10-mavzu: O’quvchi motivlari va uning shakllanishi reja


Affekt soxasi, uning shaxs taraqqiyotidagi funktsiyasi



Download 33,19 Kb.
bet2/2
Sana14.02.2021
Hajmi33,19 Kb.
#58863
1   2
Bog'liq
10-MAVZU O’QUVCHI MOTIVLARI

2. Affekt soxasi, uning shaxs taraqqiyotidagi funktsiyasi.

Nixoyatda tez o’tishi bilan ongda sodir bo’lib, odamni tez egallab oladigan, jiddiy o’zgarishlar, xarakatlarni irodaviy nazorat qilishning buzilishi (o’zini tuta bilishni yo’qolishi) va shuning bilan birga organizmda barcha xayot faoliyatlarining o’zgarishi bilan xarakatlanadigan emotsional jarayonlariga affektlar deb ataladi.

Affekt qisqa muddatli bo’lib, ular birdan yonishga, portilashga, to’satdan kelgan qattiq shamolga o’xshaydi. Agar emotsiya ruxiy to’lqinlanish bo’lsa affekt bo’rondir. Affekt xolatlari almashib turadigan turli bosqichlarga egadir. Vaxima va sarosimalikka tushib qolgan, o’ta quvongan, o’zini ushlab bo’lmaydigan darajada kulgiga berilgan yoki umidsizlikka tushgan odam xar xil paytlarda olamni bir xil tarzda aks ettirmaydi. O’quvchi shaxsi o’z kechinmalarini turlicha ifodalaydi, o’zini turli me’yorda ushlab turadi va xarakatlarini turlicha boshqaradi. Bu xolatni shu bilan tushintiri mumkinki, oraliq miya va katta miya yarim sharlarining po’stlog’ida Ma’lum markazlarning kuchli qo’zg’alishi va shuning bilan birga boshqa markazlarning tormozlanishi chegaradan chiqib ketadi va bir-biri bilan almashinib qoladi; ba’zan oliy nerv faoliyatining buzilishi va qo’zg’alishi sodir bo’ladi.

Affektiv xolatning boshlanishida shaxs, ayniqsa, o’smir va o’spirin yoshdagi o’quvchilarda boshqa narsalardan xam baxtiyor ravishda chetlashib, o’z xissiyotining predmeti xaqida xam o’ylay olmaydi. Tanadagi o’zgarishlar va ifodali xarakatlar tabora bemuloxaza bo’lib boradi. Kuchli zo’r berish natijasida xarakatlar tarqalib ketadi. Tormozlanish miya yarim sharlari po’stini borgan sari kuli egalay boshlaydi, qo’zg’alish po’stlog’i osti nerv tugunlarida va oraliq miyada kuchayadi.

O’quvchi kechirayotgan xissiga: daxshat, g’azab, nafratlanish va shuning kabilarga berilishga kuchli istak sezila boshlaydi.

Affektning birinchi bosqichida o’zini tutishni, o’zini qo’lga olishni xar bir odam, faqat kattalargagina emas, balki bolalar xam uddalay oladi. Bundan keyingi bosqichlarda o’quvchi ko’pincha irodaviy nazoratni yo’qotadi, muloxazasiz xarakatlarni amalga oshiradi va o’ylamasdan ish qiladi.

Affekt portlashdan so’ng ba’zan osoyishtalik va bir qadar charchashlik xolati yuzaga keladi; boshqa xollarda (ancha og’ir xollarda) xolsizlanish, xamma narsalaga nisbatan befarq munosabatda bo’lish, xarakatsizlik, ba’zan affektiv shok deb atalgan uyquga moyillik xolati yuzaga keladi; ba’zi xollarda qo’zg’alish ancha vaqt davom etadi va vaqti-vaqti bilan kuchayib yoki pasayib turadi.
3. Baxo va o’z-o’ziga baxo berish shaxs yo’nalishining omilidir.

O’quvchi shaxsining tarkib topishida ularning o’z–o’zini baxolay bilish xususiyatlarining shakllanish xam xarakterlidir. Ma’lumki, o’quvchida xali o’smirlik davrida o’z–o’zini anglashga bo’lgan extiyoj va ma’naviy – psixologik xususiyatlarini baxolash qobiliyati endigina paydo bo’ladi. Yuqori sinf o’quvchilarda o’smirlarga nisbatan o’zini psixologik xayotini, shaxs sifatida gavdalanishini, o’z xulq-atvorini bilishga qiziqish, xissiyot xamda ichki kechinmalarni anglash kabi xislat sodir bo’ladi. O’quvchi faqat o’spirinlik davridagina o’ziga to’la va xar tamonlama baxo bera oladi.

Bu xususiyat o’g’il va qizlar shaxsining kamol topishiga xam, ularning psixik xayotida xam chuqur va bir umr iz qoldigan xususiyatlardan biri.

O’z-o’ziga baxo berish, o’zining kimligini tushinish xususiyatlari tevarak-atrof ta’siri, xayot talabi bilan vujudga keladi. Ba’zan o’z xulq–atvoriga ob’ektiv baxo bera olish xususiyati o’smirlarda xam bo’lishi mumkin, lekin bu yoshda boshqalarni fikri xam aloxida o’rin egallaydi. O’smirlarning xulq-atvoriga ota-onasi, o’qituvchisi, jamoasi va boshqalarning bergan baxosining roli xam katta bo’ladi.

Bu kishilarning bir xilda bergan baxolari ularni o’ylashga va o’z xulq-atvorini to’g’ri, ob’ketiv baxolashga yordam beradi. O’quvchi yoshning ulg’ayishi balan unda o’z imkoniyatlariga, o’z xulq-atvoriga mustaqil ravishda baxo berish xislatlari tarbiyalanib boradi. Shunday xollar xam bo’ladiki, yuqori sinf o’quvchilari o’z xulq-atvorini, shaxsiy xususiyatlarini to’g’ri taxlil qiladi, lekin ba’zi xollarda o’smirlar bu xususiyatlarga ularga nisbatan to’g’ri, ob’ketiv baxo bera oladi. Chunki u tevarak atrofdagilarning ob’ketiv baxosini takrorlaydi. Bu xol katta yoshdagi o’quvchida boqacharoq bo’ladi. Yoshning ortishi bilan unda o’z shaxsini, o’z xatti-xarakatlari va faoliyatini mustaqil taxlil qilish va baxo berish tendentsisi kuchayadi. o’z-o’ziga baxo berish esa xamisha tashqaridan bergan baxoni anglashdan ko’ra qiyinroqdir. Shuning uchun katta yoshdagi o’quvchi o’zining shaxsiy xususiyatlarini va xatti-xarakatlarini o’smirga qaraganda yaxshiroq taxlil qila olsa xam, o’ziga ayrim xollarda unchalik ob’ketiv baxo bera olaydi.

O’quvchi yoshining ulg’ayishi bilan unda o’z imkoniyatlariga, o’z xulq-atvoriga mustaqil ravishda baxo berish xislatlari tarbiyalanib boradi. Shunday xollar xam bo’ladiki, yuqori sinf o’quvchilari o’z xulq-atvorini, shaxsiy xususiyatlarini to’g’ri taxlil qiladi, lekin ba’zi xollarda o’smirlar bu xususiyatlarga ularga nisbatan to’g’ri, ob’ketiv baxo bera oladi. Shuning uchun xam yigit va qizlar o’zlarining xulq-atvorlarini baxolaganda, bu baxoni yo xaddan tashqari oshirib yuboradi, yoki kamaytirib yuboradi. O’quvchilarning o’zlariga to’g’ri baxo berishlarida maktabdagi o’qituvchi pedagoglar, psixologlar katta rol o’ynaydi.


4. Shaxs yo’nalishi (istak, qiziqish, tilak, mayl, ideal, dunyoqarash, e’tiqod).

O’quvchilar o’zidagi va boshqa kishilardagi mexnatsevarlik, qat’iylik, xushyorlik, kamtarlik, botirlik kabi xususiyatlargina emas, balki shaxsdagi ko’zga yaqqol tashlanmaydigan, masalan, o’z burchini anglash, vijdonlilik, adolatchilik, layoqatlilik xususiyatlarni xam ko’ra biladi. Binobarin, yuqori sinf o’quvchilari o’z dunyoqarashini, imkoniyatini, kuchini xisobga olgan xolda kelgusidagi faoliyatni aniqlay oladi.

O’quvchi yigit va qizlarning ideal yuksak darajadagi ma’naviy idealdir. Bunday yuksak ideal egalarining maqsad xalqiga, yurtiga xizmat qilish, yaxshi mexnat qilishdir.

Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan bilimga bo’lgan qiziqish, ko’proq bilimga bo’lgan tashnalik va intelletual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi. Kuzatishlar va maxsus ilmiy tekshirish ishlari shuni ko’rsatadiki, qiziqishlarni paydo bo’lishi va o’sishga o’quvchining ma’naviy qiyofasi, uning bilimlarining chuqur va keng bo’lishi, o’quv materialini qiziqarli ravishda bayon eta olish, o’quvchilarni o’z darsiga, o’z faoliyatiga torta olish katta ta’sir ko’rsatadi. Maktab o’quvchisining ma’naviy qiyofasini tarkib toptirishi uning shaxsiy tajribasini shunday yo’lga qo’yish kerakki, bu tajriba ijtimoiy axloq norma va qoidalarini o’zlashtirib olish uchun qulay zamin yaratsin.

Shaxsiy tajriba va ijtimoiy talablar bir-biriga ta’sir ko’rsatib turgan vaqtda o’quvchi shaxsini tarkib toptirish jarayonida bolada uning xatti-xarakatlarini xamisha xarakatga keltiruvchi motivlarga aylanib qolgan e’tiqod va ideallar sistemasi yuzaga keladi. Ana shu asosda shaxsning axloqiy barqarorligi, ya’ni odamning o’zi o’zlashtirgan printsiplariga va ularga mos keladigan xatti-xarakatlariga xar qanday sharoitda xam sodiq bo’lib qolish qobiliyati paydo bo’ladi.

E’tiqod shunday bilimlar, qoidalar, muloxazalar, fikrlardirki, ular o’zlarining xaqligiga, shubxasizligiga, ishonarligiga chuqur ishonish xamda xissiy kechinish bilan bog’liqdir. E’tiqod – tushunilgan, faxmlab olingan narsagina emas, balki chuqur xis etilgan, boshidan o’tkazilgan narsadir. Ijobiy xislarni tarbiyalash uchun o’quvchi ta’sirlanadigan ijobiy misolga ega bo’lgan vaziyatni yuzaga keltirish muximdir. Axloqqa muvofiq bilim kamol topib borayotgan odamning shaxsiy boyligiga aylanib bo’lgan, kishining o’zi uchun xatti-xarakatlar, ishiga bo’lgan o’ziga xos axloqiy bilmlar, ularga berilgan baxo, kechinmalar va istaklarning yig’indisiga aylanib qolgan taqdirdagina axloqiy qoidalari xatti-xarakatlarining emotsional motivlarga aylanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o’quvchi shaxsining extiyojlarining, motivlarini to’g’ri yo’naltirish ularning yosh xususiyatlari, xarakter xislatlari shu bilan birga o’quvchi shaxsiga xam katta ma’suliyat yuklaydi.
SAVOLLAR:

1. Motiv xaqida tushuncha.

2. Ichki va tashqi sabablarning shaxs xatti-xarakatiga ta’siri.

3. Affekt ta’rifi.

4. Affektlarning namoyon bo’lishi.

5. Affektiv xolatdan keyingi jarayon.

6. O’z–o’ziga baxo berishning xulq-atvorga ta’siri.

7. Yoshning ortishi bilan o’z-o’ziga baxo berishning bog’liqligi.

8. Shaxs yo’nalishida ideal.

9. O’quvchi shaxsining tarkib topishida qiziqishlarning axamiyati.



10. E’tiqod xaqida tushuncha
Download 33,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish