10-Mavzu: Stereoskop bilan stereoeffekt hosil qilish. (2-soat) Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun zarur o‘quv qurollari



Download 194,07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.04.2022
Hajmi194,07 Kb.
#592967


 
10-Mavzu:
Stereoskop bilan stereoeffekt hosil qilish. 
(2-soat) 
Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun zarur o‘quv qurollari. 
Stereoskop, aerosurat 
 
 
Relefni chizish uchun avval har bir ikkinchi aerofotosuratlarda foydali maydonning 
chegarasi 
o‘tkaziladi.Buning uchun uchlamchi (troynoy)bo‘ylama va ko‘ndalang 
qoplanishlarning o‘rtasida konturli nuqtalar tanlanadi va ular to‘g‘ri chiziqlar bilan 
tutashtiriladi.Bunda nuqtalar relefning xarakterli joylarida tanlanishn kerak(tepaliklarning 
uchida,tizma tog‘lar bo‘ylab,soylar bo‘ylab va qiyaliklarning burilishlarida) va ularning 
balandliklari geodezik yoki fotogrammetrik usullarda aniqlanishi mumkin.Piketlarning umumiy 
soni toza asosda (masalan,menzula yoki taxeometrik s’emkada)ishlashga qaraganda ancha kam 
bo‘lishi mumkin. 
Stereoeffektni hosil qilishdan keyin joy relefi shakllari va ushbu shakllarga piketlar 
balandligining muvofiqligi sinchiklab o‘rganiladi(masalan,kuzatilaetgan ko‘tarilish nuqtalar 
balandligining oshib borishiga mos kelishi kerak).Ushbu muvofiqlikka erishish uchun 
aerofotosuratlarni o‘z tekisliklarida ozgina burish mumkin.Barcha orografik chiziqlar-tizmalar 
(suvayrig‘ichlar) va talveglar punktir chiziqlari bilan ko‘rsatiladi,ya’ni relefningskeleti 
belgilanadi. 
Nomlangan chiziqlar bo‘ylab gorizontallarning shakllari belgilanadi.Gorizontallar 
piketlar orasida avval skelet chizig‘i bo‘ylab interpolyatsiyalanadi,keyin yesa teng o‘lchamli 
qiyaliklar bo‘yicha piketlar orasida interpolyatsiyalanadi.Hosil qilingan gorizontallar uchastkasi 
qalamda relef shakliga to‘liq moslab ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi.Avval to‘liq stereojuft 
relefi bo‘yicha eng xarakterli bo‘lgan bir nechta gorizontallar o‘tkazish tavsiya yetiladi,keyin 
esa barcha qolgan gorizontallar o‘tkazilib,kerak bo‘lganda piketlar balandligi va relef shakliga 
muvofiq oldin o‘tkazilgan gorizontallar to‘g‘rilanadi.Ish relefni chizishda qo‘llanilmagan 
balandligi ma’lum maxsus nazorat nuqtalari bo‘yicha nazorat qilinadi.shunda balandligi ma’lum 
nuqtalari va o‘tkazilgan gorizontallar bo‘yicha hosil qilingan balandliklar orasidagi farq relef 
kesimi balandligining 2/3 qismidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ikkinchi nazorat sifatida 
stereojuftlar orasida o‘tkazilgan gorizontallar to‘plami hizmat qiladi. 
Ikkinchi stereojuftni chizish uchun o‘ng tomondagi surat 180
0
ga burilib 
joylashtiriladi.Joy relefini tasvirlaydigan gorizontallar to‘plami barcha stereojuftliklarni
qalamda ishlab chiqilgandan so‘ng tuziladi.Buning uchun qo‘shni chizilgan fotosuratlarni
stereoskop ostiga joylashtiriladi(bitta marshrutda bittadan keyin yeki qo‘shni suratlar marshrutlar 
orasida) va stereoeffekt hosil qilinadi.Bir xil gorizontallar qo‘shni fotosuratlar foydali 
maydonni chegarasini qat’iyan bir joyda kesib o‘tishiga ishonch hosil qilish kerak.Agar farq
kesim balandligining 2/3 dan ko‘p bo‘lmasa,har bir suratda gorizontallar ushbu farqning yarmi 
qiymatiga surish bilan tuzatiladi.Relefni to‘g‘ri tasvirlab bo‘lgandan keyin gorizontallar tushda 
chiziladi. 
Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha gorizontal chizilgan aerosurat va tushuntirish xati 
topshiriladi.
 

Download 194,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish