10-mavzu: Meva o’simliklarini bohorgi sovuqlardan saqlash va xosilini parvarish qilish Reja



Download 48,51 Kb.
bet2/4
Sana27.10.2022
Hajmi48,51 Kb.
#857039
1   2   3   4
Bog'liq
10- maruza

2 Tirgovuch qo’yish
Daraxt mo’l hosil bergan yili unga katta yuk tushadi. Mevalarning og’irligidan uning shoxlari egilib ketadi. Bunday daraxtda shox-shabbaning ko’rinishio’zgaradi, shoxlar yalayag’ochlanadi, natijada mevalar quyoshdan kuyadi: mevalar og’irlik qilib, shoxlar egiladi, ularning ba’zilari sinib ketadi. Kuzatishlarimizga qaraganda 300-500 kg hosil qilgan 15 yoshdagi Rozmarin nav olma daraxtiga tirgovuch qo’yilmasa, kuzga borib shoxlarining 30% sinib ketadi. O’z holiga tashlab qo’yilgan to’liq hosilga kirgan daraxtlarning shox-shabbasi 2-3 yilda shunday ko’p sinib ketadiki, natijada bog’dan olinadigan hosil keskin kamayadi, daraxtning bir qismi butunlay qurib qoladi bunday hol yuz bermasligi uchun daraxtlarning hosilli shoxlari tagiga yog’och yoki xoda tirgovuchlar qo’yiladi.Tirgovuch qo’yish bilan shoxlarni sinishdan saqlabgina qolinmaydi, balki shox-shabbaning ichki tomonlariga yorug’ yaxshi tushadi, mevalari yaxshi o’sadi, bir tekis pishadi, rangdorligi yaxshi bo’ladi, asosiysi esa tirgovuch qo’yilgan daraxtlar shamolda kam tebranadi, to’kiladigai mevalar miqdori kamayadi, standart mevalar miqdori oshadi. Tirgovuchlar to’g’ri qo’yilganda zararkunanda va kasalliklarga qarshi daraxtlarga har xil preparatlar purkash va mevalarnn terib olish ishlari yengillashadi.
Daraxtlarga tirgovuch qo’yilganda bitta tirgovuchga 10-12 kg meva og’irligi tushishi aniqlangan. Tirgovuchlar uzunligi daraxt butog’ining balandligi bilan belgilanadi, pastki uchining kengligi esa 6-7 sm bo’lishi kerak. 200 kg hosili bo’lgan daraxtga 20 ta tirgovuch qo’yish kerak. Har bir tirgovuch 3-4 yilga yetadi. Olma, nok, behi va shaftoln daraxtlariga, ayniqsa,qarilariga ko’proq tirgovuch qo’yiladi, chunki hosil ular shox-shabbasining chetki qismlarida bo’ladi.
Tirgovuchlar hosil to’liq aniqlanib, tugunchalarnipg fiziologik to’kilishidan keyin qo’yiladi. Aprelь-mayda tirgovuch qo’yilgan daraxtlarning hosili iyunь-iyulda qo’yilganlariga qaraganda 8-10% kam to’kilganligi aniqlangan. Erta muddatlarda tirgovuch qo’yish ko’p yillik meva shoxchalarining kam sinishini tugilgan mevachalarning kam to’kilishini ta’minlaydi. Masalan, meva daraxtlariga mart-aprelda tirgovuch qo’yilganda, iyun-iyulda tirgovuch qo’yilgandagiga qaraganda ko’p yillik meva shoxchalar 2,5 marta kam singan, mevalar hech to’kilmagan, tirgovuch kech muddatlarda quyilganda may oyida tirgovuch qo’yilgandagiga qaraganda mevalar 3-5 marta ko’p to’kilgan. Tirgovuchlar birinchi navbatda ko’p to’kilib ketadigan, mevabandi ingichka va uzun, mevalari yirik bo’lgan ertapishar navlar ostiga qo’yiladi. Agar bu ish kechiktirib yuborilsa, bunda tirgovuch qo’ygan vaqtda daraxtdan mevalarning kupi to’kilibgina qolmay, ularning ko’pchiligi kuyib ketadi. Meva daraxtlaridan birinchi navbatda tirgovuchlar nok tagiga qo’yiladi, chunki uning yog’ochligi birmuncha mo’rt bo’ladi. Agar bog’bon meva daraxtlarining kelgusn yil hosiliga ishonsa, bunda tirgovuchlar qishda meva daraxtlari butalgandan keyin qo’yiladi. Lekin bunda yerni ishlashga xalaqit bermaslik uchun zontiksimon yoki simga tortib qo’yiladigan tirgovuchlar qo’llaniladi.
Tirgovuchlar bog’larni zararlantiradigan zararkunandakasalliklar manbai bo’lib qolmasligi uchun ularning po’stlog’i shilinadi va qo’yish oldidan dorilanadi.
Tirgovuch qo’yish sistemasi. O’zbekistan bog’larida tirgovuch qo’yishning chambarakka o’xshatib mahkamlanmaydigan oddiy usuli keng tarqalgan, bunda tirgovuchlar hosilli shoxlar ostiga ma’lum sistemada qo’yilmaydi. Ilg’or xo’jaliklar tirgovuch qo’yishning chambarakka o’xshagan va chambarakka o’xshamagan, zontiksimon hamda simga tortib qo’yiladigan sistemasini qo’llaydilar.Tirgovuch qo’yish texnikasi. Tirgovuch qo’yishning chambarakka o’xshamagan yaxshilangan sistemasi. Daraxt shoxlari besh-sakkiz sektorga bo’linadi. Har bir sektorga tirgovuch qo’yiladi va mevali shoxlarni unga kanop bilan bog’lab qo’yiladi. Tirgovuchlar 2,5 dan 8-10 m gacha uzunlikda, pastki-erga tiralgan tomonn esa 3-5 sm yo’g’onlikda bo’lishi kerak. Sektorlar orasidagi tirgovuchlar xosilning kam-ko’pligiga qarab, 2-4 tagacha bo’ladi. Odatda, bitta tirgovuchni tapaga bir-muncha qiya (yotiq) qilib sektordagi shox-shabba chetiga, ikkinchisini esa shox-shabba ichiga qo’yiladi. Ichki tirgovuchlar shoxlar uzunligining yarmini tutib turadi va hosilning asosiy og’irligi shularga tushadi. Tirgovuchlar mustahkam bo’lishi uchun chetga qo’yilgan har bir tirgovuchning asosiga 1,5 metr uzunlikdagi qoziqlar qoqiladi, unga tirgovuch mahkam bog’lab qo’yiladi. Tirgovuch qo’yishning bunday sistemasi juda oddiy bo’lib, havo drenajini va shox-shabba ichini yorug’lik bilan yaxshi ta’minlaydi. Har bir shoxni uning og’irligi tushadigan markazga tirab qo’yiladi.
Tirgovuch qo’yishning chambarakka mahkamlab qo’yilgan va yaxshilangan sistemasi. Bunda shoxlarni bog’lash xuddi chambaraksiz tirgovuch qo’yishdagidek bo’ladi. Bu usulning farqi shundaki, bunda chetki tirgovuchlar yer yuzidan 1,5-2 m balandlikda ingichka tirgovuchlar yordamida chambarakka o’xshatib mahkamlanadi, u barcha tirgovuchlarni juda mustahkam ushlab turadi. CHetki tirgovuchlar yonidagi qoziqlar bitta tirgovuch oralatib qoqiladi. By sistema tez-tez va kuchli shamol bo’lib turadigan tumanlarda tavsiya etiladi.Yuqorida aytib o’tilgan sistemalarning noqulayligi shundaki, bunda juda ko’p tirgovuch talab qilinadi, bu tana atrofidagi zonani mexanizatsiya yordamida ishlashni ham qiyinlashtiradi.
Zontsimon tirgovuch qo’yish. Buni, ko’pincha qrimcha usul deyiladi. Daraxt asosida tanasi yonida yo’g’on tirgovuch (machta) qo’yiladi. Uning uzunligi daraxt bo’yidan baland bo’lishi kerak. Daraxt tanasining bir necha joyidan arqon bilan tortib machtaga bog’lab qo’yiladi. Tirgovuchning yuqori qismiga yengil ingichka tirgovuchlar biriktirib qo’yiladi, ularning soni daraxt shox-shabbasi hajmiga bog’liq bo’ladi. SHundan keyin ular osilgan holatda shox-shabbaga mahkamlanadi, tirgovuch markazga tiralib turadi. Bu tirgovuchlar tirgaklarning yuqori uchlari yuqoridan tushirilgan zontik tirgovuchlarga bog’lab qo’yiladi. Zontik shaklida o’rnatilgan ingichka tirgovuchlarning pastki uchlari chambarakka mahkamlanadi. So’ngra mevali shoxlar zontikdagi tirgovuchlarga tortib bog’lanadi. SHox-shabbalari katta daraxtlarga ikkita zontiksimon tirgovuch o’rnatiladi. Ikkinchi zontiksimon tirgovuchni birinchisidan 1-2 m pastroq qilib qo’yiladi. Tez-tez bo’ron bo’lib turadigan tumanlarda zontlari yerga tiralgan targovuchlardan foydalaniladi. Pastki zontikning har bir burchagiga tirgovuch-tirgaklar qo’yiladi. Bu bilan shox-shabba mustahkam ushlab turiladi, lekin yerni ishlash uchun noqulay bo’ladi. Zontsimon tirgovuchga qaraganda juda ingichka tirgak kerak bo’ladi, ular 2-3 m va katta, kalta bo’lishi mumkin. Bu sistemada tirgaklarning sarfi 15-25%, ayrim hollarda esa 30-40% gacha kamayadi. Bundan tashqari, shox-shabba ostidagi daraxt tanasi atrofidagi yerlarni yozda ishlash mumkin. Bu usul bog’larda ko’p qo’llaniladi.
Sim tortiladigan tirgovuch. Bunda daraxt tanasi yoniga yo’g’on tirgovuch (machta) qo’yiladi. Uning Yuqori uchiga teshiklari bo’lgan metall halqa mahkamlanadi. Unga «G» shaklida ikki uchi bukilgan har xil uzunlikdagi metall ilgaklar taqiladi. Ilgakning egilgan joyi po’stloqni shikastlantirmasligi uchun ularga chipta yoki lenta o’rab qo’yiladi. Bu ilgaklarning ikkinchi uchigamevali shoxlar tortib bog’lanadi. Asosiy tirgovuchga mahkamlangan boshqa shoxlarga ham mevali shoxlar xuddi shu xildagi ilgaklar yordamida tortib bog’lanadi.
Halqadan chiqqan sim ilgaklarning pastki uchini yo’g’on shoxlarga doimiy qilib mahkamlab qo’yish mumkin. SHoxlar o’sgan sari «G» shaklidagi simlar uzaytiriladi. Hosil terilib bo’lgach, ilgaklar olib qo’yiladi. Bunda daraxt erkin o’sadi va shox-shabbaning shakli o’zgarmaydi. Sim tortiladigan tirgovuch daraxt shox-shabbasi tagidagi yerni ishlash imkonini beradi, unga yog’och tirgovuchga qaraganda mehnat 4-5 marta kam sarflanadi.
Arqon bag’az (tirgovuch). Bu usul xo’jalikdagi meva daraxtlar yuqori hosil berib, shamolda shoxlar sinib, mevalar to’kilib ketish xavfi bo’lganda, yog’och material yetishmaganda qo’llaniladi. Bunda daraxt tanasi yoniga bir-ikkita tirgovuch-machta qo’yiladi.
Tirgovuchning yuqorisiga arqon bog’lanadi. Arqonning pastki uchiga daraxtning bir tomonidagi barcha shoxlar yelpig’ichsimon birin-ketin tortiladi va mahkamlanadi. SHu tartibda daraxtining boshqa tomonlaridagi shoxlar bog’lanadi. Arqon har xil zararkunanda va ayniqsa, meva qurti (plodojorka) uchun uya bo’lib qolishi mumkin. Bunday hollarda bog’larni zararkunandalarga qarshi yaxshilab dorilash lozim.
Kataksimon, piramidasimon, bag’azsimon tirgovuchlar kamroq qo’llaniladi. Hosil terib olingandan keyin tirgovuchlar yig’ish-terib olinadi va zararkunanda hamda kasalliklardan tozalash uchun maxsus kameralarda dorilanadi, so’ngra bog’dan tashqari yerga tik qilib terib qo’yiladi. Har bir mevachilik xo’jaligi tirgovuch olish uchun o’zida yog’och beradigan daraxtlar o’stirishi lozim.
Tirgovuch uchun piramida shaklidagi terak, oq akatsiya, shumtol daraxti eng yaxshi turlar hisoblanadi. Mamlakatiing boshqa tumanlaridan yelь, qayin, buk, dub kabi tirgovuchlarning keltirilishi maqsadga muvofiqdir. 200 ta tirgovuch uchun 1-1,5 kg kanop kerak buladi.
Meva daraxtlariga tirgovuch qo’yish juda mas’uliyatli ish,buning uchun ma’lum darajada bilim va texnik malakaga egabo’lish lozim. SHuning uchun mevachilik xo’jaliklarida tirgovuchqo’yish bo’yicha maxsus kurs yoki seminarlar o’tkazish yoki maxsuskadrlar bo’lishi lozim.Yuqorida bayon etilgan tirgovuch qo’yish usullarini kuchli o’sadigan daraxtlarda qo’llaniladi. Daraxt shox-shabbasi pasaytirilsa tirgovuchga bo’lgan talab kamayadi, yasen forma daraxtlariga yasen shakl berilgan bog’larda tirgovuchga zarurat qolmaydi.

Download 48,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish