10-sinf jahon tarixi 2017-yil darslik asosida mavzulashgan test savollari


-mavzu. 1918 – 1939-yillarda Lotin Amerikasi



Download 458 Kb.
bet3/8
Sana13.03.2020
Hajmi458 Kb.
#42351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-sinf j tarix


10-mavzu. 1918 – 1939-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari. (37 ta)

***Qaysi hududda joylashgan davlat Lotin Amerikasi deb atalmaydi.



  1. Janubiy amerika

  2. shimoliy amerikaning janubiy qismi

  3. *shimoliy amerikaning markaziy qismi

  4. karib dengizidagi orollar

  1. Qaysi til lotin tilidan kelib chiqmagan.

  1. Ispan b) Portugal c) *nemis d) fransuz

  1. Bugun xalqaro hujjatlarda Lotin Amerikasi mamlakatlari qanday ataladi.

  1. *Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari b) shimoliy amerika va Karib havzasi mamlakatlari c) janubiy amerika davlatlari d) karib havzasi va amerika qit’asi davlatlari

  1. Nima Lotin Amerikasi mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi jarayonini yanada jadallashtirdi.

  1. *1-jahon urushi b) iqtisodiy inqiroz c) dengiz savdosining rivoji d) urushda janubiy amerika davlatlarining ishtiroki

  1. 1-jahon urushidan keyingi ahvol qaysi javobda noto’g’ri berilgan.

  1. Yevropadan keladigan tovarlar va kapital oqimi vaqtincha kamaydi.

  2. Ja­hon bozorida mintaqa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlarining narxi oshdi.

  3. Narxning oshishi kapitalning jamg‘arilishi, mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishi, iqtisodning nisbatan barqaror sur’atlar bilan o‘sishi uchun imkoniyat yaratdi.

  4. *Agroeksport, tog‘-kon va yengil sanoat tarmoqlari o’ta sust rivojlandi

  1. Urush davrida qaysi davlat shakarining narxi 11 marta oshdi.

  1. *kuba b) venesuela c) meksika d) ekvador

  1. Qaysi davrga kelib ekstensiv asosda iqtisodni samarali rivojlantirishning imkoniyatlari tugadi.

  1. 1920-yillar boshi b) *1920-yillar oxiri c) 1920-yillar o’rtalari d) 1930-yillar boshi

  1. Qachon Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy jihatdan faqat nomigagina respublika edi.

  1. *1920-yillarda b) 1910-yillarda c) 1930-yillarda d) 1940-yillarda

  1. Qachon Lotin Amerikas davlatlarida Aholining katta, ayniqsa, yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan uzoqda joylashgan ko‘pchilik qismi savodsiz yoki kamsavod bo‘lib, saylovlarda qatnashmasdi va demokratik tuzum uchun ijtimoiy asos bo‘la olmasdi.

  1. *1920-yillarda b) 1910-yillarda c) 1930-yillarda d) 1940-yillarda

  1. 1920-yillardagi liberal islohotchilik Lotin Amerikasida ancha oyoqqa turgan kimlarning, shuningdek aholining keng qatlami manfaatlarini aks ettirardi.

  1. Dehqonlar b) savdogarlar c) oligarxlar d) *mahalliy burjuaziya

  1. 1920-yillarda hukumatlar qaysi sohaga katta e’tibor bera boshladilar.

  1. *ijtimoiy b) iqtisodiy c) siyosiy d) madaniy

  1. Qaysi davlatda Ipolito Irigoyen hukumatining faoliyati bu davr liberal-islohotchilik siyosatiga yorqin misol bo‘lishi mumkin.

  1. Braziliya b) *argentina c) kuba d) kolumbiya

  1. Irigoyen davrida oid xato fikrni toping.

  1. Uning hukumati milliy sanoatning rivojlanishini rag‘batlantirdi, davlat neft sanoatini shakllantirdi.

  2. Qishloqda kuchli fermerlar qatlami shakllandi, ijarachilarning ahvoli yaxshilandi.

  3. Irigoyen 8 soatlik ish kuni to‘g‘risida qonun qabul qilinishiga erishdi.

  4. *Ish haqi kamaytirildi.

  1. Irigoyen davrida oid to’g’ri fikrni toping.

  1. Ishchi va xizmatchilarning kat­ta qismi uchun sug’urta belgilandi.

  2. O’smirlar, qariyalar va ayollar mehnati cheklandi.

  3. Irigoyen meksikaning milliy suverenitetini qat’iy himoya qildi.

  4. *Qishloqda ijarachilarning ahvoli yaxshilandi.

  1. Jahon iqtisodiy inqirozi qachon bo’lgan.

  1. *1929-1933-yy b) 1928-1933-yy c) 1928-1932-yy d) 1929-1932-yy

  1. Jahon iqtisodiy inqirozi oqibati qaysi javobda noto’g’ri berilgan.

  1. Lotin Ameri­kasi mamlakatlarida qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning salbiy tomonlarini, iqtisodning tashqi bozorga haddan tashqari qaramligi- ning og‘ir oqibatlarini ochib tashladi.

  2. Inqiroz yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarining an’anaviy mahsulotlariga jahon bozorida talab kamayib ketdi.

  3. *O’n minglab plantatsiyalar, zavod va fabrikalar to‘xtab qoldi.

  4. O‘z xaridorini topmagan millionlab tonna qahva, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yo‘q qilindi.

  1. Jahon iqtisodiy inqirozi oqibati qaysi javobda noto’g’ri berilgan.

  1. Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar xonavayron bo‘ldi.

  2. *O’n minglab kishilar ishsiz qoldi.

  3. Mehnatkashlar, aholi o‘rta qatlamining umumiy yashash darajasi yomonlashdi.

  4. Iqtisodiy inqiroz mintaqadagi hukmron rejimlarni jamiyatdagi tayanchidan mahrum qildi, ijtimoiy beqarorlikning o‘sishiga, jiddiy siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi.

  1. Argentinada qachon harbiy to‘ntarish amalga oshirilib, Ipolito Irigoyenning ikkinchi hukumati ag‘darib tashlandi.

  1. 1927-yil b) 1928-yil c) 1929-yil d) *1930-yil

  1. 1930-yili argentinada hokimyatga kimlar kelgan.

  1. *konservatorlar b) liberallar c) kommunistlar d) oligarxlar

  1. Inqiroz qaysi davlatda hukmronlik qilayotgan «qahva oligarxiyasi»ning pozitsiyasini susaytirdi va bundan muxolifatchi burjua-millatchi doiralar foydalanib qoldi.

  1. *Braziliya b) argentina c) kuba d) kolumbiya

  1. Braziliyada qachon qahva oligarxiyasi ag’darilgan.

  1. 1927-yil b) 1928-yil c) 1929-yil d) *1930-yil

  1. Qaysi davlatda 1930-yil konservativ oligarxiya rejimi o‘rniga liberal-islohotchilar keldi.

  1. Braziliya b) argentina c) kuba d) *kolumbiya

  1. Qaysi davlatlarda 1930-yil ommaviy inqilobiy chiqishlar natijasida inqirozdan sal oldin hokimiyatga kelgan diktatorlik rejimlari ag‘darib tashlandi.

  1. *Chili va Kuba b) Chili va Argentina c) Kuba va Braziliya d) Braziliya va Argentina

  1. 1930-yillarda Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida ko‘pincha bir-birini almashtirgan turli siyo­siy rejimlar boshqaruv shakliga ko’ra qaysi rejimlar hukmronlik qilishda davom etdilar.

  1. Diktatorlik va liberal b) konstitutsion va millatchi c) *Diktatorlik va konstitutsion d) liberal va millatchi

  1. 1930-yillarda Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida ko‘pincha bir-birini almashtirgan turli siyo­siy rejimlar ijtimoiy mazmuni bo‘yicha qaysi rejimlar hukmronlik qilishda davom etdilar.

  1. Diktatorlik 2) konservativ 3) liberal- islohotchi 4) konstitutsion 5) millatchi 6) so‘l kuchlar

  1. 1,2,3,4, b) *2,3,5,6, c) 3,4,5,6, d) 1,2,5,6,

  1. 1930-yillarda davlatning iqtisodiy faollashuvi Lotin Amerikasida kapitalistik taraqqiyot yo‘lidan ancha oldinlab ketgan qaysi davlatlar uchun xos jarayon edi.

  1. Argentina 2) Meksika 3) Braziliya 4) Chili 5) Urugvay 6) Kuba 7) Ekvador 8) Venesuela

  1. 1,2,3,6 b) 2,3,6,7 c) 3,6,7,8 d) *1,2,3,4,5

  1. Qachon Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy siyosatida yuz bergan o‘zgarishlar mahalliy ishlab chiqarishning o‘sishi va milliy kapitalning kuchayishiga olib keldi.

  1. 1920-yillarda b) 1910-yillarda c) *1930-yillarda d) 1940-yillarda

  1. Jahon urushlari oralig‘ida Lotin Amerikasi davlatlari uchun muhim muammo ularning qaysi davlat bilan munosabatlari bo‘ldi.

  1. *Aqsh b) Britaniya c) Fransiya d) Ispaniya

  1. Birinchi jahon urushi yillarida Lotin Amerikasiga Yevropa davlatlari e’tiborining susayishidan foydalangan qaysi davlat kapitali Markaziy va Janubiy Amerikaga kirib keldi.

  1. *Aqsh b) Britaniya c) Fransiya d) Ispaniya

  1. Qaysi AQSH prezidenti o‘z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga intervensiya uyushtirmasligini va boshqa ko‘rinishda bu davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini hamda ular bilan «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e’lon qildi.

  1. *F.Ruzvelt b) V.Vilson c) G.Guver d) K.Kulij

  1. AQSHga qarshi kayfiyatlarning avj olishidan xavfsirab va mintaqada o‘zining ta’sirini oshirish maqsadida qachon AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e’lon qildi.

  1. 1930-yil b) 1931-yil c) 1932-yil d) *1933-yil

  1. Ishchilar qahvani okeanga tashlamoqda, 1932-yil – qaysi davlatda.

  1. *Braziliya b) argentina c) kuba d) kolumbiya

  1. Lotin Amerikasi mamlakatlarida 1920-yillar oxiriga kelib iqtisodni qanday asosda samarali rivojlantirishning imkoniyatlari tugadi.

  1. Intensiv b) * ekstensiv c) proporsional d) pragmatic

  1. 1933-yilda AQSH prezidenti F. Ruzvelt o‘z huku­matining qaysi hudud davlatlariga «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e’lon qildi.

  1. Osiyo b) Yevropa c) Afrika d) *Lotin Amerikasi

  1. Nima Lotin Amerikasiga nisbatan AQSH siyosatining o‘zgarganligini, ekspansiyaning yumshoqroq shakliga o‘tilganligini anglatdi va Amerika qit’asi davlatlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning yaxshilanishida ijobiy qadam bo‘ldi.

  1. *«yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari b) iqtisodiy islohotlari c) dollar diplomatiyasi d) vilson tinchlik dasturi

  1. Lotin Amerikasida maxsus qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan katta xo‘jalik bu.

  1. *plantatsiya b) kolxoz c) fermer xo’jaligi d) sovxoz

  1. Qaysi atamaning ma’nosi - hech qanday cheklovlarsiz, hukmron sinfning kuchiga tayanib ish yurituvchi hokimiyat.

  1. Plantatsiya b) * Diktatura c) Ekspansiya d) Byurokratiya

  1. Ekspansiya nima.

  1. maxsus qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan katta xo‘jalik.

  2. hech qanday cheklovlarsiz, hukmron sinfning kuchiga tayanib ish yurituvchi hokimiyat.

  3. *bir davlatning o‘zga mamlakatlar hududi va bo- zorini egallab olish maqsadida o‘z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati.

  4. xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik boshqaruv tizimi.


11-mavzu. 1918-1939-yillarda Yaponiya (38 ta)

1. XX asr boshlarida qaysi davlat jahonning yetakchi davlatlariga qaram bo’lib qolmagan, nisbatan yuqori darajadagi iqtisodiy va harbiy rivojlanishga erishgan Osiyo mintaqasidagi yagona davlat edi?

A)Xitoy *B)Yaponiya

C)Hindiston D)Saudiya Arabistoni

2.Birinchi jahon urushining yakunlanishi Yaponiyada qator iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolardan, ayniqsa, qaysi biri oddiy kishilarning hayotiga katta ta’sir ko’rsatdi?

A)soliqlarning haddan tashqari oshirilishi

B)uy-joylarning yetishmovchiligi

*C)oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi

D)ishsizlik

3.Yaponiyada qachon sanoat to’ntarishi yuz berdi?

*A)1920-yillar o’rtalarida B)1930-yillar o’rtalarida

C)1920-yillar oxirida D)1930-yillar oxirida

4.Qachonga kelib Yaponiyada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan oshib ketdi?

A)1920-yil B)1923-yil

*C)1925-yil D)1930-yil

5.Yaponiyada 1920-yillar oralig’ida “Mitsubisi” va “Sumitomo” konsernlari o’z pozitsiyasini qaysi sohalarda mustahkamlab oldi?

A)Transport sohasida *B)Og’ir sanoatda

C)Yengil sanoatda D)Xizmat ko’rsatishda

6.Jahon iqtisodiy inqirozi qaysi yillarda bo’lib o’tgan?

A)1923-1929-yillarda

*B)1929-1933-yillarda

C)1928-1932-yillarda

D)1924-1929-yillarda

7.Yaponiya hukumati jahon iqtisodiy inqirozidan chiqishning yo’li sifatida qaysi yo’lni tanladi?

A)og’ir sanoatni rivojlantirishni

*B)iqtisodni militarizatsiyalash va tajovuzkorlikni

C)SSSR bilan yaqinlashishni

D)yengil sanoatni rivojlantirishni

8. 1920-1930-yillarda qaysi davlat Xitoyni, Uzoq Sharqni, keyin esa butun Osiyoni bosib olishni, Tinch okeani havzasida o’z hukmronligini o’rnatishni rejalashtirayotgan edi?

*A)Yaponiya B)AQSH

C)SSSR D)Germaniya

9.Ichki siyosiy munosabatlar nechanchi yillarda yangi siyosiy partiyalarning paydo bo’lishi hamda saylovchilar sonini asta-sekin oshirib borgan qator islohotlar bilan xarakterlanadi?

*A)1920-yillarda B)1930-yillarda

C)1940-yillarda D)1950-yillarda

10.Nechanchi yildan sovet-yapon munosabatlari yo’lga qo’yildi?

A)1920-yildan B)1923-yildan

*C)1925-yildan D)1930-yildan

11. 1925-yildan sovet-yapon munosabatlarining yo’lga qo’yilishi nimalarda aks etdi?

1)iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishida

2)yapon qo’shinlarining Shimoliy Saxalindan olib chiqib ketilishida

3)sovet qo’shinlarining Ryukyu orollaridan olib chiqib ketilishida

A)1,3 *B)1,2

C)2,3 D)1,2,3

12.Yaponiya hukumatida qachonga kelib harbiylarning roli kuchaydi va so’l kuchlar quvg’in ostiga olindi?

A)1920-yillar o’rtalarida

B)1930-yillar o’rtalarida

*C)1920-yillar oxirida

D)1930-yillar oxirida

13. 1920-yillar oxirida Yaponiyada qanday nom ostida radikal kayfiyatdagi guruhlar ta’siri keskin kuchaydi?

*A)”Yosh ofitserlar” B)”Yosh yaponlar”

C)”Yangi siyosiy tizim” D)”Yanicharlar”

14.Yaponiyada radikal kayfiyatdagi guruhlarning berilgan talablarini aniqlang.

1)ko’ppartiyali parlament tizimidan voz kechish

2)boshqa mamlakatlar bilan aloqalar bog’lash

3)mamlakatda diktatura o’rnatish

4)parlamentga “veto” huquqini berish

5)tashqi siyosiy ekspansiyani kuchaytirish

*A)1,3,5 B)2,4,5

C)1,2,3 D)1,2,3,4,5

15.Yaponiyada “Yosh ofitserlar” tomonidan bir qator talablar ilgari surilgan vaqtda, qaysi hukumat boshlig’i ular tomonida bo’ldi?

A)general Fumimaro Konoe

B)general Sumitomo Mitsubisi

*C)general Giiti Tanaka

D)general Yamomoto

16. 1920-yillar oxiri va 1930-yillar boshlarida “Yosh ofitserlar” tomonidan ………..

A)bir qator islohotlar amalga oshirildi

B)diniy va dunyoviy fanlar tashkil qilindi

*C)bir qator siyosiy terrorlar amalga oshirildi

D)prezidentlik respublikasi tuzildi

17.Yaponiyada “Yosh ofitserlar” tomonidan qachon isyon ko’tarildi?

A)1930-yil mayda B)1931-yil mayda

*C)1932-yil mayda D)1934-yil mayda

18.Yaponiyada shakllangan totalitar tizim qanday shaklga ega edi?

*A)avtoritar-monarxistik B)monarxistik

C)demokratik D)respublika

19.”Yangi siyosiy tizim” deganda …………

A)bir davlatning o’zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab olish maqsadida o’z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati tushuniladi

B)maxsus qishloq xo’jalik ekinlari yetishtiriladigan katta xo’jalik tushuniladi

C)bir yoki bir necha davlatning boshqa davlat ichki ishlariga zo’ravonlik bilan aralashuvi tushuniladi

*D)jamiyat ustidan harbiy-davlat byurokratiyasining qattiq siyosiy nazorati tushuniladi

20.Yaponiyada qaysi g’oya totalitar rejimning mafkuraviy tayanchi bo’lib xizmat qildi?

A)yevropacha yashash

*B)yapon millatining buyukligi

C)davlat manfaati

D)buyuk tarixi

21.Yaponiya qachon Xitoyning Manchjuriya provinsiyasini bosib oldi va bu yerda Manchjou-Go qo’g’irchoq davlatini tuzdi?

A)1929-yil B)1930-yil

*C)1931-yil D)1932-yil

22.Qaysi tashkilot Manchjou-Go davlatining tuzilishiga qarshi chiqdi?

A)BMT *B)Millatlar Ligasi

C)UNESCO D)NATO

23.Yaponiya qachon Millatlar Ligasi tashkilotidan chiqdi?

A)1932-yil *B)1933-yil

C)1934-yil D)1936-yil

24.”Antikomintern pakti” deb ataluvchi hujjat qachon imzolangan?

A)1932-yil mayda

B)1933-yil sentabrda

*C)1936-yil noyabrda

D)1937-yil aprelda

25. 1936-yil noyabrda “Antikomintern pakti” deb ataluvchi hujjat qaysi davlatlar o’rtasida imzolangan?

*A)Yaponiya va Germaniya

B)Yaponiya va SSSR

C)Yaponiya va Italiya

D)SSSR va Germaniya

26.”Antikomintern pakti”ga qachon Italiya ham qo’shildi?

A)1936-yil *B)1937-yil

C)1938-yil D)1939-yil

27.”Berlin – Rim – Tokio” uchburchagi qachon vujudga keldi?

A)1936-yil *B)1937-yil

C)1938-yil D)1939-yil

28.Qachon yaponlar Xitoyga qarshi keng miqyosdagi urush harakatlarini boshlab yubordi?

A)1931-yil kuzida B)1933-yil qishida

*C)1937-yil yozida D)1939-yil bahorida

29.Mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib o’rnatish ekanligini e’lon qilgan Yaponiya hukumat rahbarini aniqlang.

*A)general Fumimaro Konoe

B)general Sumitomo Mitsubisi

C)general Giiti Tanaka

D)general Yamomoto

30.Qachon Yaponiya hukumati mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib o’rnatish ekanligini e’lon qildi?

A)1935-yil B)1936-yil

C)1937-yil *D)1938-yil

31.SSSR va Yaponiya o’rtasida Hasan ko’li atrofidagi jang qachon bo’lib o’tdi?

*A)1938-yil iyul-avgust oylarida

B)1939-yil may-sentabr oylarida

C)1936-yil noyabr-dekabr oylarida

D)1941-yil 5-aprelda

32.Yaponiya qachon Xalxin-Gol daryosi yonida Mo’g’uliston hududiga bostirib kirdi?

A)1938-yil iyulda B)1932-yil mayda

C)1939-yil mayda *D)1939-yil sentabrda

33.Xalxin-Gol daryosi yonidagi jangda mo’g’ullarga qaysi davlat yordamga keldi?

A)Xitoy *B)SSSR

C)Germaniya D)AQSH

34.Xalxin-Gol daryosi yonidagi jang qachon bo’lib o’tdi?

A)1938-yil iyul-avgust oylarida

*B)1939-yil may-sentabr oylarida

C)1936-yil noyabr-dekabr oylarida

D)1941-yil 5-aprelda

35.Hasan ko’li atrofida va Xalxin-Gol daryosi yonidagi janglarda qaysi davlat mag’lubiyatga uchragan?

A)SSSR *B)Yaponiya

C)Xitoy D)Germaniya

36.Yaponiya qachon SSSR bilan neytralitet haqida paktni imzoladi?

A)1938-yil iyul-avgust oylarida

B)1939-yil may-sentabr oylarida

C)1936-yil noyabr-dekabr oylarida

*D)1941-yil 5-aprelda

37.Militarizatsiya …………

*A)jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotini harbiy maqsadlarga bo’ysundirish

B)xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik boshqaruv tizimi

C)bir davlatning o’zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab olish maqsadida o’z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati

D)xususiy mulkning, yirik korxonalar, yer, xalq xo’jaligi sohalarining davlat mulkiga aylantirilishi

38.Byurokratiya ………….

A)jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotini harbiy maqsadlarga bo’ysundirish

*B)xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik boshqaruv tizimi

C)bir davlatning o’zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab olish maqsadida o’z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati

D)xususiy mulkning, yirik korxonalar, yer, xalq xo’jaligi sohalarining davlat mulkiga aylantirilishi
13-mavzu (35 ta)


  1. Qaysi shartnomaga ko‘ra Turkiya hududi bir guruh Yevropa davlatlari o‘rtasida bo‘lib olinishi ko‘zda tutildi ?

A) Versal B) Lozanna C) Ropallo * D) Sevr

  1. G`arb davlatlari tomonidan qurollantirilgan qaysi davlat Turkiyaga bostirib kirgan ?

A) Armaniston B) Italiya

C) Ruminiya *D) Gretsiya



  1. Turkiyaning so`nggi sultoni kim ?

A) Mehmed V Rishod B) Abdulhamid III C) Abdulaziz * D) Mehmed VI

  1. Turkiyada XX asr 20-yillarida o`tkazilgan islohotlarning birinchi tamoyili bu-….

A) demokratiyaviylik B) inqilobiylik

C) milliylik *D) dunyoviylik



  1. Turkiyada XX asr 20-30 yillarida o`tkazilgan dinni davlatdan ajratish siyosati Fransiyada qachon o`tkazilgan edi ?

A) 1881-yilda B) 1848-yilda

C) 1789-yilda * D) 1793-yilda



  1. Turkiya bilan 1920-yilda tuzilgan shartnomaga ko`ra Ayfon, Ko`nyo, Antaliya hududlari qaysi davlatga o`tishi belgilangan edi ?

A) Britaniya B) Gretsiya

C) Armaniston *D) Italiya



  1. Turkiya bilan 1920-yilda tuzilgan shartnomaga ko`ra Edirna va Izmir hududlari qaysi davlatga o`tishi belgilangan edi ?

A) Britaniya *B) Gretsiya

C) Armaniston D) Italiya



  1. Turkiya bilan 1920-yilda tuzilgan shartnomaga ko`ra Chanakkala hududi qaysi davlatga o`tishi belgilangan edi ?

* A) Britaniya B) Gretsiya

C) Armaniston D) Italiya



  1. Turkiya bilan 1920-yilda tuzilgan shartnomaga ko`ra Sivas va Adana hududlari qaysi davlatga o`tishi belgilangan edi ?

A) Britaniya B) Gretsiya

C) Armaniston *D) Fransiya



  1. Turkiya bilan 1920-yilda tuzilgan shartnomaga ko`ra Van, Urmiya va Arzrum hududlari qaysi davlatga o`tishi belgilangan edi ?

A) Britaniya B) Gretsiya

*C) Armaniston D) Fransiya



  1. XX asr 20-yillarida Turkiyaning iqtisodiy siyosatining asosiy yo`nalishi bu-…

A) iqtisodga chet el kapitalini jalb etish edi

B) davlat mablag`lariga sanoat korxonalarini qurish

C) iqtisodni militarlashtirish

* D) chet elliklardan infratuzulma obyektlarini sotib olish



  1. M. Kamol qaysi davlat bilan munosabatlarga alohida e’tibor qaratdi ?

A) Fransiya B) AQSh

C) Britaniya *D) Germaniya



  1. Eronda hukmronlik qilgan sulolalarni ketma-ketligi to`g`ri berilgan qatorni aniqlang

1) zendlar 2) safaviylar 3) pahlaviylar 4) qojarlar

A) 1,2,4,3 B) 2,4,1,3

C) 2,3,1,4 *D) 2,1,4,3


  1. Pensillin yaratilgan yili …

A) Eron Britaniya pretoktaritiga aylandi

B) Rizoxon Eron shohi deb elon qilindi

C) chodra o`ranib yurish bekor qilindi

*D) feodal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi



  1. 1927-1934-yillarda Eronda qaysi sohada islohotlar amalga oshirildi ?

A) agrar B) moliya * C) ta`lim D) boshqaruv

  1. Eronda Rizoxon davrida qabila boshliqlari va vaqf yerlari tortib olinib kimlarga bo`lib berildi ?

A) dehqonlarga B) askarlarga

C) yirik yer egalariga *D) zobitlarga



  1. Italiya fashistlari Rimga yurish boshlagan davrda Turkiyada ...

A) Turkiya Buyuk Millat majlisi sulton hokimiyatini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

B) Lozanna shartnomasiga ko’ra, Turkiya o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qoldi.

C) Tur kiya res publika deb e’lon qilindi, M.Kamol respublika prezidenti etib saylandi.

* D) M. Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi.



  1. Turkiya Millatlar Ligasiga a’zo bo‘lgan va Germaniya bilan do‘stlik shartnomasi imzolagan yillarni toping?

A)1931,1941-yillar *B) 1932,1941-yillar

C) 1928,1942-yillar D) 1928,1943-yillar



  1. Ingliz qo‘shinlari butun Eronni o‘z nazoratiga olgan va Eron amalda Buyuk Britaniyaning protektoratiga aylantirilgan yillarni aniqlang?

A) 1918-1920-yillar *B) 1918-1919-yillar

C) 1917-1918-yillar D) 1916-1921-yillar



  1. 1925-yilning dekabr oyida chaqirilgan Ta’sis majlisi Rizoxonni qaysi sulolaning shohi deb e’lon qildi?

A) Afshor B) Zend

C) Qojar *D) Pahlaviy



  1. Kimdan o‘rnak olib shoh Eronda qachondan boshlab yevropacha libos joriy qildi, feodal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi, nasab joriy qilindi?

*A) Otaturk ,1928-yildan

B)Peyfu, 1925-yildan

C)Giiti Tanaka,1927-yildan

D) Manutti, 1924-yildan



  1. Davlatning nomi ilgarigi Fors o‘rniga Eron deb ataladigan bo‘lgan va chodra o‘rab yurishni bekor qilish to‘g‘risida qonun qabul qilingan yilni toping?

A) 1933-yil B) 1934-yil

*C) 1935-yil D) 1936-yil



  1. Eronda inglizlarning ta’sirini kamaytirish maqsadida shoh qaysi davlat bilan hamkorlikni kuchaytirdi?

*A) Germaniya B) Italiya

C) Fransiya D) Angliya



  1. Eronda taxtga kelgan Muhammad Rizo Pahlaviy 1942-yili qaysi davlatlar bilan shartnoma imzoladi?

A) Italiya va Yaponiya

*B)SSSR va Buyuk Britaniya

C) Fransiya va Buyuk Britaniya

D)Turkiya va Xitoy



  1. Mustafo Kamol qachon barcha chet el qo`shinlarini Turkiyadan haydab chiqardi ?

*A) 1922-yil oktyabrda B) 1922-yil noyabrda C) 1923-yil oktyabrda D) 1923-yil noyabrda

  1. Turkiya qachon Respublika deb e`lon qilindi ?

A) 1922-yil oktyabrda B) 1922-yil noyabrda *C) 1923-yil oktyabrda D) 1923-yil noyabrda

  1. Mustafo Kamol o`tkazgan islohotlarning bosh maqsadi nima edi ?

A) Davlat suverenitetini saqlab qolish

B) mamlakatni militarlashtirish

*C) mamalakatni zamonaviylashtirish

D) A,B,C


  1. Turkiya parlamenti qanday nomlanadi ?

A) Buyuk Xalq Majlisi B) Buyuk Kengash

C) Milliy qurultoy *D) Buyuk Millat Majlisi



  1. Qachon Eron Britaniyaning protektoratiga aylandi ?

A) 1918-yil

*B) 1919-yil

C) 1920-yil

D) 1921-yil



  1. Quyidagilardan bir yilda hokimiyatga kelganlarni aniqlang.

1. U Peyfu 2. Gindenburg 3. Rizoxon 4. Mustafo Kamol 5. Sun Yat Sen 6. A. Gitler 7. B. Mussolini 8. Chan Kayshi 9. Franko

A) 1,4,7 B) 2,6,9 C) 2, 8 *D) 3,8



  1. Italiya Efiopiyga bostirib kirgan yili sodir bo`lmagan voqea

A) Germaniyada umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi

*B) SSSR da majburiy boshlang`ich ta`lim joriy qilindi

C) Fors davlati Eron deb atala boshlandi

D) Eronda chodra o`ranib yurish bekor qilindi



  1. Qaysi voqeadan so`ng Eronda sovet va ingliz qo`shinlari kiritildi?

A) II jahon urushi boshlangach

B) Germaniya Fransiyani egallagach

*C) SSSR II jahon urushiga qo`shilgach

D) Vitse-qirol Hindistonni urushuvchi tomon deb e`lon qilgach



  1. Muhammad Rizo Pahlaviy SSSR va Britaniya bilan shartnoma tuzishidan 10 yil avval bo`lmagan voqeani aniqlang.

A) Yaponiya Manchjou-Go qo‘g‘irchoq davlatini tuzdi

B) F.Ruzvelt prezidentlikka saylandi

*C) Italiya Millatlar Ligasidan chiqdi

D) Germaniyada prezidentlik saylovlari o`tkazildi



  1. Eronda qachon feodal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi ?

A) 1925-yilda B) 1928-yilda

*C) 1935-yilda D) 1933-yilda



  1. Turkiya Respublika deb e`lon qilingan yili qaysi davlatda Konstitutsiya qabul qilindi ?

A) Eronda *B) Misrda

C) Jazoirda D) Marokashda



Download 458 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish