2. Matnni va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash.
3. O‘zining ko‘rinishi va xatti-harakatlariga e’tibor qaratish.
4. Taqdimot qilishni mashq qilish.
Taqdimotning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. O‘tkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz o‘zingizni qulayroq his qilasiz, lekin xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir necha daqiqa oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida bo‘lsa, siz xona, o‘rindiqlar joylashuvi, notiqning o‘rni bilan tanishishga harakat qiling, ko‘rgazmali qurollarni diqqat bilan tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e’tibor qarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |