10-Mavzu: Nanokimyo va nanotexnologiya haqida tushuncha



Download 1,07 Mb.
bet2/2
Sana06.03.2021
Hajmi1,07 Mb.
#60934
1   2
Bog'liq
Nanokimyo

Nanozarrachalar


Fullerenlar. Nanoquvurlar va nanotolalar.





O‘zbekistonda nano kimyo yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar Keyingi o‘n yillikda jahon jamoatchiligi lug‘at boyligiga «nano» so‘zi kirib keldi. Xo‘sh, «nano» nima? Qisqa qilib aytganda, nano milliarddan bir qismdir. Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, ammo mavjud mikrotexnologiya asosida bu o‘lchamlarni nanometrdagi texnologiya deb yuritish mumkin. Shuning uchun mikrodan nanoga o‘tish bu moddani boshqarishdan atomni boshqarishga o‘tish demakdir. Sohaning rivoji deganda esa asosan uchta yo‘nalish tushuniladi: - o‘lchami atom va molekulalar o‘lchamlari bilan solishtirarli elektron sxemalarni tayyorlash; - nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish; - alohida atom va molekulalarni boshqarish va ulardan alohida mikroob'ektlarni yig‘ish. Bu yo‘nalishdagi izlanishlar ancha vaqtdan buyon olib borilmoqda. 1981 yilda tunnelli mikroskop yaratilib, alohida at.om1a.rni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Shundan buyon texnologiya sezilarli takomillashtirildi. Bugun bu yutuqlarni kundalik hayotda ishlatamiz: lazerli disklarni ishlab chiqarish, jumladan, DVD disklardan nanotexnologik usulsiz foydalanish mumkin emas. Soha taraqqiyotidagi asosiy bosqichlarni bir eslab ko‘raylik. 20 1959 yilda Nobel mukofoti sohibi Richard Feynman kelajakda alohida atomlarni boshqarib, odam har qanday moddani sintez qilishi mumkinligini bashorat qildi. 1981 yilda Binig va Rorer tomonidan moddalardan atomlar darajasida ta'sir qila oladigan skanerlovchi tunnel mikroskopning yaratilishi. 1982-1985 yillarda sistemalarda atomar aniqlikka erishildi. 1986 yilda atom quvvatli mikroskop yaratilib, u tunnel mikroskopidan farqli ravishda har qanday, masalan, tok o‘tkazmaydigan material bilan ham ta'sirlasha oladi. 1990 yilda alohida atomlarni boshqarishga erishildi. 1994 yilda sanoatda nanotexnologik usullarning qo‘llanila boshlanishi. Nanorobotlar davri boshlanyaptimi? Ko‘pgina mutaxassislar mikrotexnologiya tarixi Richard Feynmanning 1959 yili Amerika fiziklar jamiyatida o‘qigan mashhur ma'ruzasidan so‘ng boshlangan degan fikrda. U mikrotexnologiya potentsialini boy bo‘yoqlarda tasavvur etadi. Ma'ruzalarida kompyuterlar, axborotni saqlash qurilmalari, elektron qismlar va robotlar mitti holatda tasvirlangan edi. Feynmanning mikroelektronika borasidagi bashoratlari tez (aniqrog‘i, 1960-1970 yillarga keliboq) amalga oshdi. 1980 yilda esa etakchi universitetlar va davlat laboratoriyalarida nisbatan arzon usullarda mitti mexanik detallar yaratila boshlandi. Buning uchun mikroelektromexanik sistemalar (MEMS) texnologiyasi ishlab chiqildi. Amalda MEMSning ilk tijorat mahsuloti paydo bo‘lishi uchun 30 yil kerak bo‘ldi. Keng tarqalgan dastlabki MEMS texnologiyalari tezlanish sensorlari xorijda har bir avtomobilga o‘rnatilib, to‘qnashuvni payqash va havo yostiqchasini ishga tushirish uchun ishlatilardi. Hozir yiliga 50 millionta bu kabi sensorlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, “Sandiya” firmasi ham samarali mikroskopik sensorlar yarata boshladi. 1990 yili yaratilgan avtonom robot MARV 1 kub dyuym hajmda bo‘lgan, 2000 yilga kelib esa uning o‘lchamlarini 4 marta kichiklashtirishga imkon tug‘ildi. Bu kabi robotlar kompyuter orqali boshqariladi, bajaradigan vazifalari esa turli-tuman. Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, ularning asosiy vazifalari bomba va 21 minalarni, xavfli biologik, kimyoviy va radioaktiv moddalarni qidirib topish hamda zararsizlantirishdan iborat. Shu bilan birga, robotlardan inson faoliyatini nazorat qilish, razvedkada va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. [ 30 ] Bugungi nanotexnologiya istiqbollarining quyidagi ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari mavjud: 1. Tibbiyot. Odamning tanasida paydo bo‘ladigan barcha kasalliklarning oldini oluvchi yoki davolovchi molekulyar nanorobotlarni yaratish. Amalga oshish muddati - XXI asrning birinchi yarmi. 2. Gerontologiya. Insonlarning jismoniy boqiyligiga, odam tanasidagi hujayralar qirilishining oldini oluvchi, odam organizmi to‘qimalarining ishlashini yaxshilash va qayta qurish uchun molekulyar robotlarni kiritishga erishish. Amalga oshish muddati - XXI asrning to‘rtinchi choragi. 3. Sanoat. Iste'mol mollarini ishlab chiqarishda an'anaviy usullardan foydalanishdan bevosita atom va molekulalardan yig‘ishga o‘tish. Amalga oshish muddati - XXI asrning boshi. 4. Qishloq xo‘jaligi. Oziq - ovqatni tabiiy ishlab chiqaruvchilarni (masalan, o‘simliklar va hayvonlar) molekulyar robotlardan tuzilgan funktsional o‘xshashlariga almashtirish. Ular tirik organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni qisqaroq va samaraliroq yo‘l bilan amalga oshirishadi. Masalan, “tuproq - is gazi - fotosintez - o‘t - sigir - sut” zanjiridan barcha ortiqcha bo‘limlar olib tashlanadi. Faqat “tuproq - is gazi - sut (qatiq, yog‘, go‘sht)” qoladi. Bunday “qishloq xo‘jaligi” samaradorligi ob-havo va og‘ir mehnat sharoitiga bog‘liq bo‘lmaydi. Uning ishlab chiqarish hajmi oziq-ovqat muammosini birato‘la hal qiladi. Amalga oshish muddati - XXI asrning ikkinchi - to‘rtinchi choraklari. 5. Biologiya. Tirik organizmga atomlar darajasidagi nanoelementlarni kiritish mumkin bo‘ladi. Buning oqibatlari turlicha bo‘lib, yo‘qolib ketgan turlarni tiklashdan tortib, yangi turdagi jonzotlar biorobotlarini yaratishga olib kelishi mumkin. Amalga oshish muddati - XXI asr. 6. Ekologiya. Inson faoliyatining atrof - muhitga ta'sirini to‘liq bartaraf qilish. Bunga, birinchidan, ekosferani inson faoliyati chiqindilarini boshlang‘ich 22 xom - ashyoga aylantiruvchi molekulyar robot - sanitarlar bilan to‘ldirish, ikkinchidan esa sanoat va qishloq xo‘jaligini chiqindisiz nanotexnologik usulga o‘tkazish bilan amalga oshirish mumkin. Amalga oshish muddati - XXI asr. 7. Koinotni o‘zlashtirish. Koinot “odatiy” yo‘l bilan emas, balki nanorobotlar orqali o‘zlashtiriladi. Robot - molekulalarning ulkan armiyasi Yer atrofidagi fazoga chiqariladi va uni inson yashashi uchun yaroqli holatga keltiradi. Oy, asteroidlar va yaqin planetalarda inson yashashi uchun kosmik stantsiyalar qurish. Bu hozirda mavjud bo‘lgan usullardan arzon va xavfsiz bo‘ladi. 8. Kibernetika. Hozirda mavjud bo‘lgan planar strukturalardan o‘lchamlari molekular o‘lchamiga teng bo‘lgan hajmiy mikrosxemalariga o‘tish sodir bo‘ladi. Kompyuterlarning ishchi chastotasi teragerts qiymatga etadi. Neyronga o‘xshash elementlardan tuzilgan sxemalar paydo bo‘ladi. Oqsil molekulalaridan tuzilgan xotira hajmi terabaytlarda o‘lchanadigan, saqlash davri uzoq bo‘lgan xotira elementlari paydo bo‘ladi. Inson aqlini kompyuterga “ko‘chirish” mumkin bo‘lib qoladi. Amalga oshish muddati - XXI asrning ikkinchi choragi. 9. Aqlli yashash muhiti. Barcha tashkiliy qismlarga mantiq elementlarini kiritish hisobiga biz yashayotgan atrof-muhit “aqlli” va inson yashashi uchun to‘la qulay bo‘lib qoladi. Amalga oshish muddati - XXI asrdan keyin. Yuqoridagilardan kelib chiqib, olimlarimiz tomonidan bir qancha amaliy takliflar kiritilmoqda. Masalan, M. Toirovning davlatimizda “Nanotexnologiya” jurnalini tashkil etish taklifini qo‘llab - quvvatlash lozim. Mamlakatimizning barcha tabiiy - ilmiy va oliy texnika o‘quv yurtlarida kvant mexanikasi o‘quv predmetini davlat ta'lim standartiga kiritish ham foydadan xoli emas. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining fizika, fizika - texnika, kimyo fakultetlarida “nanotexnologiya” va “nanomateriallar” ta'limining keng yo‘lga qo‘yilishi, bu yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr va magistratura ta'lim bosqichlarining hamda nanotexnologiya kafedralarining tashkil etilishi yurtimizda mazkur sohaning istiqbolini belgilab beruvchi omillardan bo‘lishi, shubhasiz. [ 30, 35 ] Bugungi kunda O‘zbekistonda nano kimyo sohasining rivojlanib borishi natijasida ushbu sohada bir qancha yutuqlarga erishilmoqda. 23 Quyosh batareyasi — yarimo‘tkazgichli fotoelementlarga asoslangan tok manbai; quyosh radiatsiyasi energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradi. Quyosh batareyasi elementlarining ishlashi ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Dastlabki quyosh elementini 1953-1954 yillarda AQSH olimlari G.Pirson, K.Fuller va D.Chapinlar ishlab chiqishgan. Quyosh batareyasining quvvati yarimo‘tkazgich materialiga, quyosh elementining konstruktiv xususiyatiga va batareyadagi elementlar soniga bog‘liq. Quyosh ele-mentlari tayyorlashda kremniy Si, galliy Ga, mishyak As, kadmiy Cd, oltingugurt S, surma Sb, tellur Te asosidagi materiallardan foydalaniladi. Quyosh batareyasi odatda usti yaltiroq qoplamali yassi panel ko‘rinishidagi quyosh elementlaridan tayyorlanadi. Batareyadagi quyosh elementlari soni bir necha ming donagacha, panelining sathi o‘nlab m , tok kuchi yuzlab a, kuchlanishi o’nlab V, generator quvvati bir necha o‘n kVt gacha boradi. Quyosh batareyalari, asosan, kosmonavtika, Yer sun’iy yo’ldoshlari apparatlarini elektr energiyasi bilan ta‘minlashda foydalaniladi. Yerda esa Quyosh batareyasi ko’chma avtomat radiostansiyalari va radiopriyomniklarda tok manbai sifatida ishlatiladi. O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish masalalari bilan O’zbekiston FA Fizika - texnika institutipya. shug’ullaniladi. Namangan viloyati Pop tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi jamoasi o‘tgan yili O‘zbekiston “Adolat” SDP siyosiy kengashi va “O‘zbekenergo” davlat - aksionerlik kompaniyasi birgalikda o‘tkazgan “Muqobil energiyaning eng faol targ‘ibotchisi” respublika ko‘rik tanlovida muvaffaqiyatli qatnashdilar hamda faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, quyosh batareyasi uskunalari bilan taqdirlandilar. Yaqinda esa ushbu quyosh batareyalarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. U Navro‘z ayyomi tantanalariga ulanib ketdi. Jamoa a’zolari va mehmonlarga bahoriy ne’matlar, shu jumladan, sumalak tortiq etildi. San’atkorlar ijrosidagi kuy - qo‘shiqlar davraga fayz kiritdi. Quyosh batareyalari tantanali vaziyatda ishga tushirildi. Bu uskuna “Dashan - Nurjahon” Xitoy - O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan. 24 Uskuna ming vatt quvvatga ega bo‘lib, yoritish chiroqlari bilan birga qator tibbiyot jihozlarini ham elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. — Quyosh panellari elektr quvvati ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish bilan birga anchagina mablag‘ni tejab qolish imkonini ham beradi, — deydi “Dashan - Nurjahon” QK vakili Ayubxon Isoqov. — Uskunalar havo ellik darajagacha isib, yigirma darajagacha sovuganda ham ishlayveradi. Chunki panellar o‘ta chidamli materiallardan tayyorlangan va o‘n besh yil benuqson ishlashiga kafolat bor. Faqat akkumulyator batareyalari har ikki yilda almashtirib turilsa kifoya [ 31 ]. O‘zbekistonda mobil uskunalar uchun ixcham quyosh batareyalari yaratilmoqda. O‘zbekistonda mobil telefonlar, noutbuk va planshetlarni quvvatlantirishga mo‘ljallangan kam quvvatli ixcham quyosh fotoelektrik qurilmalari borasida ishlanmalar olib borilmoqda. “ Pravda Vastoka ” gazetasining yozishicha, qurilmalarning birinchi partiyalari tayyor bo‘lib, sinovdan o‘tkazilmoqda. Ekspertlarning baholashicha, O‘zbekistonda quyosh energiyasining salohiyati neft ekvivalentida 51 mlrd tonnaga tengdir. Buning hisobidan elektr quvvatini uning yillik iste'molidan 40 barobar ko‘proq miqdorda ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu boradagi ishlanmalar bilan Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Fizika - Quyosh” notijorat tashkiloti shug‘ullanib kelmoqda. O‘zbekistonda yiliga 4 megavattlik quyosh panellari ishlab chiqarilmoqda. Toshkentda joylashgan Solar Energy Products mas’uliyati cheklangan jamiyatiga bir yilda 4 megavattlik quyosh panellari ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy dastgohlar o‘rnatilgan. U yerda ayni paytda quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan o‘n turdan ziyod mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Ko‘cha va obyektlarni yoritadigan fotoelektr tizimlar, 100 metrgacha chuqurlikdagi quduqlardan suv tortish, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi qurilmalar, favqulodda holatlarda elektr energiyasi bilan ta’minlovchi ko‘pfunksiyali mobil tizimlar, quvvati 2-50 vattli texnik vositalarni zaryadlash moslamalari shular jumlasidandir. 25 Solar Energy Products direktori Ibrohim G‘ulomov so‘zlariga ko‘ra, korxona mahsulotlari esa 20 darajagacha sovuq va 80 darajagacha issiqda ham muntazam ishlashi mumkin. Mahsulotlarga 20 yilgacha kafolat beriladi. Bu davr ichida ularga bepul servis xizmati ko‘rsatiladi. Korxona bosh muhandisi Elmurod Abdullayev joriy yilda ilk davlat buyurtmasini bajarganini, ular ishlab chiqargan quyosh panellari Namangan tumanida namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy - joylarga o‘rnatilganini ma’lum qildi. Qurilma kuniga 1,7 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Solar Energy Products mahsulotlari ham markaziy energiya ta’minotidan uzoqda joylashgan qishloq vrachlik punktlari, fermer xo‘jaliklari, maishiy xizmat sub’ektlari va xonadonlarda keng foydalanilmoqda, deyiladi xabarda. 2013 yilda Farg‘ona vodiysi va Qashqadaryo viloyatidagi qator fermer xo‘jaliklariga yetkazilgan mujassamlashgan fotoelektrik qurilma soatiga bir yo‘la 170 vatt elektr energiyasi va 60 darajagacha issiqlikdagi 20 litr suv olish imkonini beradi
Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish