10-mavzu: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga umumiy tavsif Reja



Download 51,71 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi51,71 Kb.
#591995
  1   2
Bog'liq
10-mavu


10-mavzu: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga umumiy tavsif
Reja:
1.O’zbekiston qishloq xo’jaligi sohasining rivojlanishi, va ixtisoslashuvi.
2. Yer fondi, tarkibi va undan foydalanish
Tayanch so’zlar:
Agrar munosabatlar, agrar islohotlar, qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish, ixtisoslashtirish, ekin maydonlari, yalpi hosil, hosildorlik agroiqlim resurslari, agrofirma, agrobiznes ,intensiv bog’dorchilik, issiqxona xo’jaligi,mulkchilik shakllari.
1.O’zbekiston qishloq xo’jaligi sohasining rivojlanishi, va ixtisoslashuvi.
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning eng qadimgi tarmoqlaridan biri. U hozirgi kunda jahon, milliy va mintaqaviy iqtisodiyot tarkibida yetakchi o’rinlarni egallaydi. Biroq, ushbu makroiqtisodiyot tarmog’ining rivojlanishi turli mamlakatlarda turlicha kechadi; rivojlanayotgan davlatlarda qishloq xo’jaligi, xususan dehqonchilik ko’proq ekstensiv xususiyatga ega bo’lsa, yetakchi mamlakatlarda u intensiv rivojlanib bormoqda. Shunga mos holda, agroiqtisodiyotning samaradorligi, mehnat unumdorligi ham geografik jihatdan farqlanadi.Odatda, qishloq xo’jaligi deganda, asosan, uning ikki tarkibi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik tushuniladi. Bu iqtisodiyot fani nuqtai nazardan to’g’ri, ammo iqtisodiy geografik jihatdan esa, uni qishloq aholisining mashg’uloti, xo’jaligi ma’nosida ham e’tirof etish mumkin.
Tabiiyki, qishloq joylarda ham bu tarmoq turlanib, diversifikatsiyalanib, shu bilan bir qatorda, sanoat, transport, rekreatsiya, turizm, ijtimoiy sohalar ham keng tarqalmoqda. Demak, qishloq xo’jaligi, bir tomondan, faqat dehqonchilik va chorvachilik emas, ikkinchidan, u hududiy nuqtai nazardan jahon xo’jaligi, milliy xo’jalik, mintaqaviy va mahalliy (munitsipal) xo’jalikdan keyingi taksonomik birlik sanaladi. Iqtisodiyotning bunday hududiy tarkibi xuddi shunday ierarxik ko’rinishga ega bo’lib, tizim-tarkib yondoshuvga mos keladi.Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, shahar xo’jaligi ham o’ziga xos talqin qilinadi. U ko’proq komunal xo’jaligi, ichki transport, maishiy sohalarni o’z ichiga oladi. Aslini olganda esa, shaharni shahar qiluvchi asosiy tarmoq(shahar hosil qiluvchi tarmoq), eng avvalo, sanoat, tashqi savdo va transport, ilm-fan kabilar hisoblanadi Shu bilan birga, shaharlarda ham, xususan, bizning sharoitimizda, qisman qishloq xo’jaligi mavjud bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi rivojlanishi va hududiy tashkil etilishining quyidagi xususiyatlari mavjud:eng qadimgi, an’anaviy xalq mashg’uloti; mavsumiy xususiyatga egaligi;qishloq xo’jaligining rivojlanishi ob-havo, iqlim sharoitlariga bog’liq;qishloq xo’jaligining holati, o’z navbatida, sanoatga, ayniqsa yengil za oziq-ovqat sanoati rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi; ushbu tarmoqning hududiy tashkil etilishi areal xususiyatga ega (sanoat nuqta shaklida, transport chiziqsimon, tasmasimon); qishloq xo’jaligining mehnat unumdorligi sanoatga nisbatan past; qishloq xo’jaligi aholini iste’mol mollari bilan, sanoatni xom ashyo bilan ta’minlaydi;qishloq xo’jaligi korxonalari uchun xom ashyo kerak emas, uning asosi agroiqlimiy resurslar, ya’ni harorat, namlik va tuproq hisoblanadi. Qishloq xo’jaligining yuqoridagi xususiyatlari ushbu tarmoqning asosiy iqtisodiy va iqtisodiy geografik ko’rsatkichlarini, rivojlanishi va joylanishini belgilab beradi.
O’zbekiston milliy iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi o’rinlardan birini egallaydi Uning ulushiga yalpi ichki mahsulotning 1/6 qismiga yaqini to’g’ri keladi. So’nggi yillarda respublikamizda iqtisodiyotni sanoatlashtirish dasturini amalga oshirish natijasida qishloq xo’jaligining nisbiy ko’rsatkichlari, ya’ni ulushi pasayib borish tendentsiyasiga ega. Shu asosda mamlakatimiz iqtisodiyoti agrar- industrial shakldan tobora, asta-sekin industial-agrar yo’nalish kasb etmoqda. Sobiq Ittifoq davrida respublika qishloq xo’jaligi asosan paxtachilikka ixtisoslashgan, markaziy hududlar sanoatini xom ashyo bilan ta’minlovchi monoko’ltura ko’rinishidagi rayon edi.
Mustaqillikka erishgach, bu sohada tub islohotlar o’tkazildi, qishloq xo’jaligi deyarli to’liq nodavlat sektoriga o’tkazildi, fermer va dehqon xo’jaliklari tashkil etildi, paxta yakka xokimligiga barham berildi, don (g’alla) mustaqilligiga erishildi va xokazo. Ayni vaqtda, noto’g’ri siyosat olib borish oqibatida maydonlari keskin qisqarib ketgan uzumchilik va bog’dorchilik tarmoqlari tiklanmoqda.2009-yilda qabul qilingan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” Davlat dasturida qishloq joylarda agroiqtisodiyot sohasi bilan bir qatorda transport, ta’lim, sog’liqni saqlash, moliya, sport kabilarni rivojlantirishga, uy-joy qurilishiga katta ahamiyat berilgan.Qishloq xo’jaligi, yuqorida ko’rsatilgan jihatlaridan kelib chiqqan holda, yillar davomida bir xil yoki barqaror rivojlanib bormaydi. Bunga ijtimoiy-siyosiy omillar bilan birga iqlim sharoitlari ham katta ta’sir ko’rsatadi.
Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, qishloq xo’jalik mahsulotlarining o’sish darajasi o’tgan 20 yil mobaynida umumiy yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlariga nisbatan gox past (1991,1994,1996,2005,2010 yy.), gox yuqori (asosan qolgan yillarda) bo’lgan. Demak, xuddi shu yillarda agroiqtisodiyotning milliy iqtisodiyot o’sishiga ta’siri ham har xil ko’zatilgan. Ko’rilayotgan davrda sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xo’jaligi rivojlanishidagi nisbat ham o’ziga xos. Masalan, sanoatning o’sish ko’rsatkichi 1991, 1993, 1994, 1996, 1999-2002 va 2004-2010-yillarda yoki 20 yildan 15 yilda ustuvorroq bo’lgan. Eng muhimi shundaki, xususan So’nggi 10 yilda qishloq xo’jaligining nisbiy rivojlanish darajasi sustroq kechgan. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiyotni sanoatlashtirishdan darak beradi.
Alohida ta’kidlash lozimki, qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan investitsiya hajmi makroiqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qaraganda ancha past. Qolaversa, uning ulushi yildan-yilga kamayib bormoqda. Hozirgi vaqtda agroiqtisodiyotga respublika jami investitsiya hajmining taxminan atigi 3 foizi to’g’ri keladi, xolos. Vaholanki, bu ko’rsatkich sanoatda 35-37%, transport va qurilishda 25% va hokazo. Qishloq xo’jaligiga kiritilgan mablag’ning 1/5 qismidan ko’progi respublika byudjetidan, yarmiga yaqini bank kreditlari va zayom vositalaridan qoplanadi. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi esa 14-15% atrofida.

Download 51,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish