DOIMIY NUQSONLAR-bir tomonlama va muntazam bo‘lib turadi. Ular qo‘llanilayotgan mashinalar va asboblarning mukammal emasligidan,bo‘zuqligidan,xodimlarning turli malakaga egaligidan, va x. k. tufayli bo‘ladi. Ularni oson payqash va bartaraf etish mumkin.
TASODIFIY NUKSONLAR ni bartaraf etib bulmaydi. Ular dalaning bir tekis unumdor emasligidan kelib chiqadi. Seleksiya materialini o‘rganishda sodir bo‘ladigan nuqsonlarni kamaytirish va tajriba aniqligini oshirishning har xil yo‘llari bor. Bu xatolarning miqdori bo‘lakchalar maydoni, joylashishi va takrorlanishlar soniga bog‘lik. Tajriba bo‘lakchasining maydoni mavjud urug‘ miqdoriga, selek-siya ishi maqsadi va ko‘chatzorlar turiga hamda takrorlanishlar soniga bog‘lik. Boshlang‘ich material ko‘chatzori va seleksion ko‘chatzorida 2-3 m2, kontrol (nazorat) ko‘chatzorida 5-10 m. kv. , nav sinashlarda 25-200 m2 yoki 1-2 ga bo‘lishi mumkin. Har bir bo‘lakcha uch qismdan iborat
umumiy ekin maydoni,
hisobga olinadigan maydon.
hisobga kirmaydigan maydon.
Bo‘lakcha kattaligi tajriba dalasining bir xil tuproq unumdorligiga ega maydonidan oshmasligi kerak. Chunki, urganilayotgan navlar taqqoslab bo‘lmaydigan sharoitga tushib qolishlari mumkin va tajriba aniqligi kamayib ketadi. Bo‘lakcha shakli 1:10 yoki 1:50 atrofida bo‘lsa maqsadga muvofik bo‘lib tajriba aniqroq chiqadi, mexanizatsiyadan foydalanish imkoni ortadi. Qaytariqlar soni 3-6 marta bo‘ladi . Seleksion nomerlar doimo andoza nav bilan taqqoslab o‘rganiladi. Seleksiya ishida andoza nav ko‘p marta takrorlab yoki juft qilib eqilishi mumkin. Birinchisida -har takrorda andoza bir marta ekiladi. Ular tartibli, sistematik yoki rendomizatsiya usulida bo‘ladi. Tajribada iloji boricha bo‘lakcha va kaytariqlarni bir yarusda joylashtirish kerak. Shaxmat usulida bitta nav bir xil joyga to‘g‘ri kelmasligi kerak.
Tajriba aniqligini oshirish uchun akademik Konstantinov tomonidan ishlab chiqilgan andoza bilan juft qilib joylashtirish
usuli (blok usuli) keng qo‘llaniladi. Unga ko‘ra urganilayotgan nav andoza bilan yonma -yon ekiladi har 2 ta o‘rganiladigan va bitta andoza blok hosil qiladi.
Seleksiya materialini o‘rganishda tegishli fenologik ko‘zatishlar olib boriladi. Har bir davrning boshlanishi va tugashi vaqti o‘rganiladi. O‘simliklarning 10% da shu fazaga kirishi boshlanishni bildirsa 75% da ushbu faza tugashini bildiradi. Boshoqli ekinlarda aniq-lanadigan fazalar:eqilgan kun, maysalarning unib chiqa boshlashi,to‘liq unib chiqish, 3 -bargning paydo bo‘lishi, to‘planishi, naycha chiqarishi, boshoq chikara boshlashi,to‘liq boshoqlanishi, gullay boshlashi, to‘liq gulga kirishi, sut pishish,mum pishish, to‘liq pishish,hosil yig‘ib olingan kun.
G‘o‘zada o‘ziga xos ko‘zatishlar bo‘ladi. Morfologik ko‘zatishlar 3 marta -iyun, iyul, avgust oxiri yoki sentyabr boshida olib bori-ladi.
SELEKSIYa EKINLARINING XILLARI: ko‘chatzorlardagi, nav sinashdagi, istiqbolli navlarni dastlabki ko‘paytirishdagi hillari mavjud. Ko‘chatzorlarda nomerlarning urug‘i kam bo‘lib, kichik bo‘lakchalarga ekiladi. Asosiy vazifasi-materialni dast-labki o‘rganish, urug‘ini ko‘paytirish, va mahsuldorligini baho-lash.
NAV sinashning vazifasi-yaratilgan navlarga har tomonlama baho berish. Dastlabki ko‘paytirishning vazifasi esa -nav sofligini saqlagan holda yaratilgan navlar urug‘ini yetarlicha ko‘paytirish. Urug‘larning ko‘payish koeffitsienti deb maydon birligidan olingan hosilning ekish normasiga nisbatiga aytiladi. (ekish normasi 1 s. bo‘lsa va olingan hosil 50 s/ga bo‘lganda ko‘payish koeffitsienti 50 bo‘ladi).
Seleksiya jarayoni o‘zidan changlanuvchi va chetdan changlanuvchi-larda turlicha olib boriladi. Ko‘chatzor hillari: 4 xil bo‘ladi. Boshlang‘ich material ko‘chatzori, seleksiya ko‘chatzori, kontrol (nazorat) ko‘chatzori va maxsus ko‘chatzorlardan iborat. Kolleksiya ko‘chatzoriga yoppasiga ekiladigan ekinlardan 500-1000 dona, qatorlab ekiladiganlaridan 100-200 dona ekiladi. Donli ekinlar uchun bo‘lakcha maydoni 1-5 m2 qatorlab ekiladiganlari uchun-10-20 m2 va kaytariqsiz bo‘ladi. Andoza nav 10-20 tadan keyin ekiladi. Duragaylar ko‘chatzori ham takrorsiz ekiladi. Seleksya ko‘chatzorida ekiladigan urug‘ miqdori tanlangan elita o‘simliklar hosiliga bog‘lik. Ulardan olingan hosil 2-yilgi seleksiya ko‘chatzoriga yoki nazorat ko‘chatzoriga ekiladi.
NAZORAT ko‘chatzori- vazifasi tanlab olingan namunalarni 2-yil hosili bo‘yicha baholash. Ular soni 20-100 ta,katta xajmdagi seleksiya ishlarida 600-700 ta bo‘lishi mumkin. Delyanka maydoni 5-10 m2 va 30 m kv gacha bo‘lishi mumkin. Bu ko‘chatzor bilan bir vaqtda maxsus ko‘chatzor ham tashqil qilinadi (kasallik, texnikaga moslashganlik va x. k. )
Seleksiya tashqilotida nav sinashning dastlabki (kichik) nav sinash, konkurs (katta), ishlab chiqarish, davlat nav sinashi va maxsus nav sinash xillari qo‘llaniladi. Dastlabki sinashda 25-30 ta va 100 tagacha nav 20-50- m2 va to‘rt kaytariqda o‘rganiladi.
KONKURS nav sinash vazifasi o‘z tashqilotida va boshqa tashqilotlarda yaratilgan navlar o‘rganiladi. KATTA nav sinashda 10-20 va 50 ta gacha nav sinaladi. 4-6 kaytariqda, maydoni 100-200 m2 bo‘lib 2-3 yil o‘rganiladi. Ular statistik baholanib, sinash xatosi aniqlanadi. Bir vaqtning o‘zida IShLAB chiqarish sinovi ham olib boriladi. 1-2 ga va 2 kaytariqda bo‘ladi. Har xil agrotexnikada sinash, dinamik nav sinash,zonalarda sinash. Dinamik nav sinashda -kartoshka, makkajo‘xori (silosi uchun),em-xashak ekinlari,o‘tlarda yalpi hosildan tashqari o‘suv davri davomida hosil to‘planishi ham aniqlanadi. Dinamik sinashda turli muddatlarda o‘rilgan hosil,quruq modda to‘planishi kabilar o‘rganiladi. Odatdagi nav sinashlardan 1,5 - 2 marta ko‘p bo‘ladi. Seleksiya jarayonini qisqartirish uchun ota-ona juftlarini to‘g‘ri tanlash, issiqxonalardan foydalanish, ekish normasini kamaytirib keng qatorlab ekish, siyraklashtirish usulidan foydalanish kerak. Yangi navni Davlat nav sinoviga taqdim qilish. Hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaxshi baho olgan nav bilan birga quyidagi xujjatlar kerak.
navni Davlat sinoviga qabul qilish xaqida ariza
tekshirgan seleksiya tashqiloti ilmiy kengashining qarori (1 nus’ha)
yangi navning batafsil ta’rifi, Konkurs va ishlab chiqarish sinovidagi ko‘rsatkichlar,morfologik,biologik xususiyatlari,barcha ma’lumotlar andoza navga nisbatan beriladi.
nav ta’rifi yozilgan xujjatga mevasining sur’ati,urug‘i va to‘p gulining asl nus’hasi tirkalgan bo‘lishi kerak (0,5 kg urug‘,15 dona boshoq yoki ruvak).
Mahsulot sifatini aniqlash uchun 2-4 kg urug‘ va andoza nav-ning shu yerda shu yili yetishtirilgan urug‘i yuboriladi. Davlat nav sinash komissiyasi xujjatlarni ko‘rib qabul qilishi yoki rad etishi mumkin. Agar qabul qilinsa qaysi nav sinash dalasiga qancha urug‘ yuborishi to‘g‘risida xabar qiladi. Seleksioner kerakli miqdordagi urug‘ni yuborishi shart. Yaratilgan navlarni to‘liq baholash va ularni ekish mumkin bo‘lgan mintaqalarni aniqlash ishlarini olib borish maqsadida maxsus Davlat nav sinovi (DNS) barpo etilgan. Ya’ni Davlat nav sinovi yaratilgan nav-larni to‘g‘ri joylashtirish va batafsil baholash bilan shug‘llanadi. U seleksiya-tajriba muassasalariga qaram bo‘lmagan mustaqil tashqilotdir. DNSning vazifasi sinalayotgan barcha nav va duragaylarga tula baho berish, hamda ular orasidan rayonlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish uchun eng serhosil, mahsulot sifati yuqori, boshqa belgilari qimmatli bo‘lgan navlarni ajratib oladi. Har bir nav sinash uchastkasi uchun dala ekinlariga 60-100 ga, texnik ekinlar va sabzavotlar uchun 40 ga yer ajratiladi. Ular yetarli tarzda ishchi va texnika bilan ta’minlanadi. Yerni ishlashdan tortib,ekish, parvarishlash, hosilni yigib olishlar hammasi xo‘jalik zimmasida bo‘ladi. Nav sinash dalalarida albatta yer to‘zish ishlarini bajarish, tuproq tarkibini o‘rganish, almashlab ekishni joriy qilish zarur. Navlarga ishonchli baho berishda hamma sinalayotgan navlarni tuproq unumdorligi, yer yuzasi, utmishdoshlar, agrotexnika va boshqalar bo‘yicha taqqoslash mumkin bo‘lgan holda joylash-tirish kerak. Buning uchun oldiniga dalaga tekshiruvchi ekinlarni ekish kerak va ularni hosildorligiga qarab dala kichik maydonlarga ajratiladi. Davlat nav sinash uchastkalari bir necha xil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |