10-mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2soat)



Download 300,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi300,07 Kb.
#798535
  1   2
Bog'liq
10-seminar



10-mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2soat)
Reja 
1.
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. 
2.
Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar.
3.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.
1990-yili 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi 
o‘zining IV sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi” Deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur 
Deklaratsiya 1991- yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi 
davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi” Qonunda o‘zining huquqiy asosini topib, 
1- va 17-moddalarida Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi 
e’tirof etildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan 
Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) o‘z aksini topdi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993 
yil, 9 aprel) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. 
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, 
adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning 
barcha atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy 
Majlisining 1992 yil 14 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston 
Davlat bayrog‘i, 1993 yil 9 aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida Davlat tamg‘asi, 
1993 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. 
Parlament – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi hisoblanadi. 
86 deputatdan iborat. Quyidagi davlat arboblari Parlament raislari bo‘lib ishladi: 
Dauletbay SHamshetov (1991-1992), Ubbiniyaz Ashirbekov (1992-1997), Timur 
Kamalov (1997-2002). 2002 yili 2 maydan 2020-yilga qadar Musa Tajetdinovich 
Erniyozov, 2020-yildan e’tiboran Murat Kamalov rahbarlik qilib kelmoqda. 
Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi–Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 
mustaqillik yillarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e’tibor 
yuksak samaralar berdi. Puxta o‘ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan 
izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi oddiy agrar o‘lkadan 
zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-
kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi. 
Talaba Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy 
qismida, 
Amudaryoning 
quyi 
qismi, 
Orol 
dengizining 
janubiy 
sohilida joylashganligi, Qoraqalpog‘iston umumiy yer maydoni 166,6 ming 
kvadrat kilometrdan iborat ekanligiga, u hududining kattaligi jihatdan O‘zbekiston 


Respublikasi viloyatlari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Respublikaning aholisi 1 
881,9 ming kishidan ziyod ekanligiga to‘xtaladi. 
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy 
loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora ko‘paymoqda. Yosh avlodning 
hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi, iste’dod va 
salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz siyosatining 
ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘tgan davr mobaynida hududda zamonaviy 
sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey foydalanishga 
topshirildi. 2015 yilda 9 ming 700 o‘rinli 22 ta zamonaviy maktab binosi barpo 
etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda 
170 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar zamonaviy bilimlarni o‘rganmoqda. 
Mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlash masalasi davlatimiz rahbarining 
doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Islom 
Karimov bu masalaga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. Xalqaro Orolni 
qutqarish jamg‘armasi ana shunday olijanob sa’y-harakatlar samarasida tashkil 
etildi. 
Talaba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni 
muhofaza qilish bo‘yicha 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan dasturi bu boradagi 
ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda 
Orolbo‘yini ekologik sog‘lomlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Xususan, cho‘llanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sun’iy 
o‘rmonlar barpo etish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga ko‘ra, 
mazkur ishlarga 89,39 milliard so‘m, 1635,55 million AQSH dollari va 57,63 
million yevro mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. 
Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSH dollari 
miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida cho‘llanishdan 
himoyalovchi mitti o‘rmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi 
turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir. 

Download 300,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish