10 mavzu: matn turlari va tarkibi reja: Publitsistik uslub va uning xususiyatlari



Download 26,47 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2023
Hajmi26,47 Kb.
#947867
1   2   3
Bog'liq
10 mavzu matn turlari va tarkibi reja Publitsistik uslub va un

Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng.
Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ). Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud (q. badiiy nutq, ichki monolog).
Matn tahlili va tahriri.
Badiiy tahlil - matn tahlilining murakkab turlaridan bo‘lib, unda xilma-xil vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini o‘rganishdir.
Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida bir-biri bilan bog‘langan kishilar hayotining ma’lum davridagi voqealari tasvirlanadi. Bu voqealarda davrning siyosiy ijtimoiy, madaniy va ahloqiy hayoti o‘z aksini topadi.
Matnning adabiy tahlilida quyidagi maslalarga alohida e’tibor berilishi lozim:
1. Badiiy matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka yozuvchining munosabati aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida olijanob fazilatlarini ulug‘lash, adolat va xalqparvarlik, do‘stlik va qahramonlik, muhabbat erkinligi va unga sadoqati asarni g‘oyaviy mazmunini tashkil qiladi. Asarda Xisrav, Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farhod, Shirin, Mehnbonular o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi. Shoir Farhod, Mehnbonu, Shirinlarning barcha harakatlariga xayrixohlik bildiradi. Shohni adolatli bo‘lishiga undash g‘oyasini ilgari suradi.
2. Tahlilda asarning mazmuniga ham shakliga ham e’tibor berish va mazmunning yetakchi rolini ta’kidlab o‘tish zarur.
3. Asar tahlilida obrazlar asarning umumiy mazmuni bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.
4.Asar syujeti va kompozisiyasini o‘rganish ham adabiiy tahlilning asosiy vazifasidir. Badiiy asardagi mavzu, obraz, til, kompozisiya, muayyan g‘oyani ifodalaydi. Mavzu va g‘oyaning aktualligi va xalqchiligi, mazmun va shaklning o‘zaro mosligi, obrazning tipikligi va xaqqoniyligi syujet va kompozisiyaning pishiqligi, badiiy tilning tasviriyligi va ekspressivligi adabiy tahlil jarayonida aniqlanadi.
Matn tahlilida tahlilning yuqoridagi u yoki bu turidan foydalaniladi. Matnni sharhlash so‘z va so‘z shakllari badiiy tasvir vositlarining asar g‘oyaviy va estetik mazmunini oshirishdagi roli izohlanadi. Matnni sharhlashda lingvistik aspekt asosiy o‘rinni egallaydi. U traditsion adabiy tahlilda ham yetakchi sanaladi, chunki u matnning estetik strukturasi va badiiy tasvir vositlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Badiiy matn murakkab va ko‘p qatlamdir. Uni tahlil qilishdan maqsad- ijodkor o‘ylagan ma’no va ichki kechinmalarni maksimum holda payqab olishdir. Ijodkorni o‘ylagan narsasi faqat badiiy asar orqali namoyon bo‘ladi.

Download 26,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish