10-mavzu: Tuproq va rizosfera mikroflorasini o’rganish Mashg’ulot o’tish tartibi



Download 223,42 Kb.
bet2/3
Sana02.12.2022
Hajmi223,42 Kb.
#876918
1   2   3
Bog'liq
10-laboratoriya

Mikroorganizmlarni ekish. Hosil bo’lgan oxirgi eritmadan sterillangan pipetka bilan 1 ml dan uchta Petri likobchasiga solinadi, so’ngra likobchalarga eritilgan va 40-45ºS gacha DPA (dukkakli o’simliklardan tayyorlangan agar) yoki GPA, CHapeka, suslo - agar oziqa muhitlariga quyiladi va uni sekin chayqab eritma muhitga aralashtiriladi. Likobchadagi muhit qotgandan so’ng 3 kun davomida 25ºS da termostatga qo’yiladi.
Mikroorganizmlar miqdorini aniqlash. Uchta likobchadagi unib chiqqan mikroorganizmlar koloniyalarining o’rtacha soni aniqlanadi. Mikroorganizm koloniyalari sanalganda likobchaning qopqog’i ochilmasligi kerak. Masalan, birinchi likobchada 40 ta, ikkinchisida 30 ta, uchinchisida esa 50 ta mikroorganizm koloniyasi borligi aniqlandi, bunda chiqqan sonlarning hammasini qo’shib, 3 ga bo’linib, eritma darajasiga ko’paytiriladi:



SHunday qilib 1 g tuproqda 40000000 bakteriya borligi aniqlandi. Bu usul juda qulay va oson hisoblanadi. Agar likobchada mikroorganizm to’plamlari ko’p o’sib chiqqan bo’lsa maxsus sanash taxtasi yordamida mikroorganizmlar sanalib 1 g tuproq hisobiga aylantiriladi.


Tuproqdagi mikroorganizmlarning sonini aniqlash bilangina chegaralanib qolmasdan, balki unib chiqqan mikroorganizmlarning kulьtural va morfologik belgilarini ham o’rganish kerak. Bu qishloq xo’jalik mikrobiologiyasida katta ahamiyatga egadir. Mikroorganizmlarning kulturalь belgilari o’rganilganda koloniyaning rangi, katta-kichikligi va shakliga ahamiyat berish lozim. Morfologik xususiyatlari esa mikroorganizm koloniyasidan preparat tayyorlab mikroskopda ko’rish bilan aniqlanadi. Talaba, tuproq mikroorganizmlarning xususiyatlarini o’rganishi uchun likobchada o’sib chiqqan mikroorganizmlar koloniyasidan 3-4 tasini olib, mikroskopda ko’rishi va uning ko’zga ko’ringan belgilarini daftariga yozish kerak.
Tuproqdagi zamburug’larning sonini aniqlash uchun ham oldin tayyorlangan eritmadan bakteriyani ekish usuli kabi, CHapeka yoki suslo - agarli uchta likobchaga 1 ml dan ekiladi, so’ngra likobchalar 5 kun davomida 25ºS issiq termostatda saqlanadi. Unib chiqqan zamburug’lar ham 1 g tuproqdagi bakteriyalar sanalgani kabi hisob qilingan usulda sanab chiqiladi.
Unib chiqqan zamburug’lar soni ma’lum bo’lgandan so’ng ularning turlari va oilasi aniqlanadi.
Tuproqdagi zamburug’lar sonini S.N.Vinogradskiy va O.G.SHulьgina usulida ham aniqlash mumkin. Buning uchun tuproqdan 5 g namuna olib kolbada 50 ml sterillangan suv bilan 5 daqiqa davomida aralashtirilib emulьsiya tayyorlanadi, keyin 1-2 sekund davomida tindirilgandan so’ng undan sterillangan pipetka bilan 0,01 ml olib 4 sm2 buyum oynasiga tekis yoyib quritilgandan keyin alangada qizdiriladi va karbol eritrozin bilan 30 daqiqa bo’yaladi. Eritrozin preparati faqat mikroorganizm hujayra-larini bo’yaydi, tuproq zarrachalari bo’yalmasdan ajralib qoladi. Bo’yalgan preparat suv bilan yuvilib quritiladi va mikroskopda immersion obe’ktiv bilan qaraladi. Mikroskopning ko’rish maydonidagi mikroorganizmlar soni aniqlanadi. Ko’rish maydonidagi mikroorganizmlarning o’rtacha soni quyidagi formulaga ko’ra hisoblab topiladi:

Bunda
a-ko’rish maydonining sathi. Uni aniqlash uchun radiusi okulyar lineyka bilan o’lchanadi va sathi πr2 formulasiga muvofiq hisoblab topiladi;


b - ko’rish maydonidagi mikroorganizmlarning o’rtacha soni;
v - preparat sathi (4 sm2 – 400 mm2);
g - preparatga surilgan tuproq miqdori (0,001 g);
e - 4 sm2 sathidagi, ya’ni 0.001 g tuproqdagi bakteriyalar soni.
X - 1 g tuproqdagi mikroorganizmlar soni.
1 g tuproqdagi mikroorganizmlar bu usulda aniqlanganda juda katta son chiqadi, chunki hisobga o’lik mikroorganizmlar ham kiradi. O’lik va tirik mikroorganizmlarni farq qilmasdan hisobga olish bu usulning kamchiligi hisoblanadi.

Download 223,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish