Tahlilning vazifalari: - moliyaviy natijalarni ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish;
- moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning hisobot davridagi o‘zgarishiga baho berish;
- moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning har biriga ta'sir qiluvchi omillarni belgilash va ularni ta'sirini baholash;
- moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning bir-biriga bog‘liqligini, aloqadorligini, ularni sof foyda o‘zgarishiga ta'sirini baholash;
- moliyaviy natijaviylik ko‘rsatkichlarini mulkiy holat va samaradorlik bilan bog‘liq jihatlarini baholash;
- rentabellik ko‘rsatkichlariga baho berish va uning o‘zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarni tahlil etish;
- foyda va rentabellikni oshirishning ichki imkoniyatlarini axtarib topish va chora-tadbirlarini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |