921-yil noyabrda
C) 1921-yil dekabrda D) 1922-yil avgustda
59. Anvar Posho xotirasiga bag‘ishlab “Baljuvon” marsiyasini yozgan shoirni aniqlang.
A) Fitrat B) Cho`lpon
C) Avloniy D) Mirza Salimbek
60. BXSR Markaziy Ijroiy Qo‘mitasi raisi to`g`ri berilgan javobni aniqlang.
A) Usmon Xo‘ja
B) Abdulhamid Oripov
C) Muhiddin Maxsum Xo‘jayev
D) Ali Rizo Afandi
61. BXSR harbiy ishlar noziri to`g`ri berilgan javobni aniqlang.
A) Usmon Xo‘ja
B) Abdulhamid Oripov
C) Muhiddin Maxsum Xo‘jayev
D) Ali Rizo Afandi
62. Avval Rossiya imperiyasi keyinroq Xiva xonligiga qarshi kurashgan Junaidxon qachondan qizil askarlarga qarshi mustaqillik uchun jangga kirgan edi?
A) 1918-yil o‘rtalaridan B) 1919-yil o‘rtalaridan
C) 1920-yil o‘rtalaridan D) 1921-yil o‘rtalaridan
63. “Rossiya hukmronligi oldida bo‘yin egishni xohlamagan davlat qahramoni” sifatida ta’riflangan shaxsni aniqlang.
A) Usmon Xo‘ja B) Abdulhamid Oripov
C) Madaminbek D) Junaidxon
64. “Xotiralar” kitobi muallifni aniqlang.
A) Ahmad Zaki Validiy B) Usmon Xo‘ja
C) Abdulhamid Oripov D) Mirza Salimbek
65. Junaidxon Xorazmda o‘z faoliyatini yanada kuchaytirgan yilni aniqlang.
A) 1920-yildan B) 1921-yildan
C) 1922-yildan D) 1923-yildan
66. Junaidxon Xorazmda o‘z faoliyatini yanada kuchaytirgan davrda askarlar soni qancha edi?
A) 10 ming B) 12 ming C) 15 ming D) 20 ming
67. 1922-yil aprel oyida Junaidxon qo‘shinlari qayerni ozod qilishdi?
A) Alieli B) Porsu
C) Bog`ot D) Hazorasp
68. Uchinchi chaqiriq XXSR MIK II sessiyasi bo`lib o`tgan davrni aniqlang.
A) 1923-yil 12-yanvarda B) 1924-yil 10-dekabr
C) 1925yil 18-mart D) 1926-yil 22-may
69. Junaidxon 1924-yil 17-iyunda o‘zining necha hamrohi bilan Afg‘onistonga yetib keldi?
A) 20 nafar B) 25 nafar C) 30 nafar D) 35 nafar
70. Junaidxon 1924-yil 17-iyunda o‘zining bir necha hamrohi bilan Afg‘onistonning qaysi shahariga yetib boradi?
A) Hirot B) Marv C) G`azna D) Charjo`y
71. M.Frunzening ta`rificha Turkiston marvaridi deb qayerga aytiladi?
A) Samarqand B) Andijon C) Xiva D) Farg`ona
72. Qurolli kurashning birinchi davri yakunlangan davrni aniqlang
A) 1918-yil B) 1919-yil C) 1921 D)1924-yil
73. Qaysi voqeadan keyin qurolli kurashning birinchi davri yakunlangan?
A) Birinchi jahon urushi boshlangandan keyin
B) Birinchi jahon urushi tugagandan keyin
C) Turkiston Muxtoriyati tugagandan keyin
D) milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazgandan keyin
74. Qurolli kurashning ikkinchi davri qaysi yillarda bo`lib o`tgan?
A) 1925-1935-yillar B) 1926-1936-yillar
C) 1927-1935-yillar D) 1929-1937-yillar
75. Qurolli kurashning ikkinchi davri necha yil davom etgan?
A) 10 yil B) 12 yil C) 14 yil D) 16 yil
76. Turkistondagi istiqlolchilik harakati mag‘lubiyatga uchragan sanani aniqlang.
A) 1932-yil B) 1934-yil C) 1935-yil D) 1937-yil
77. Istiqlolchilik harakatining eng zaif tomonlari to`g`ri berilgan javoblarni aniqlang.
1) yagona markaz ostida to‘liq birlasha olmasligi;
2) yagona milliy dasturning yaratilmaganligi;
3) ba’zi yetakchi shaxslar orasidagi kelishmovchilik va nizolarning mavjudligi
4) qizil askarlarga taslimchilik siyosati
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4
Do'stlaringiz bilan baham: |