10-sinf 1. Elektronlar otilib chiqadigan elektrod qanday ataladi ?
A) katod B) kation C) anod D) diod
2. Gapni to'ldiring: " …. larning qizishi tufayli ulardan elektronlarning uchib chiqish hodisasi termoelektron emissiya deb ataladi." A) O'tkazgich B) Dielektrik C) Metallar D) Modda
3. Uch elekrtrodli lampa qanday ataladi ?
A) anod B) diod C) triod D) katod
4. Metall o'tkazgichlar qizdirilganga ularning elektr o'tkazuvchanligi qanday o'zgaradi ?
A) kamayadi B) avvaliga o'zgarmay keyin keskin ortadi
C) ortadi D) avvaliga o'zgarmay keyin keskin kamayadi
5. O'ta o'tkazuvchanlik kim tomonidan kashf etildi ?
A) Kuper B) Bogolyubov C) A-B javoblar to'g'ri D) Kamerling-Onnes
6. O'ta o'tkazgichlarning elektr qarshiligi temperaturaga qanday bog'liq ?
A) temperatura ko'tarilsa, keskin kamayadi B) temperatura ko'tarilsa, chiziqli ortadi
C) temperatura pasaysa, chiziqli kamayadi
D) T=0 ga yaqin temperaturada keskin pasayadi.
7. Kremniyga ozroq Indiy aralashtirilsa, qanday aralashma hosil bo'ladi ?
A) donorli B) n turdagi C) akseptorli D) n + p turdagi
8. kovakli o'tkazuvchanlik qanday turdagi o'tkazuvchanlik ?
A) (+) ishorali B) p turdagi C) n turdagi D) akseptorli
9. Gapni to'ldiring: "Yarim o'tkazgichlarning elektr o'tkazuvchanligi temperatura ko'tarilganda ….." A) ortadi B) kamayadi C) ozgarmaydi D) keskin kamayadi
10. Atomlarning kovalent bog'lanishida ishtirok etuvchi elektronlar qanday ataladi ?
A) tashqi elektronlar B) kovalent elektronlar C) ichki elektronlar D) valent elektronlar
11. p turdagi o'tkazuvchanlikda asosiy bo'lmagan zaryad tashuvchilar nimalar ?
A) kovaklar B) elektronlar
C) kovaklar va elektronlar D) bunday o'tkazuvchanlik mavjud emas
12. Yarim o'tkazgichli diodda nechta p-n o'tish bo'ladi ?
A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) hohlagancha ko'p
13. Qanday yarim o'tkazgichli asbob o'zgaruvchan tokni to'g'rilash maqsadida ishlatiladi ?
A) transistor B) integral mikrosxema C) diod D) transistor va diod
14. Yarim o'tkazgichlar to'g'risidagi noto'g'ri fikrlar belgilangan javobni aniqlang.
I. ularning birlik hajmidagi elektronlar soni o'tkazgichlarnikidan ko'p. II. ularning birlik hajmidagi elektronlar soni o'tkazgichlarnikidan kam. III. ularning birlik hajmidagi elektronlar soni dielrtriklarlarnikidan ko'p. IV. ularning birlik hajmidagi elektronlar soni dielrtriklarlarnikidan kam V. ularning elektr o'tkazuvchanligi temperatura ortganda ortadi VI. ularning elektr o'tkazuvchanligi temperatura ortganda kamayadi A) I, IV, VI B) II, IV, V C) II,III, V D) IV, V, VI 15. Nimaning ta'sirida yarim o'tkazgichlarning o'tkazuvchanligi ortadi ?
A) yorug'lik B) issiqlik C) magnit maydon D) yorug'lik va issiqlik
16. Harakatlanayotgan suyuqlik yoki gazlardagi dinamik bosim nimaga bog'liq ?
A) suyuqlik yoki gaz turiga B) tezligiga C) suyuqlik yoki gazlardagi turiga D) bosimga
17. Gapni to'ldiring: "Harakatlanayotgan suyuqlik yoki gazlarning tezligi kichik bo'lganda … degan oqim hosil bo'ladi." A) turbulent B) laminar C) uyurmali D) laminar, y'ani girdobli
18. Kuch momenti qaysi harf bilan belgilanadi ?
A) F B) l C) N D) M
19. Qarshilikli termometrlarning ishlashi metallar solishtirma qarshiligining _____________________________________ ga bog'liqligiga asoslangan.
20. Temperatura T=0 ga yaqinlashganda modda solishtirma qarshiligining birdaniga kamyib nolga tenglashib qolish hodisasi qanday ataladi ? ___________________________
21. Ikki elektrodli vakuum trubkasida manbaning manfiy qutbiga ulanadugan elektrod qanday ataladi ? _____________________
22. Temperatura pasaysa, yarim o'tkazgichlarda elektr qarshilik kamayadimi yoki o'tkazuvchanlik? ________
3. Tog'ri p-n o'tishda berkituvchi qatlam kengayadimi yoki torayadi ? _______________
24. Dinamik bosim suyuqlik yoki gazning ____________________________ga bog'liq.
25. Massasi 50 kg bo'lgan bola ko'char blok yordamida eng ko'pi bilan necha kg massali yukni ko'tara oladi ? ___________________