10 mavzu: stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yinlarni o’tkazish


Stress  (ing.  Stress-  taranglik)



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana23.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#405155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
10 - mavzu

Stress 

(ing.  Stress-  taranglik) 

bu  –  psixik  reaktsiya  bo’lib,  ya’ni  boshqa 

sharoitga  o’rganishni,  o’tishni  bildiradi.  Hayotdagi  o’zgarishlar,  tez  olib 

boriladigan  ishlar  odam  organizmida  reaktsiya  keltirib  chiqaradi.  Stress 

organizmning  total  mobilizatsiyasi  hisoblanadi,  ya’ni  o’ta  og’ir,  murakkab 

vaziyatdan chiqish yoki qiyin sharoitga moslashish. Stressorlar (qo’zg’atuvchilar) 

vegetativ o’zgarishlar – qon-tomirning urishi tezlashuvi, qonda qand miqdorining 

oshishi, qon bosimining ko’tarilishi va h.k. vujudga keltirib, organizmni intensiv 

harakatlarga tayyorlaydi. 

Stressni  o’rganishga  yondashuvlarni  ikkita  katta  guruhga  ajratish  mumkin. 

Birinchi guruh mutaxassislari gomeostaz konseptsiyasiga nazariy tayanib, ko’proq 

klinik  tajribadan  kelib  chiqadi.  Olimlar  stressni  organizmning  ichki  holati  deb 

ta’riflaydilar. Ushbu guruhga G. Sel’eni ishlarini kiritish lozim (bu – xos bo’lgan 

sindrom  shaklida  namoyon  bo’luvchi  holat  bo’lib,  u  mazkur  biologik  tizim 

ichidagi barcha xos bo’lmagan o’zgarishlarning yig’indisini ifodalaydi, 1966). 

Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog 

G.  Sel’e  (1936)  sanaladi.  U  stressni  tadqiq  qilishda  moslashuv  alomati 

(adaptatsion  sindrom-  yunoncha  syndrome  belgi,  alomat,  ko’rinish  moslashuvi 

demakdir) masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida 

ahamiyat  bergan.  Shuningdek,  ekstremal  (latincha  extremus  favquloddagi  holat, 

eng oxirgi vaziyat ma’nosini anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi 



stressning o’ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil qilishgacha olib borishi, shunga 

o’xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish (prognoz yunoncha prognosis 

bashorat ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari 

G. Sel’e tomonidan o’rganilgan. 

Shuningdek, quyidagi olimlarni ham bu guruhga kiritamiz: U.Kennon (bu – 

qo’rquvni  psixologik  va  fiziologik  jihatdan  keltirib  chiqarishi  mumkin  bo’lgan 

nimadir, 1958), M.Bajovich, M. Korxin, M. Grinder (bu – shunday holatki, unda 

organizmning  asosiy  ehtiyojlari  qondirilishiga  va  gomeostazning  saqlanishiga 

xavf  soladi,  1955),  doktor  Koffer,  E.  Eppli  (bu  –  organizmning  shunday  holati 

bo’lib, u o’zining sog’lig’i yoki individualligiga xavf solinayotganini his qiladi va 

u butun energiyani himoya uchun sarf qilishi kerak bo’ladi, 1964), A. V. Suvorov 

(bu  –  organizmning  funktsional  holati  bo’lib,  uning  psixik  funktsiyalari,  asab 

jarayonlari yoki periferiya a’zolari faoliyatiga tashqi salbiy ta’sir natijasida paydo 

bo’ladi, 1975). 

Ikkinchi  guruhga  mansub  mutaxassislar  stressni  shart-  sharoit,  faoliyat 

jarayonidagi hodisa sifatida tushunadilar. Ularning ko’pchiligi o’z bixeviorizmiga 

tayanadilar. Masalan, bu guruhga quyidagi olimlarni kiritish mumkin: Y. Gil’gard 

(bu – shart-sharoitlar bo’lib,  ular organizmni  katta zo’riqish  holatiga olib keladi 

hamda  gomeostaz  mexanizmlarining  me’yorida  ishlashini  buzadi,  1971),  A.V 

Suvorov  (bu  –  xavotirlikni  keltirib  chiqaruvchi  istalgan  vaziyatdir,  1950),  M. 

Arnol’d  (  bu  –  normal  funktsionallashuvni  qiyinlashtiruvchi  faoliyat,  istalgan 

shart-sharoitdir, 1967), R. Grinker, G. Shpingel (bu – noodatiy shart-sharoit yoki 

hayot  talabidir,  1945),  O.  Mikshik  (bu  –  psixik  yuk  bo’lib,  bunda  qandaydir 

xalaqit  beruvchi  shart-sharoit  organizmga  maqsadga  yo’naltirilgan  faoliyatni 

bajarish davrida ta’sir ko’rsatadi, 1969). 

«Stress»  terminini  istaganlaricha  qo’llaydilar,  shu  bois  adabiyotlarda 

ko’pincha  chalkash  va  bir-biriga  zid  izohlar,  talqinlar  uchraydi.  Stress  bu 

shunchaki asabiy zo’riqish emas (hatto asabiy zo’riqish – stress bo’lsa ham). Sel’e 

ushbu faktni alohida qayd etish lozim, deb hisoblaydi. Ko’pincha, mutaxassislar 

va ba’zi olimlar biologik stressni o’ta asabiy zo’riqish yoki kuchli hissiy zo’riqish 

deb ta’riflashga moyil bo’ladilar. Biologik stressning psixologik va patopsixologik 

jihatlarini  tadqiq  qiluvchi  mashhur  tadqiqotchilardan  biri,  amerikalik  olim 

M.Meysonning  fikricha,  hayotiy  vaziyatda  xavfli  yoki  yoqimsiz  omillar  paydo 

bo’lganida  yuzaga  keluvchi  hissiy  qo’zg’alish  uchun  mas’uliyatli  bo’lgan 

fiziologik  apparatning  faollashuvi  barcha  stressorlar  uchun  umumiydir.  Ammo 

stressli vaziyatlar umuman asab tizimiga ega bo’lmagan eng sodda hayvonlar va 

hattoki o’simliklarga ham xosdir (M. Tigranyan, 1988 ). 

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, stress bu atrof - muhitning uzoq vaqt ta`siri 

bo’lib,  individ  uchun  hissiy  organizmning  boshqariluvchi  tizimida  va  markaziy 



nerv sistemasida unga mos reaksiyalarni vujudga keltiradi. Atrof- muhitning stress 

ta`sirlari  har  xil  bo’lib,  qo’zg’ovchining  ko’pligi  ta`sirida  bo’lishi  mumkin 

(shovqin,  shoshilinch,  ishni  bajarish  muddatining  qisqaligi  insonlar  orasidagi 

munosabatlarning yaxshi emasligi, yuqori talabchanlik) yoki qo’zg’atuvchilarning 

yetishmasligi 

oqibatida 

(bir 

xillik, 


talabning 

yengilligi, 

aloqalarning 

yetishmasligi), nizolar ko’rinishida (qaror qabul qilish bilan bog’liq jarayonlarning 

buzilishi,  aqliy  va  hissiy  jarayonlarning  o’zaro  ta`sirida  buzilish,  irodaning 

kuchsizligi,  ehtiyojlar  va  ularning  qondirilishi  orasida  muvofiqlikning  yo’qligi, 

shubxalanish) yoki vaqtinchalik boshqaruvning buzilishi sifatida (samolyotda sayr 

qilish  natijasida  vaqtni  ajrata  olmaslik,  hayotda  va  ishda  qat`iy  kun  tartibining 

yo’qligi, hayotning tartibsizligi, ishni muddatida topshira olmaslik). 


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish