Delphi oynalari. Delphi ning bosh oynasidan tashqari yana bir qator oynalari bo'lib, ulaming bosh oyna ichida joylashishini o'zgartirish, ulami yashirish, ekranga chiqarish, o'lchamlarini o'zgartirish mumkin. Bu oynalardan birinchisi forma oynasi deb ataladi va unda yaratilayotgan ilovaning asosiy oynasining ko'rinishi aks etadi. Bu oynaning o'lchamlarini o'zgartirish bilan yaratilayotgan ilova oynasining o'lchamlarini o'zgartirish mumkin. Unga komponentalar panelidan kerakli komponentalami sichqoncha yordamida sudrab o'tkaziladi va ulaming o'zaro joylashishi rejalashtiriladi. Bu oynani yangi ilova oynasi yoki sodda qilib ilova oynasi deb ataymiz. U bilan ishlash uning o'lchamlarini o'zgartirish, unga yangi boshqarish elementlarini joylash va bu elementlaming joylashishini o'zgartirishdan iborat bo'ladi.
lkkinchi muhim oyna bu dastur kodi (aslida dastur matni) oynasi bo'lib, ilova oynasidagi o'zgarishlar unda avtomatik tarzda aks etadi. Masalan, biz
84
ilova oynasmmg o'lchamlarini o'zgartirsak, dastuming buni amalga oshiradigan operatori uning matniga qo'shiladi. Ilova oynasiga yangi boshqarish elementlari joylansa, bu elementlami tavsiflovchi operatorlar avtomatik ravishda dastur matniga qo'shiladi.
Dastur kodi oynasida dasturchi qiladigan asosiy ish boshqarish elementlarini hodisalarga bog'langanida elementning bu hodisa ro'y berganida dastur unga qanday javob berishi kerakligini ko'rsatib berishdir. Bunda har bir hodisa uchun bitta protsedura yaratiladi va bu protsedura matnini yozish dasturchi zimmasiga yuklanadi.
Vizual dasturlashda dasturchining asosiy vazifasi dasturda foydalaniladigan boshqarish elementlarining, ya'ni obyektlaming kerakli xossalari va usullaridan foydalanishdir. Bunda yuzdan ortiq obyektlaming o'nlab xossalari va usullaridan keraklisini tezda topa olish juda muhimdir. Bu ishda Obyekt inspektorining o'mi juda muhim.
Ilova oynasida biror obyekt tanlanganda bu obyektning barcha xossalari obyekt inspektorida aks etadi. Natijada kerakli xossaning nomi va qiymatlarini eslashga va qidirishga hojat qolmaydi.
Yirik va murakkab ilovalami yaratishda unda foydalaniladigan obyektlar soni keskin oshib ketadi. Ilovadagi obyektlardan keraklisini topishning oson usuli bu Object TreeView (Obyektlaming daraxtsimon ro'yxati) deb nomlangan maxsus oynadan foydalanishdir. Bu oyna yana Obyektlar brauzeri deb ham ataladi. Obyektlardan biri ikkinchisini o'z ichiga olishi mumkin. Shu sababli obyektlaming daraxtsimon (shoxlovchi) ro'yxati eng qulay ro'yxatdir.
Delphida yana bir nechta asosiy va ko'plab muloqot oynalari bo'lib, ular bilan keyinroq, zarur bo'lganda tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |