10-Seminar mashgʻuloti savol va topshiriqlari. Muqimiy sayohatnomalari va hajviyoti.
Reja:
Muqimiyning hayoti va ijodi.
She’riyatining xalqchil, sodda -samimiylik va shaklan goʻzallik xususiyatlari.
“Sayohatnoma”sining asosiy badiiy xususiyatlari.
Hajvilarining oʻziga xos jihatlari.
Аdabiyotlar roʻyxati
R.Orzibekov. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. T.: Fan, 2006.
Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. –T.: Yangi asr avlodi, 2004.
.Mumtoz adabiyoti namunalari. 1,2-jild. Nashrga tayyorlovchilar: H.Boltaboyev, N.Rahmonov. O‘zMU nashriyoti. 2003.
Vohidov R., Eshonqulov X. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O‘quv qo‘llanma.-T.:Adabiyotjamg‘armasi,2006 5. .Xojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. - T.: Sharq, 1990
Adabiyot ensiklopediyasi // Tuzuvchi: H.Boltaboev. – T.: Mumtoz so‘z, 2015.
Mumtoz adabiyoti namunalari. 3-jild. Nashrga tayyorlovchilar: H.Boltaboyev, N.Rahmonov. O‘zMU nashriyoti. 2002.
Qayumov Aziz. Tanlangan asarlar. 10 jildlik. - T.: Mumtoz so‘z. 2010.
Муқимий. Танланган асарлар. Икки томлик. Тошкент. Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1961
Elektron ta’lim resurslari:
http://natlib.uz –Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sayti
http://ensiklopediya.uz – O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi sayti
http://ziyouz.uz – O‘zbek va jahon adabiyoti portal
http://ziyonet.uz –O‘zbekiston milliy ta’lim portali
Seminar mashg‘ulotlari amaliy mashg‘ulotlardan tubdan farq qiladi. Bunda talabaning mavzuni mustaqil o‘zlashtirganligi kuzatiladi. Albatta, talabaga bir qancha mas’uliyat yuklanadi. Shunga qaramay, o‘qituvchi tomonidan unga muayyan yo‘nalish berib boriladi. Ikki tomonning hamkorligi natijasida talabaning mustaqil ilmiy tadqiqot olib borishiga ko‘maklashiladi.
Muqimiyning hayoti va ijodi.
XIX asr mumtoz adabiyotida Muhammad Aminxoʻja – Muqimiy ijodining oʻrni va ahamiyati. Ijodkorning kamtarona hayot tarzi. Onasining boʻlgʻusi shoir kamolotida tutgan oʻrni. Sobir Abdullaning “Mavlono Muqimiy” asari.
She’riyatining xalqchil, sodda -samimiylik va shaklan goʻzallik xususiyatlari.
Shoir she’rlarining xalq orasida mashurligi sabablari. “Navbahor”, “Oshiq boʻlibman” “Ayrilmasun” radifli gʻazallarining el orasida mashhur qilgan badiiy jihatlari. Shoir – mukammal va ta’sirchan murabbalar ijodkori. “Oʻzim har joydaman, koʻnglim sandadir” murabba’sining mashhurligi boisi nimada deb oʻylaysiz?
“Sayohatnoma”sining asosiy badiiy xususiyatlari.
Safar taassurotlarining goʻzal she’riy ifodasi – “Sayohatnoma” – oʻzbek adabiyotida betakror adabiy moʻjiza ekanligi. Ularda eng koʻzga tashlanadigan badiiy jihat nima deb oʻylaysiz? Asardagi tanqidiy ruh bormi?
Hajvilarining oʻziga xos jihatlari.
Muqimiy hajviyalarining yetakchi badiiy xususiyatlari – haqqoniyligidami? Rus va mahalliy zolim boylar hajvi – hajviyalarning bosh yoʻnalishi degan fikrga qoʻshilasizmi? “Tanobchilar” hajviyasining bugunimiz bilan bogʻliq jihatlari bor deb oʻylaysizmi? Hajviyalarda oʻsha davrning qaysi an’analari koʻzga tashlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |