10-mavzu. Suyuqliklarning joydagi, o’rtacha va tebranuvchi tezliklari. Turbulent harakat tartibining tuzilishi. Turbulent harakat tartibi vaqtidagi napor bosimining yo’qotilishi


Tenglashtirilgan tezliklarning kesim bo’yicha taqsimlanishi



Download 0,66 Mb.
bet3/5
Sana12.12.2022
Hajmi0,66 Mb.
#883843
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu

Tenglashtirilgan tezliklarning kesim bo’yicha taqsimlanishi

O. Reynolьds (1895) va J. Bussenesk (1897) turbulent oqimni zarra-chalarining tezliklari va bosimlari tenglashtirilgan tezliklar va bo-simlar bilan almashtirilgan shartli oqim bilan almashtirishni taklif qiladilar. Bunday shartli oqim tenglashtirilgan oqim yoki turbulent oqimning Reynolьds modeli deb ataladi. Tabiiyki, bunday oqimni tek-shirishda tezlik pulьsatsiyalarini hisobga olmaymiz. Beqaror harakat vaqtida Reynolьds modeliga ko’ra lar vaqt bo’yicha o’zgarib boradi, bar-qaror harakat vaqtida esa ular vaqtga bog’liq emas. SHunday qilib, tekshirilayotgan turbulent oqim uchun Reynolьds modeli bo’yicha hisoblash ishlarida va lardan foydalanamiz. Turbulent oqimga Bernulli tenglamasini qo’llaganimizda tezlik va bosimlar deganda tenglashtiril-gan tezlik va bosimlarni tushunamiz, yozuvda esa soddalashtirish uchun chiziqchalarni tushirib qoldiramiz. L.Prandtlning va boshqa olimlar-


ning tekshirishlari shuni ko’rsatdiki, turbulent harakat vaqtida oqim-ning asosiy qismi uning yadrosi, ya’ni markaziy qismini tashkil qiladi. Yadroda suyuqlik turbulent ha-rakat qilib, uning tezliklari yadro kesimi bo’yicha deyarli bir xil bo’ladi va markazdan truba devoriga yaqinlashgan sari bir oz kamayib boradi. Devor yonidagi suyuqlik zarrachalari esa (devorning mavjudligi oqimga ko’ndalang harakatga yo’l qo’ymagani uchun) devor bo’yicha harakat qilib, uning traektoriyasi sezilarsiz tebranishga ega bo’ladi. SHuning uchun devor yonidagi zarrachalar laminar harakat qiladi. Ana shu laminar harakat qilayotgan zarrachalar yupqa qavat ichida bo’lib, uni laminar qavat deb ataladi. Laminar qavat bilan yadro o’rtasida yana bir yupqa qavat bo’lib, uni o’rta qavat deb ataladi. Bu qavatda suyuqlik turbulent harakat qiladi.


1.55-rasm. Turbulent harakatda laminar qavat va yadro
Juda katta aniqlik va e’tibor bilan o’tkazilgan tajribalar laminar qavatning qalinligini aniqlashga imkon berdi. Uning qalin-ligi millimetrning bo’laklariga teng bo’lib, Reynolьds soniga bog’liq va uning ortishi bilan laminar qavatning qalinligi kamayadi. SHunday qilib, turbulent harakatdagi tenglashtirilgan tezlikning taqsimlanishi (1.55-rasm), laminar harakatdagi tezlikning taqsimlanishidan tamomila farq qiladi va u yadroda deyarli o’zgarmagan holda truba devori yaqinida juda tez kamayadi va devor ustida nolga teng bo’lib qoladi, ya’ni tenglashtirilgan tezlik asosan laminar va o’rtacha qavatlarda o’zgaradi. Buni ko’z oldimizga keltirish uchun 1.56-rasmda tsindrik trubada turbulent oqim uchun (tutash chiziq) va laminar oqim uchun (punktir chiziq) tezlik chizig’i keltirilgan.
Hozirgi zamon gidravlikasida tezlikning kesim bo’yicha taqsimlanish qonuni nazariya va tajribalar natijasida quyidagicha ifodalanadi:



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish