10 mavzu Qishloq xo‘jaligida servis va uni rivojlantirish yo‘llari


Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining tarkibi: ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma va bozor infratuzilmasi



Download 71,23 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2022
Hajmi71,23 Kb.
#600239
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-мавзу

10.2. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining tarkibi: ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma va bozor infratuzilmasi
Infratuzilma iqtisodiy fan tomonidan asosan ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi qismga ishlab chiqarish infratuzilmasi kiradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi agrosanoat majmuasining eng zarur qismi bo‘lib, ishlab chiqarishning samaradorligi ko‘p jihatdan uning mavjudligi va bir meyorda faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasiga quyidagilar kiradi:

  • transport tizimi va yo‘llar;

  • aloqa tizimining ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘langan qismi;

  • bank va moliya bozorining tegishli qismi;

  • qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash;

  • qishloq joylarda elektr energiyasini uzatish liniyalari;

  • ilmiy – ishlab chiqarish laborotoriyalari;

  • zooveterenariya xizmatlari;

  • yoqilg‘i va moylash materiallari ta’minoti tashkilotlari;

  • mineral o‘g‘itlar, kimyo va qishloq xo‘jaligini zarur kimyoviy vositalar bilan ta’minlash tizimlari;

  • biologik xizmat ko‘rsatish tizimlari korxonalari;

  • konsalting xizmatlari va boshqalar.

Infratuzilmaning o‘ziga xosligi shundaki, bir xizmat turining o‘zi paytda ishlab chiqarish infratizilmasi hamda ijtimoiy infratuzilma bo‘lishi mumkin. Masalan, yo‘llar ishlab chiqarishga xizmat qilish paytida ishlab chiqarish infratuzilmasi hisoblanadi. Lekin ular aholining ehtiyojlari uchun barchaga beminnat bir xilda xizmat ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmat turi hamdir. Shu sababdan yo‘llar ijtimoiy infratuzilmaga ham kiradi. Shungdek, aloqa va transport tizimlari ham ishlab chiqarish yoki ijtimoiy infratuzilma bo‘lishi mumkin. Keyingi yillarda umumiy taraqqiyot natijasida agrosanoat majmuasi infratuzilmasi ham rivojlanib, kengayib bormoqda. Bu, o‘z navbatida, agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi quyidagilardan iborat:
Bevosita korxonalar tarkibida faoliyat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi:
➢ Korxonaning aloqa tizimi
➢ Ichki xo‘jalik taransport tizimi
➢ Asosiy aktivlarni ta’mirlash tizimi
➢ Omborxonalar
➢ Konsalting xizmati
➢ Energetik quvvatlar bilan ta’minlashning ichki tizimi
Xizmat ko‘rsatish vazifasi bo‘yicha umumiy xususiytga ega ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiga:
➢ Xo‘jaliklarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimi

  • MTP va MMTPlari

➢ Maslahat berish markazlari xizmati tizimi
➢ Elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimi
➢ Xo‘jaliklararo va markazlashgan ta’mirlash tizimi
➢ Xo‘jaliklarga zarur texnikalarni olib kelish va ta’minlash tizimi
➢ Bank va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish tizimi
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasi juda katta ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarish infratuzilmasisiz Qishloq xo’jaligida mo‘tadil faoliyat yuritish mumkin emas. Ishlab chiqarish infratuzilmasi Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning uzliksiz tashkil etilishni ta’minlaydi. Agarda har bir korxona barcha ish va xizmatlarini o‘zi bajarishga harakat qilsa, bu juda qimmatga tushadi. Ko‘p holatlarda buni amalga oshirish mumkin ham emas. Masalan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun urug‘lik, yoqilgi – moylash materallari, mineral o‘g‘itlar, turi kimyo mahsulotlari, dori dormonlar, elektr, suv ta’minoti, kadrilar yetishtirish, aloqa xizmatlari ko‘rsatish, xo‘jalikda mavjud texnikalarni ta’mirlash ishlari va boshqalarni olaylik. Bu ish va xizmat turlarini bir xo‘jalik bajarishi uchun qanchadan qancha mutaxassis, transport, texnikalar va boshqa resurslar kerak. Bular uchun xo‘jalikda na mutaxassislar, na moliyaviy resurslar yetarli. Chunki ayrim xizmat turlari ta’minoti bir xo‘jalik uchun emas, balki yuzlab, minglab tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadi. Masalan, elektr bilan ta’minlash va h.k. Ularni har bir xo‘jalik o‘zi aholida tashkil eta olmaydi. Shu sababli ham bu ish va xizmat turlari aholida mustaqil tizimlarni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi iqtisodiyotda katta o‘rinni egallaydi. Eng avvalo, bu ish va xizmatlar ishlab chiqarishning rivojlanishga olib keladi. Iqtisodiyot rivojlangan sari esa, infratuzilma xizmatlariga talab ortadi. Natijada, ishlab chiqarishning samaradorligi oshadi. Mehnatga loyoqotli aholining katta qismi infratuzilmaga ish joylashadi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda jami ishlayotganlarning 60-70 foizi xizmat ko‘rsatish tizimida ishlaydi. Bizda esa bu ko‘rsatkich 14 foizdan kamroq. Natijada qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘ziga xos bo‘lmagan ko‘pgina xizmat turlarini o‘zlari bajaradilar. Bu yoqilg‘i – moylash materiallari, mineral o‘g‘itlarni xo‘jalikka olib kelish va boshqa faoliyatlaridir. Shu bois ishlab chiqarishningsamardorligi kutulgan darajada ijobiy emas.
Infratuzilma qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensiv rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini asta - sekin ayrim xizmat ko‘rsatish funksiyalaridan ozod qiladi. Bu xizmatlar ixtisoslashgan infratuzilma korxona va tashkilotlari tomonidan bajariladi. Albatta, bu iqtisodiy samardorlikning oshishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi ham asosan ishlab chiqarish jarayoni bilan shug‘ullanadi. Natijada barcha ishlarning o‘z agrotexnik muddatlarida sifatli bajarilishi ta’minlanadi. Lekin hozirda infratuzilma bajarishi kerak bo‘lgan juda ko‘plab ish va xizmatlar qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan bajarilmoqda. Bu, o‘z navbatida, ayrim ishlarning sifatsiz va katta xarajatlar evaziga bajarilishiga olib kelmoqda. Ikkinchi tomondan, mavjud infratuzilma ham samarali va sifatli faoliyat ko‘rsatadi. Shulardan biri ko‘rsatilayotgan xizmatlar bazorida raqobat muhitining pastligi, ko‘pgina hollarda umuman yo‘qligi, xizmatlar sifatining juda pastligidir. Shu sabali bu borada ham qilinadigan ishlar juda ko‘p.
Respublika qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasi ma’lum darajada rivojlangan. Ayniqsa paxta va bug‘doy yetishtirish uchun hizmat ko‘rsatadigan infratuzilma yaxshi rivojlangan. Bu yo‘nalishdagi ishlar davlatning qattiq nazorati ostida rivojlantirilmoqda. Shu bilan birgalikcha chorvachilik tarmoqlari uchun xizmat ko‘rsatadigan infratuzilma yetarli darajada rivojlanmagan.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasini keskin rivojlantirish bugungi kun zaruratidir va uni quydagi yo‘nalishlarda rivojlantirilishi lozim:

  • Agrar soha tarkibiga kiruvchi tarmoqlarga xizmat ko‘rsatadigan tarmoq va xizmatlarning turlarini ko‘paytirish. Hozirgi mamlakat qishloq xo‘jaligi o‘ziga zarur bir qancha xizmatlarni ola bilmayapti. Masalan, ularga zarur bank, moliya bozoridagi o‘zgarishlar, turli sharoitlarda kerakli qonuniy va iqtisodiy maslahatlar bilan ta’minlanish darajasi past holatda. Bu misollar qishloq xo‘jaligi uchun zarur xizmatlarning bir kichik qismidir. Shu sababli ishlab chiqarish infratuzilmasining xizmat turlarini ko‘paytirish lozim.

  • Xizmat bozorida raqobat muhitini rivojlantirish agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning boshqa bir yo‘nalishidir. Bu eng katta ahamiyatga ega yo‘nalishlardan biridir. Raqobatning bo‘lmasligi ko‘rsatilyotgan xizmatlar narxning yuqori bo‘lishini ta’minmoqda. Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatining pastligi ham raqobat yo‘qligidan yoki uning deyarli yo‘qligadandir. Masalan, hozirda yurtimizda 112 ta muqobil mashina – traktor pariklari mavjud. Lekin ularning texnik imkoniyatlari juda past bo‘lganligi sababli, qishloq xo‘jaligi korxonalari asosan, davlat aksiyadorligijamiyatlari maqomida tashkil etilgan 180 ta mashina -traktor parki xizmatlaridan foydalanishga majburdirlar.

  • Xizmat ko‘rsatish sohasida katta imkoniyatlar xo‘jaliklarning o‘zlari tomonidan birgalikda tashkil etiladigan “ittifoq”lardadir. Masalan, texnikadan birgalikda foydalanish ittifoqlarini tashkil etish masalasi natijalar berishi mumkinligiga qarmasdan bu soha rivojlangan emas. Bunga asosiy sabab xo‘jaliklarni boshqarayotgan rahbarlarda bunday ishlarga tajriba, bilim yo‘qligidadir. Agarda ittifoq tuzilgan holda ham uni tashkil etgan barcha xo‘jaliklar uchun undagi texnikadan samarali foydalanish bo‘yicha manfaatli tartib – qoydalar ishlab chiqilmagan. Demak, bu boradagi ishlarni rivojlantirish zarur.

Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining shakllanishi, uning tarkibi, rivojlanganlik darajasi juda ko‘p omillarga bog‘liq. Jumladan, ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashganligi, yerlarning relyefi, shaharlardan uzoq yoki yaqin joylashganligi, yirik transport uzellariga yaqinligi yoki uzoqligi va boshqalar infratuzilmaning nimaladan tashkil topishi, uning rivojlanganlik darajasi qanday bo‘lishi lozimligini belgilaydi. Masalan, paxtachilikka zarur ayrim xizmatlar yoki ish turi g‘allachilikda kerak emas yoki juda kam miqdorda kerak. Bunday hollarda paxtachilik bilan g‘allaga ixtisoslashgan xo‘jaliklar har xil infratuzilma kerak bo‘ladi. Qorako‘lchilik xo‘jaliklari infratuzilmasi paxtachilik xo‘jaliklaridagidan tubdan farq qiladi va h.k. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirida qishloq xo‘jaligining o‘zga xos xususiyatlarini (yerning asosiy ilab chiqarish vositaligini, unumdorligi, tuproq sifatining har xilligi, ishlab chiqarishning mavsumiyligi, ish vaqti bilan ishlab chiqarish davrining mos kelmasligi kabi) e’tiborga olish zarur bu ham infratuzilmani rivojlantirishni zarur yo‘nalishlaridandir.
Qishloq ijtimoiy infratuzilmasi juda keng tarkibga ega. Bugungi kunda inson hayotini yengillashtirishga, uning vaqtini tejashga ijtimoiy infratuzilmaning ta’siri katta. Infratuzilma aholini ish bilan ta’minlashda ham nisbatan juda katta imkoniyatlarga ega. Ijtimoiy infratuzilma halqining turmush darajasinikeskin oshiradigan sohalardan biridir. Ijtimoiy infratuzilmasiz agrosanoat majmuasi rivojlanishi tasavvur etish qiyin. Qishloq ijtimoiy infratuzilmasiga quydagilar kiradi:

  • Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi;

  • yo‘lovchi tashish tizimi;

  • aloqa xizmati;

  • uy – joy xo‘jaligi;

  • maktabgacha ta’lim tizimi;

  • ta’lim tizimi;

  • sog‘liqni saqlash tizimi;

  • aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimlari;

  • sport-sog‘lomlashtirish tizimi;

  • kommunal xizmatlar;

  • madaniy –maishiy xizmatlar tizimi va boshqalar.

Qishloq ijtimoiy infratuzilmasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, insonlarning turmishini yengillashtiradigan sohadir. Ularning asosiy maqsadi – insonni jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarini, kuchilarini qayta tiklash va ularning yanada rivojlanishini ta’minlashga xizmat ko‘rsatishdir.
Mamlakatmizda, uning regonlarida agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasi rivoji turlicha. Yirik shaharlar va yirik transport uzellariga yaqin joylashish zonalarda agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasi nisbatan yaxshi rivojlangan. Bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, yangidan –yangi ijtimoiy infratuzilma xizmat turllari vujudga kelmoqda. Ayrim turlar esa yo‘qolib bormoqda. Bu, umuman olganda, to‘g‘ri qonuniyatdir.
Mamlakat qishloq ijtimoiy infratuzilmasi katta iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Chunki ijtimoiy infratuzilmasisiz agrosanoat majmuasida mo‘tadil faoliyat yuritish mumkin emas. Ijtimoiy infratuzilmasi agrosanoat majmuasida ishlab chiqarishning uzliksiz tashkil etilishga, uning barqaror ishlashi uchun sharoit yaratadi. Agarda har bir korxona barcha ish va xizmatlarini o‘zi bajarishga harakat qilsa , bu juda qimmatga tushadi. Ko‘p holatlarda buni amalga oshirish mumkin ham emas. Bu ish va xizmat turlarini bir xo‘jalik bajarishi uchun qanchadan qancha mutaxassis, transport, texnikalar va boshqa resurslar kerak. Bular uchun xo‘jalikda na mutaxassislar, na moliyaviy resurslar yetarli. Chunki ayrim xizmat turlari ta’minoti bir xo‘jalik uchun emas, balki yuzlab, minglab tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadi. Masalan, elektr bilan ta’minlash va h.k. Ularni har bir xo‘jalik o‘zi aholida tashkil eta olmaydi. Shu sababli ham bu ish va xizmat turlari aholida mustaqil tizimlarni tashkil etadi.
Qishloq ijtimoiy infratuzilmasi iqtisodiyotda katta o‘rinni egallaydi. Eng avvalo, bu ish va xizmatlar ishlab chiqarishning rivojlanishga olib keladi. Iqtisodiyot rivojlangan sari esa, infratuzilma xizmatlariga talab ortadi. Natijada, ishlab chiqarishning samaradorligi oshadi. Mehnatga loyoqotli aholining katta qismi infratuzilmaga ish joylashadi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda jami ishlayotganlarning 60-70 foizi xizmat ko‘rsatish tizimida ishlaydi. Bizda esa bu ko‘rsatkich 14 foizdan kamroq. Natijada qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘ziga xos bo‘lmagan ko‘pgina xizmat turlarini o‘zlari bajaradilar. Shu bois ishlab chiqarishning samardorligi kutulgan darajada ijobiy emas.
Infratuzilma qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensiv rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini asta - sekin ayrim xizmat ko‘rsatish funksiyalaridan ozod qiladi. Bu xizmatlar ixtisoslashgan infratuzilma korxona va tashkilotlari tomonidan bajariladi. Albatta, bu iqtisodiy samardorlikning oshishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi ham asosan ishlab chiqarish jarayoni bilan shug‘ullanadi. Natijada barcha ishlarning o‘z agrotexnik muddatlarida sifatli bajarilishi ta’minlanadi. Lekin hozirda infratuzilma bajarishi kerak bo‘lgan juda ko‘plab ish va xizmatlar qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan bajarilmoqda. Bu, o‘z navbatida, ayrim ishlarning sifatsiz va katta xarajatlar evaziga bajarilishiga olib kelmoqda. Ikkinchi tomondan, mavjud infratuzilma ham samarali va sifatli faoliyat ko‘rsatadi. Shulardan biri ko‘rsatilayotgan xizmatlar bazorida raqobat muhitining pastligi, ko‘pgina hollarda umuman yo‘qligi, xizmatlar sifatining juda pastligidir. Shu sabali bu borada ham qilinadigan ishlar juda ko‘p.
Respublikada agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasi ma’lum darajada rivojlangan. Ayniqsabu masalalarga mustaqillik yillarada katta e’tibor berildi. Natijada aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 83 foiz, tabiiy gaz bilan ta’minlanish darajasi 81 foizga yetdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar davlatning qattiq nazorati ostida rivojlantirilmoqda.
Infratuzilmaning rivoji ko‘p jihatidan u davlat tomonidan qo‘llab –quvvatlanishiga bog‘liq. Chunki ijtimoiy infratuzilmaning shunday yo‘nalishlari mavjudki, ularni birorta ishbilarmon o‘z faoliyat turiga aynaltira olmaydi. Masalan, qishloq joylaridagi asosiy ko‘chalarni kechasi yoritadigan chiroqlar, aholi dam oladigan park (bog‘lar), o‘t o‘chiruvchilar tashkilotini yuritish xarajatlari kabilar ishbilarmon faoliyati bo‘yicha hech qachon o‘zini oqlamaydi. Shunday ekan, bu xarajatlarni davlat tomonidan qoplash zaruriyati bor. Hamma foydalanadigan bu turdagiijtimoiy xarajatlarga davlat tomonidan qilinadigan sarflar miqdori ham ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning bir yo‘nalishidir.
Qishloq ijtimoiy infratuzilmasi bozor iqtisodiyoti talablari asosida obyektiv ravishda doimo rivojlanib boradi. Qishloq aholini ish bilan ta’minlashning zarurati qishloq joylarda yangidan-yangi xizmat turlarini vujudga keltiradi.
Aholining ish bilan ta’minlanish darajasini maqsadida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish lozim. Bu borada ko‘plab ishlar amalga oshrilmoqda. Aholi punktlarning asosiy qismi gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda, deyarli barchasida qishloq ambulatoriyalari tashkil etildi. Bk esa, yangi ish o‘rinlarini paydo etmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ( teri, jun, quruq mevalar va h.k.) tayyorlaydigan xususiy tadbirkorlar guruxi shakllanmoqda. Aholining mahsulot va xizmatlarni xarid qilish quvvatini oshirish ijtimoiy infratuzilma rivojlanishini ta’minlovchi eng asosiy omilladan biridir. Bu borada katta ishlar qilinishi lozim. Bu muammo ijobiy hal etilmaguncha ijtimoiy infratuzilma ham rivojlanmaydi. Albatta, aholining xarid qobiliyatini oshirish ishlab chiqarishni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, yangidan – yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish kabi iqtisodiy ahamiyati katta faloiyatlar asosida olib borlishi kerakligini unitmaslik lozim. Malakatda iqtisodiyotning yuksalishi darajasini hisodga olgan holda aholining xarid qobiliyatini o‘stirish talab qilinadi. Aks holda inflyatsiya darajasi keskin oshishi va juda katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samardorligini oshrish, umuman, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishiga olib keladi. Infratuzilma rivoji ko‘p jihatidan u davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlanishiga bog‘liq. Chunki ijtimoiy infratuzilmaning shunday yo‘nalishlari mavjudki, ularni birorta ishbilarmon o‘z faoliyat turiga aynaltira olmaydi. Masalan, qishloq joylaridagi asosiy ko‘chalarni kechasi yoritadigan chiroqlar, aholi dam oladigan park (bog‘lar), o‘t o‘chiruvchilar tashkilotini yuritish xarajatlari, ishbilarmon faoliyati bo‘yicha hech qachon o‘zini oqlamaydi. Shunday ekan, bu xarajatlarni davlat tomonidan qoplash zaruriyati bor. Hamma foydalanadigan bu turdagi ijtimoiy xarajatlarga davlat tomonidan qilinadigan sarflar mivdori ham ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning bir yo‘nalishidir.

Download 71,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish