10-Mavzu. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmat) lar va ularning sotilishi hisobi Reja: Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar va ularning ahamiyati


Ushbu sohada hisobga olish tartiblari va uning vazifalari



Download 159 Kb.
bet3/8
Sana02.06.2023
Hajmi159 Kb.
#947942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-Mavzu. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmat) lar va ularning sotilishi hisobi (1)

3. Ushbu sohada hisobga olish tartiblari va uning vazifalari.
Tayyor mahsulotlarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi.
2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar";
2820 "Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar";
2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar".
Schyotga ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning qiymati tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlarda (2800) aks ettirilmaydi. Ular bo’yicha haqiqiy xarajatlar, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlardan 9130 "Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi" schyotiga hisobdan chiqariladi. Buyurtmachilarga joyida topshiriladigan va qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan mahsulotlar tug’allanmagan ishlab chiqarish tarkibida qoladi.
2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotida tayyor mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha hisobga olinadi. Qishloq xo’jaligi korxonalari o’simlikchilik mahsulotlari, chorvachilik va qayta ishlangan mahsulotlarining harakatini biznes-rejadan kelib chiqib, yil davomida prognoz tannarxi bo’yicha hisobga oladi. Yil oxirida tayyor mahsulotning haqiqiy va prognoz tannarxi o’rtasida aniqlangan farq mahsulotlar schyotiga hisobot yili oxiridagi keltirilgan mahsulotlarning qoldig’iga taalluqli bo’lgan ulushlarda o’tkaziladi.
Sotish uchun tayyorlangan (olingan) tayyor mahsulotlar, shu jumladan, qisman korxonaning o’z ehtiyojlari uchun mo’ljallangan mahsulotlarning kirim qilinishi 2810 "Ombordagi tayyor mahsulot" schyotining debetida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga ortib jo’natilgan tayyor mahsulotlar va ular uchun ushbu xaridor (buyurtmachi)lar tomonidan hisob-kitob hujjatlarining taqdim etilishi 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining kreditidan sotilish tartibida 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxida hisobga olingan tayyor mahsulotlar, analitik hisobda alohida turdagilarning harakatini, mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining, uning hisob bahosi qiymatidan farqini ajratgan holda ularni hisob baho (reja tannarxida, sotish bahosida va boshqa)da aks ettirish mumkin. Bunday farqlar tayyor mahsulotning alohida guruhlari bo’yicha korxona tomonidan shakllantiriladigan hisob bahosi qiymatidan haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining farq darajasidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Tayyor mahsulotlarni 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotidan hisobdan chiqarishda haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi analitik hisobda qabul qilingan bahosi bo’yicha qiymatidan farq summasi, hisobot davri boshiga tayyor mahsulotlar qoldig’idagi farqlar va hisobot oyi mobaynida omborga kelib tushgan tayyor mahsulotlar bo’yicha farqlarning bu mahsulotlarni hisob bahosidagi qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan foizlar bo’yicha topiladi. Sotilgan mahsulotga to’g’ri keladigan tayyor mahsulot haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining uning hisob bahosi bo’yicha qiymatidan farq summasi 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining kreditida va ular ortiqcha xarajat yoki tejalganlikni ko’rsatishidan kelib chiqqan holda qo’shimcha yozuv orqali tegishli schyotlarning debetida aks ettiriladi.
2820 "Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar" schyotida ko’rgazma, yarmarka, reklama va ko’rsatish uchun mo’ljallangan tayyor mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha hisobga olinadi. Bunda 2820 "Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar" schyotining debeti va 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Tayyor mahsulotlar uchun javobgarlik vaqtincha bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga o’tadi. Agar ko’rgazmaga, yarmarkaga va sh.k.ga quyilgan tayyor mahsulotlar sotilsa, u holda 2810 "Ombordagi tayyor mahsulot" schyotidagi kabi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar" schyotida komissiya va konsignatsiya shartnomalari bo’yicha ortib jo’natilgan tayyor mahsulotlar aks ettiriladi.
Boshqa korxonalarga komissiya va konsignatsiya shartlari asosida sotish uchun berilgan tayyor mahsulotlar 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotidan 2830 "Komis-siyaga berilgan tayyor mahsulotlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. Komissiya va konsignatsiya shartlari asosida berilgan tayyor mahsulotlarni sotishda 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyoti kabi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar", 2820 "Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar", 2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar" schyotlari bo’yicha analitik hisob javobgar shaxslar bo’yicha, turlari (sortlar, partiyalar, kiplar) bo’yicha va tayyor mahsulotni saqlash joylari bo’yicha yuritiladi.


Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish