10-sinf ichki nazorat testi 2-variant. 1. Quyidagi so’zlardan qaysi biri Mahmudxo’ja Behbudiyga tegishli ekanligini aniqlang?
A) Tarix millatning o’tmishi taraqqiyoti hamda tanazzuli sabablarini o’rganaturg’on ilmdir”
B) “Rusiyada bosh ko’targan yangi bir balo, Bolshevik balosi”
C) “Haq olinur, berilmas”
D) “Tarix millatning kelajagi va poydevoridur”
2. 1917-yil 7-aprelda tuzilgan Turkiston Komitet qayerda faoliyat yuritgan?
A) Moskvada B) Toshkentda
C) Petrogradda D) Qo’qonda
3. “Sho’royi islomiya” tashkiloti qachon qayerda tashkil topgan? A) Toshkentda, 1917-yil 14-mart
B) Qo’qonda, 1917-aprel oyida
C) Xivada, 1917-yil mart oyida
D) 1917-yil 114-may kuni Buxoroda
4.“Sho’royi islomiya” tashkilotiga dastavval kim raislik qilgan? A) Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev
B) Abdulvohidqori Abduraufqori o’g’li
C) Mustafo Cho’qay D) Zaki Validiy
5. “Sho’royi ulamo” va “Sho’royi Islomiya” tashkilotlari qachon tugatilgan?
A) 1918-yil aprel oyida B) 1918-yil may oyida
C) 1918-yil iyul oyida D) 1918-yilning sentyabrida
6. Turkistonda bolsheviklar kimlarga tayangan holda o’z diktaturasini o’rnatadi?
A) Yevropalik ishchilar, qizil gvardiyachilar va boshqa harbiy qismlar
B) Harbiy qism garnizoni, so’l eserlar, kadetlar
C) Qizil gvardiyachilar, eserlar, kadetlar
D) Harbiy qurol ustunligi va harbiy qismlarning uyushganligi bilan
7. Turkiston Muxtoriyati qachon tashkil topganligini aniqlang?
A) 1917-yil 27-noyabr B) 1917-yil 21 noyabr
C) 1917-yil 24-dekabr D) 1917-yil 23-fevral
8. Turkiston Muxtoriyatining bosh vaziri etib kim tayinlanganligini aniqlang?
A) M.Tinishboyev B) Islom Sulton Shoahmedov
C) Mustafo Cho’qay D) Ubaydulla Xo’jayev
9. Avval chiqayotgan qachon gazetasi ham o‘z sahifalarida muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o‘rin bera boshladi?
A) “Hurriyat” B) “Ulug‘ Turkiston”
C) “El bayrog‘i” D) “Birlik tug‘i”
10. Qachon Turkiston Kommunistik partiya sining II konferensiyasida RKP (b) o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tashkil qilindi?
A) 1919-yil mart B) 1919-yil aprel
C) 1919-yil may D) 1919-yil iyun
11. Birinchi jahon urushidan so’ng yuzaga kelgan hududiy o’zgarishlarga qonuniy tus bergan so’nggi yirik shartnoma?
A. Versal tinchlik shartnomasi
B. Parij tinchlik shartnomasi
C. Vashington tinchlik shartnomasi
D. lozanna tinchli shartnomasi
12. 1933-yili qaysi davlat Millatlar Ligasidan chiqdi? A. AQSh B. Fransiya C. Yaponiya D. Buyuk Britaniya
13. Italiyada paydo bo’lgan siyosiy oqim?
A. leyborizm B. ekstremizm
C. fashizm D. radikalizm
14. Tarixda ilk bor harakatlanuvchi tasvirni elektron-nurli trubka yordamida masofaga uzatish nechanchi yilda amalga oshirildi?
A. 1927-yilda B. 1928-yilda
C. 1929-yilda D. 1930-yilda
15. Mutaxassislar qaysi filmni birinchi ovozli kino deb tan olishgan?
A.“Jaz kuychisi” B.“ Merlin Marlo”
C. “ Qora shahzoda” D. “ Xonadon”
16. Buyuk Britaniyada kimlarning ish tashlashlari 1926-yil mayda umumiy ish tashlashlarni keltirib chiqardi?
A. quruvchilarning B. o’qituvchilarning
C. konchilarning D. shifokorlarning
17. Nevill Chemberlen 1940-yili hukumat boshlig’i lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo’lishiga nima bo’ldi?
A. tashqi siyosatda yo’l qo’ygan xatolari
B. Myunxen kelishuvining imzolanishi
C. Ikkinchi jahon urushini boshlanishiga sabab bo’lganligi
D. mamlakatda ishsizlar sonining ko’payib ketishi
18. Birinchi jahon urushdan keyin qashshoqlashgan va vayron bo`lgan Yevropadan olimlar va ilmiy kashfiyotlarni yig`ib olib, yangi ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy qilib yangi texnika va texnalogiyalarning ajoyib muvaffaqiyatini namoyish eta olgan davlat qaysi?
A) Germaniya B) AQSH C) Buyuk Britaniya D) Fransiya
19. “Pivo isyoni”ni uyushtirga Gitler boshchiligidagi fashistlar qayerda hokimiyatni egallab, Berlinga qarshi yurish uyushtirishga urinib ko’rdilar. A) Myunxenda B) Bavariyada C) Rimda D) Gamburgda
20. 1933 yil SSSRni tan olgan davlat ?
A)Buyuk Britaniya B)Fransiyaiya
C)Yaponiya D)AQSH
21. Qaysi yilda Millatlar Ligasi tomonidan «Qullik haqida» konvensiyada qullik va qul savdosiga ta’rif berilib, ular qoralandi.
a)1925-yil b)1927-yil c) 1926-yil d) 1928-yil
22. 1922-yili qaysi davlat Misr ustidan o‘z protektoratini bekor qilib, uning to‘liq mustaqilligini tan oldi. a)Fransiya b)Italiya c) Portugaliya d)Buyuk Britaniya
23. Eronda inglizlarning ta’sirini kamaytirish maqsadida shoh qaysi davlat bilan hamkorlikni kuchaytirdi?
A) Germaniya B) Italiya C) Fransiya D) Angliya
24. Molotov-Ribbentrop nomi bilan tarixga kirgan hujjatning nomi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)SSSR va Yaponiya B)SSSR va Germaniya
C)SSSR va Xitoy D)Germaniya va Yaponiya
25. Versal-Vashington tizimiga ………. kelib Yevropada hech bir davlat amal qilmay qo’ydi
A) 1933-yilning boshiga B) 1932-yilning oxiriga
C)1930-yilning oxiriga D) 1945-yilning boshiga