10-mavzu: tayyorlov maskanida paxta xom ashyosini tayyorlashni tashkil etish reja: Tayyorlov maskanida paxta xom-ashyosini tayyorlashni tashkil etishning xususiyatlari



Download 37,65 Kb.
bet3/4
Sana23.01.2023
Hajmi37,65 Kb.
#901456
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 10 (2)

Laboratoriya xulosasi

Paxtaning iflosligi ______________________________________.


Paxtaning namligi _______________________________________.
Paxtaning navi ___________sinfi__________________________.
Paxtaning tipi __________________________________________.

Laboratoriya mudiri _________________


Katta laborant ___________________

Tahlil natijalari bilan tanishdi: __________________________


Jamoa (fermer) xo‘jaligi vakili ____________________________
Paxta tayyorlash maskanining katta saralovchisi _________________

Qabul varaqasining birinchi qismi tayyorlov maskani saralovchisi tomonidan kun mobaynida har bir to‘da bo‘yicha, II va III qismlari katta buxgalter tomonidan paxtani jo‘natish-qabul yuzasidan 1-SX (paxta) shakldagi tovar-transport nakladnoyi va laboratoriyadan olingan tahlil natijalari asosida to‘ldiriladi.


Qabul varaqasini faqat tayyorlov maskani saralovchisi besh nusxada to‘ldiradi. Uning birinchi nusxasi tayyorlov maskanida qoldiriladi va hisob-kitob uchun asos bo‘lib xizmat qiladi,ikkinchi nusxasi tuman hisoblash (statistika) bo‘limiga, uchinchi nusxasi paxta topshiruvchi xo‘jalikka, to‘rtinchisi - paxta tozalash zavodiga, beshinchisi – xizmat qiluvchi bankga beriladi.
Xo‘jalikdagi bir kun ichida qabul qilib olingan bir xil seleksion navli bir xil terimda olingan va bir xil maqsaddagi (urug‘lik yoki texnikaviy) paxta va alohida erdan terib olingan paxtaga uch nusxada bitta kvitansiya yoziladi.
№ - 17 shakldagi qabul kvitansiyasini katta saralovchi yoki saralovchi – tarozibon to‘ldiradi. Kun davomida ular qabul kvitansiyasining 1 – bo‘limida har bir №1 – sx (paxta) shaklidagi nakladnoy bo‘yicha sanoat navlariga qarab alohida qabul qilingan paxtaning haqikiy miqdorini yozib boradi. Kun oxirida kvitansiyaning 1-bo‘limini rasmiylashtirishni tugallashadi, navlar va partiyalar bo‘yicha yakunlarni hisoblash chiqishadi. Tayyorlov maskanida №3 – XL shakli bo‘yicha qabul qilingan paxta uchun kvitansiiyalar ro‘yxatini tuzishadi. №PK – 17 shaklidagi barcha uch nusxadagi qabul kvitansiyalari va №3 – XL shaklidagi ikki nusxadagi qabul kvitansiyalari ro‘yxati imzolanadi va №1 – SX (paxta) shaklidagi nakladnoylar bilan hisob-kitob qilish uchun tayyorlov maskani muxosibasiga jo‘natiladi.
Qabul varaqasi (17-PK shakli) qat’iy hisobot blankasi sanaladi, uning seriyasi va nomeri bo‘ladi. Tayyorlov maskanida qabul qilingan kunlik paxtani qabul varaqalarini ro‘yxatlash uchun 3-XL shakldagi qabul varaqalari ro‘yxati qo‘llaniladi.

3-XL shakli


________________________________________
paxta zavodining nomi
________________________________________
paxta tayyorlash maskanining nomi
200__ y "___"_________________ da

Tayyorlov maskanida qabul qilingan


paxta uchun qabul varaqalari
R o‘ Y X A T I



qabul
varaqalarining nomerlari

Paxtaning haqiqiy massasi, kg (sof holda)

qabul
varaqalarining nomerlari

Paxtaning haqiqiy massasi,
kg (sof holda)

























Jami qabul qilindi: _______________________________________


raqam bilan, so‘z bilan

Katta saralovchi _________________


Katta buxgalter __________________
Qabul varaqalari ro‘yxati katta saralovchi tomonidan ikki nusxada tuziladi. Ro‘yxatning birinchi nusxasi qabul varaqalari va topshiruvchining nakladnoylari bilan birga, tilxat olingan holda, buxgalteriyaga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa katta saralovchida saqlanadi. Qabul varaqalari hujjatlarni topshiruvchi katta saralovchi va ularni qabul qilgan hisobchi tomonidan imzolanadi.
Tayyorlov maskani buxgalteriyasi tayyorlangan paxta uchun 17-PK shakldagi qabul varaqalari asosida 4-XL shaklli yig‘ma hisob-kitob tuzadi. Yig‘ma hisob-kitob tayyorlov maskanidagi paxta harakati hisobining 7-XL shakldagi daftarini va tayyorlov maskanida qabul qilingan paxta uchun 18-XL shaklli hisob-kitob – nazorat ro‘yxati (vedomosti) ni to‘ldirish uchun qo‘llaniladi.
Jamoa va fermer xo‘jaliklarining bo‘sh transport vositalarini va qaytarilgan paxtani tayyorlov maskanidan chiqarishga 5-XL shakldagi ruxsatnoma ko‘rsatilgan taqdirdagina ijozat etiladi.
CHiqish uchun ruxsatnoma paxtani qabul qilgan saralovchi tomonidan bir nusxada yoziladi va haydovchiga transport birligi uchun beriladi, ruxsatnoma koreshogi katta saralovchida qoladi.
Transport paxta tayyorlash maskani hududidan chiqayotganda chiqishga ruxsatnoma paxtaning qaytishi ustida: nazorat yuritish uchun avval tayyorlov maskani qorovuliga, keyin buxgalteriyasiga beriladi. CHiqish uchun ruxsatnoma qat’iy hisobot blankasi sanaladi, u seriya va nomerga ega. Paxta tayyorlash bo‘yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini hisob-kitob qilish va tayyorlov maskani buxgalteriyasi topshiruvchi bilan hisoblashishi uchun 6-XL shakldagi hisob-kitob daftari yuritiladi.
Hisob-kitob daftarida paxta topshiruvchi bilan hisob-kitob qilishga oid barcha muomalalar aks ettiriladi. Ularni daftarga tayyorlov maskani buxgalteri barcha muomalalar bajarilgan paytda yozadi.
Hisob-kitob daftari ikki nusxada yuritiladi. Uning birinchi nusxasi tayyorlov maskani buxgalteriyasida saqlanadi, ikkinchi nusxasi paxta topshiruvchiga beriladi.
Paxta topshiruvchilar bilan hisob-kitoblarning to‘Qriligini tasdiqlash va o‘zaro da’volarning oldini olish maqsadida tayyorlov maskanlarida yiliga ikki marta shaxsiy hisob (schyot)lar har bir paxta topshiruvchi bilan u topshirgan paxta yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha 1 iyun va 1 yanvardagi holatiga ko‘ra tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshirish natijalari mahsus dalolatnomada rasmiylashtiriladi. Uning nusxasi topshiruvchiga beriladi.
Tayyorlov maskani buxgalteriyasida bu erda qabul qilingan paxta hisob-kitobi uchun oyning 1 va 16 kunlariga 18-XL shakldagi nazorat ro‘yxati (vedomosti) ikki nusxada har kuni to‘ldiriladi. Uning birinchi nusxasi paxta zavodiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi tayyorlov maskanida saqlanadi. Nazorat ro‘yxati, shuningdek, paxtani kirim qilishda buxgalteriya o‘tkazmalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Nazorat ro‘yxati ilovasi bilan chop etiladi.
Tayyorlov maskanida paxta amaldagi standartlar talablari asosida qabul qilinadi va jamg‘ariladi.
Tayyorlov maskani laboratoriyasining mudiri (katta laborant) saralovchitomonidan paxtani qabul qilish belgilangan davlat standartlari talablariga muvofiq olib borilayotganligi, namuna olish, shuningdek jamg‘arish, qurilish, tozalash va paxtani tayyorlov maskanida saqlash qoidalariga rioya etilishini muntazam nazorat qilib boradi.
Laboratoriya mudiri (katta laborant) paxtani qabul qilishda iflosligi va namligini aniqlashiga, jamg‘arish va uni paxta zavodiga jo‘natishga, shuningdek, uning navi, namligi va iflosligi yuzasidan bahs ochilagan taqdirda paxta navini aniqlashga bevosita javobgardir.
Tayyorlov maskani laboratoriyasi ishining to‘g‘riligini paxta zavodi texnika nazorati bo‘linmasi bevosita tekshirib turadi.
Qo‘lda va mashinada terilgan paxta fizik-mexaniq ko‘rsatkichlari va tolasining tashqi belgilari (rangi, pishganlik darajasi, bikrligi va zichligi) jihatdan amaldagi O‘zRST 615-94 Respublika standarti. «Paxta.Texnik sharoit» va O‘zRST 642-95 Respublika standarti. «Urug‘lik paxta.Texnik sharoit» standartlari talablariga ko‘ra beshta nav - I, III, IV, V va to‘qqizta tip-10, 1b, 1,2,3,4,5,6,7 bo‘yicha topshiriladi va qabul qilinadi.



Download 37,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish