10-mavzu monopoliyaning iqtisodiy asoslari



Download 357,5 Kb.
bet3/5
Sana22.04.2022
Hajmi357,5 Kb.
#572537
1   2   3   4   5
Bog'liq
Antimonopol qonunchilik (1)

2.4.1-jadval
O‘zbekistonda monopol korxonalar faoliyati

Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo‘lmagan sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko‘plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan YUNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar tashkil etildi. Evropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy ko‘maklashuv jamiyati kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil etdi.Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ bu – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hisoblanadi.


2.4.3. Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish yo‘llari.
Tabiiy monopoliyalar – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlari taqozo qilib, ular raqobatni qullash mumkin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan sohalarni o‘z ichiga oladi. Bular: Suv, energiya, gaz ta’minoti korxonalari; Temir yul transporti; Harbiy-mudofaa majmuasi korxonalari.
Tabiiy monopoliyalar ob’ektiv shart-sharoitlarga ko‘ra ayrim sohalarda ham qonuniy tartibda vujudga keladi va amal qiladi. Masalan, kamyob er osti boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning alohida navlarini etishtirishda takror ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslar, jumladan alohida unumdor er uchastkalarga egalik ishlab chiqaruvchiga monopol mavqeini ta’minlaydi.
Davlat tabiiy monopoliyalarni tartibga solish maqsadida ularning mahsulot (xizmat) lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi.
Davlatning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarini qo‘llashidan maqsad quyidagilardan iborat:
- tabiiy monopoliyalarning sodir etishi mumkin bo‘lgan monopol holatini suiiste’mol qilishini oldini olish;
- iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;
- jamiyat manfaatlari yo‘lida monopol tarmoq ishlab chiqarishining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
Ushbu maqsadlarga erishish iqtisodiyotda joriy etilgan tartibga solish usullarining qanchalik samarali ishlashini hamda har qanday davlatda qabul qilingan nazorat qilish mexanizmlarining optimal tashkil etilganligiga bog‘liq.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyati ustidan nazorat qilishning bir qator usullarini qo‘llaniladi. Ularning huquqiy asosi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasida belgilangan bo‘lib, «tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi».
O‘zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ bu – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi davlat organlari tabiiy monopoliyalarning quyidagi faoliyatlari ustidan nazorat qiladi:
1) tabiiy monopoliya sub’ekti asosiy vositalarga nisbatan mulk huquqini yoki foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya sub’ekti o‘z kapitali qiymatining 10 foizdan ortiq bo‘lsa);
2) tabiiy monopoliya sub’ekti asosiy vositalarning bir qismiga nisbatan mulk huquqini yoxud ularga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini xo‘jalik yurituvchi boshqa sub’ektga o‘tkazadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya sub’ekti o‘z kapitali qiymatining 10 foizdan ortiq bo‘lsa);
3) iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlar hajmi bo‘yicha shartnomalarga rioya etilishi ustidan;
4) tovarlar narxini chiqarish hamda narxlar (tariflar)ni qo‘llash tartibiga rioya etish ustidan;
5) tabiiy monopoliya sub’ektlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi ustidan.
Nazoratning boshqa bir xil usuli – bu tabiiy monopoliya sub’ektlarining har bir qiladigan ayrim xatti-harakatlari uchun tegishli ruxsat olish yo‘li bilan amalga oshirilib turiladi. Ya’ni, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, agar tabiiy monopoliya sub’ektlari o‘zining o‘n foizdan ortiq balans qiymatiga ega bo‘lgan asosiy vositalarini tasarruf etish yuzasidan tuziladigan bitimlari, yoxud ularni egalik qilish bilan bog‘liq harakatlari uchun oldindan monopoliyaga qarshi davlat organiga tegishli axborot hamda bunday harakatlarni amalga oshirishga rozilik so‘rab iltimosnoma taqdim etishi shart, deb belgilab qo‘yilgan.
Agar bunday harakatlar monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan muvofiq emas deb topilsa, rad etilishi ham qonunda o‘z aksini topgan.Bunday nazoratning o‘rnatilishidan maqsad, tovar bozorlaridagi kompaniyalar monopol mavqeining yanada oshib ketishi, mutlaq hukmronligiga olib kelishi, iste’molchilarning haq-huquqlariga ziyon keltirishi xavfini kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub’ektlariga nisbatan o‘rnatilgan bunday nazorat usullari jahon amaliyotiga mos keladi va ular tabiiy monopoliya sub’ektlarining o‘z ustun mavqeini suiiste’mol qilishlarini oldini olishga, belgilangan narxlarni asossiz oshirishlarini oldini olishga, iste’molchi manfaatlariga mos ravishda sifatli xizmat qilishga, tovar bozorlaridagi ularning ustun mavqeni qattiq boshqarib turishga qaratilgan.

Download 357,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish