Shakllantirish;
2. Tarixiy materiallarni o‘qitishda o‘quvchilarni mavhum fikrlashi-ning o‘sishiga yordam
berish bilan birga qo‘llaniladigan metodlar, qoidalar, omillar, materiallarning o‘zaro bog‘lanishi,
bir-birini to‘ldirishini ta’minlash va o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
3. Har bir dars o‘zining uslubiy to‘zilishiga ko‘ra texnologiyasiga ega bo‘lishi bilan birga
o‘quvchilarning iqtidorlilik qobiliyatini Shakllanishiga yordam berish;
4. Darsda qo‘llanayotgan tarixiy materiallar o‘zining maqsad va mazmuni bilan to‘zilish
jihatidan didaktikaning qonun va qoidalariga moslab tadbiq etilishi, matematik mantiq, ko‘nikma
va malakalarning Shakllanishiga, rivojlanishiga alohida hissa qo‘shibgina qolmay, o‘quvchining
tarbiyasiga salmoqli ta’sir ko‘rsatishi ham kerak.
Tarixiy materiallarni o‘rganishda o‘quv jarayonining tarkibiy qismi umumiy vazifalarni
hamda, o‘ziga xos funktsiyalarni ham bajaradi.
O‘quvchilar bilish faoliyatining muvaffaqiyati quyidagi omillar bilan belgilanadi:
1. Nazariy tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy
materiallardan foydalanish jarayonida o‘quvchilarning faol bilish faoliyatini oshirishda
o‘qituvchi yetakchi o‘rin to‘tadi.
2. Matematika darslarida tarixiy materallardan foydalanib, dars samaradorligini oshirishda
bilish faoliyati jarayoni bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish asosida shaxs xususiyatlari,
faoliyatning muayyan uslubi, umuman hayotiy uslub Shakllanadi.
3. Boshlang‘ich ta’limning dastlabki bosqichlarida faoliyatning barcha turlariga xos bo‘lgan
umumiy xususiyatlar modellashadi.
SHu bois bilish faoliyatini Shakllantirishga uning tarkibiy qismlari birligida, shuningdek,
mazkur jarayonning didaktik asosi sifatida ham qaraladi.
Ishlab chiqilgan faollik nazariyasi o‘quv jarayoni bilimlarni o‘zlashtirish, ularni qayta
ishlash va qo‘llashning (muammoli va reproduktiv) usullarini o‘rganish yo‘zasidan tashkil
etiladigan faoliyatligidan iboratdir.
Boshlang‘ich sinflarda bolalarning bilimlari kengayganligi, chuqurlashganligi, layoqat va
ko‘nikmalari bir qadar mukammallashganligi ko‘zatiladi.
Mehnatsevarlik, o‘z-o‘zini boshqara bilish qobillik va kattalar hamda tengqurlari bilan
bilvosita muloqotlar, kichik maktab yoshidagi bolalarga rivojlanish imkonini beradi. Bu yerda
gap bolalarning o‘z sevimli mashg‘ulotlari bilan soatlab yolg‘iz shug‘ullana olishlari haqida
ketmoqda. Ularning bu xususiyatidan o‘quv-tarbiya jarayonida tarixiy materiallarni qo‘llashda
foydalanish mumkin.
Biz
tadqiqotimiz
jarayonida
kichik
maktab
yoshidagi
bolalarning
iqtidorini
rivojlantirishning psixologik-pedagogik, ilmiy-didaktik shartlarini ko‘rib chiqdik. Boshlang‘ich
sinflarga tarixiy materiallardan foydalanish yo‘zasidan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin.
1. Darsda tarixiy materiallarni qo‘llanish bo‘yicha dars materiali 1-2- sinf o‘quvchilarining
ruhiy-bilish va rivojlanish darajasiga qarab ochiq ko‘rgazmali, sodda, ya’ni bolaning
o‘zlashtirish salohiyati hisobga olingan holda to‘zilishi kerak: tarixiy ko‘rgazmali rasmlar
asosida hikoya to‘zish, maqol, topishmoqlar, she’rlar, qiziqarli boshqotirmalardan foydalanish
ma’qul.
3- 4- sinflarda material bir oz murakkablashtiriladi. Bu davrga kelib, bolaning bilish
qobiliyati ancha rivojlangan, ya’ni o‘zlashtira olishi va atrof-muhitdagi voqea va xodisalarga
munosabat bildirishiga ko‘ra, tarixiy voqealar, qonun, qoidalar, ularni yaratgan olimlar hayotidan
lavhalardan hikoya, suhbat tariqasida foydalanish eng maqbul yo‘ldir.
2. O‘quv materialining tarixiy ahamiyatiga e’tibor berish o‘quvchi shaxsini aqliy, estetik,
ahloqiy jihatdan rivojlantirishga imkon yaratadi. SHuning uchun o‘qituvchi tarixiy materialning
bolalar ongida qanday iz qoldirishini hisobga olishi kerak. Agar o‘qituvchi tajribali bo‘lsa, darsni
maktab kichik yoshidagi bolalar aqliga mos keladigan munozara o‘yinlar orqali tashkil etishi
ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: