Elektron soat va Timer ilovasi. Elektron soat ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o'zgartiramiz. Ilova oynasiga ikkita obyekt: Label va Timer joylaymiz. Label ning Font (shrift) xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o'lchamini 24 ga teng qilib o'matamiz:
139
Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Labell.Caption:=TimeToStr(Now); operatorini kiritamiz. Bu operatorda ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi Now (hozir) bo'lib, uning qiymati kompyuteming soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng:
lkkinchi funksiya TimeToStr (Time to String vaqt turidan matn satri turiga degan ma'noni anglatadi) bo'lib, uning qiymati matn satri turida bo'ladi. Bu qiymatni Labell obyektining Caption xossasiga berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |