10-Mavzu:
Stereoskop bilan stereoeffekt hosil qilish.
(2-soat)
Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun zarur o‘quv qurollari.
Stereoskop, aerosurat
Relefni chizish uchun avval har bir ikkinchi aerofotosuratlarda foydali maydonning
chegarasi
o‘tkaziladi.Buning uchun uchlamchi (troynoy)bo‘ylama va ko‘ndalang
qoplanishlarning o‘rtasida konturli nuqtalar tanlanadi va ular to‘g‘ri chiziqlar bilan
tutashtiriladi.Bunda nuqtalar relefning xarakterli joylarida tanlanishn kerak(tepaliklarning
uchida,tizma tog‘lar bo‘ylab,soylar bo‘ylab va qiyaliklarning burilishlarida) va ularning
balandliklari geodezik yoki fotogrammetrik usullarda aniqlanishi mumkin.Piketlarning umumiy
soni toza asosda (masalan,menzula yoki taxeometrik s’emkada)ishlashga qaraganda ancha kam
bo‘lishi mumkin.
Stereoeffektni hosil qilishdan keyin joy relefi shakllari va ushbu shakllarga piketlar
balandligining muvofiqligi sinchiklab o‘rganiladi(masalan,kuzatilaetgan ko‘tarilish nuqtalar
balandligining oshib borishiga mos kelishi kerak).Ushbu muvofiqlikka erishish uchun
aerofotosuratlarni o‘z tekisliklarida ozgina burish mumkin.Barcha orografik chiziqlar-tizmalar
(suvayrig‘ichlar) va talveglar punktir chiziqlari bilan ko‘rsatiladi,ya’ni relefningskeleti
belgilanadi.
Nomlangan chiziqlar bo‘ylab gorizontallarning shakllari belgilanadi.Gorizontallar
piketlar orasida avval skelet chizig‘i bo‘ylab interpolyatsiyalanadi,keyin yesa teng o‘lchamli
qiyaliklar bo‘yicha piketlar orasida interpolyatsiyalanadi.Hosil qilingan gorizontallar uchastkasi
qalamda relef shakliga to‘liq moslab ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.Avval to‘liq stereojuft
relefi bo‘yicha eng xarakterli bo‘lgan bir nechta gorizontallar o‘tkazish tavsiya yetiladi,keyin
esa barcha qolgan gorizontallar o‘tkazilib,kerak bo‘lganda piketlar balandligi va relef shakliga
muvofiq oldin o‘tkazilgan gorizontallar to‘g‘rilanadi.Ish relefni chizishda qo‘llanilmagan
balandligi ma’lum maxsus nazorat nuqtalari bo‘yicha nazorat qilinadi.shunda balandligi ma’lum
nuqtalari va o‘tkazilgan gorizontallar bo‘yicha hosil qilingan balandliklar orasidagi farq relef
kesimi balandligining 2/3 qismidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ikkinchi nazorat sifatida
stereojuftlar orasida o‘tkazilgan gorizontallar to‘plami hizmat qiladi.
Ikkinchi stereojuftni chizish uchun o‘ng tomondagi surat 180
0
ga burilib
joylashtiriladi.Joy relefini tasvirlaydigan gorizontallar to‘plami barcha stereojuftliklarni
qalamda ishlab chiqilgandan so‘ng tuziladi.Buning uchun qo‘shni chizilgan fotosuratlarni
stereoskop ostiga joylashtiriladi(bitta marshrutda bittadan keyin yeki qo‘shni suratlar marshrutlar
orasida) va stereoeffekt hosil qilinadi.Bir xil gorizontallar qo‘shni fotosuratlar foydali
maydonni chegarasini qat’iyan bir joyda kesib o‘tishiga ishonch hosil qilish kerak.Agar farq
kesim balandligining 2/3 dan ko‘p bo‘lmasa,har bir suratda gorizontallar ushbu farqning yarmi
qiymatiga surish bilan tuzatiladi.Relefni to‘g‘ri tasvirlab bo‘lgandan keyin gorizontallar tushda
chiziladi.
Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha gorizontal chizilgan aerosurat va tushuntirish xati
topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |