10-mavzu Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida Reja


Tushunchaning mohiyati va uning ifodalanishi



Download 49,22 Kb.
bet3/3
Sana18.04.2020
Hajmi49,22 Kb.
#45660
1   2   3
Bog'liq
10-мавзу Фалсафа


Tushunchaning mohiyati va uning ifodalanishi

Buyumlarning umumiy, muhim belgilarini inson ongida aks ettiruvchi tafakur shakliga tushuncha deb ataladi. Tushuncha borliqning odam tafakkurida in’ikos etishining shakllaridan biridir. Uning yordamida hodisalar, jarayonlarning mohiyati bilib olinadi, ularning umumiy va muhim tomonlari, belgilari umumlashtiriladi. Tushuncha tarixan rivojlanuvchi bilim mahsuli, bu bilim quyidan yuqoriga ko‘tarilib borib, amaliyot asosida qo‘lga kiritilgan natijalarni mazmunan chuqurroq tushunchalarda yakunlaydi. Eski tushunchalarni mukammallashtiradi, konkretlashtiradi va yangisini shakllantiradi". Tushunchalar uzul-kesil, absolyut bo‘lmasdan, rivojlanish, o‘zgarish holatida bo‘lib, voqelikni aks ettirib, taraqqiy qilib boradi. Tushunchaning mohiyatini chuqurroq tushunish uchun buyumlarning belgilarini va ularning turlarini bilish zarur. Begilar deb buyumlarning bir-biriga o‘xshashligi yoki bir-biridan farq qiladigan tomonlari va xususiyatlariga aytiladi.

Buyumlarning belgilari cheksiz, shu bilan birga turli- tumandir. Ularning ba’zilari faqat bir bo‘lishga. xos bo‘lib, yakkalikni ifodalaydi, boshqalari buyumlarning muayyan guruhiga xos bo‘lib, ularning umumiyligini bildiradi. Masalan, har bir odam ma’lum belgiga, ya’ni yuz tuzilishi, yurishi, gapirishi, qaddi-qomati va hokazo konkret odamga xos bo‘lib boshqa odamlardan farqini ajratib turadi. Boshqa belgisi, kasbi, millati, ijtimoiy ahvoli kabilar umumiy xarakterga ega bo‘lib, ko‘pchilikka xos belgilardir. shuningdek, buyumlarning muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini aniqlash ham zarurdir.

Buyumlarning ma’lum nisbatdagi tub xususiyatlarini, ichki tabiatini, mohiyatini ifodalovchi belgi muhim belgi deb ataladi.

Buyumning tub mohiyatini, xususiyatini ichki tabiatini ifodalamaydigan belgilari muhim bo‘lmagan belgilar deb ataladi. Logika fani narsalarning tushunchalarda aks etgan muhim belgilarini o‘rganadi. Muhim belgilar tushunchalar shakllanishida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.

Tushunchalar buyumlarning belgilarini aks ettirib, bunga umumiy, muhim belgilar kiradi. Masalan, insonning mehnat qurollarini yaratish kabi umumiy belgisi muhim, belgisidir. Tushuncha narsalarning muhim belgilarini aks ettirib, hissiy bilish shakllaridan farq qiladi. Shunday qilib, logika. buyumlarning tushunchalarda aks etgan muhim belgilarini o‘rganadi.

Muhim belgilarning asosiy xislati uning ob’ektivligidadir. Demak, muhim va nomuhim belgilar o‘rtasidagi tafovut ham ob’ektivdir. Buyumlardagi qator belgilarni ajratib yaxlit ifodolovchi tushuncha buyumlar mohiyati haqidagi tushuncha bo‘ladi. Tushuncha fikr shakli, u moddiy borliq in’ikosidir.

Tushuncha voqelikni ilmiy bilishning asosiy shakllaridan biridir. Tafakkur til bilan qanday bog‘langan bo‘lsa, tushuncha ham, so‘z bilan shunday bog‘langan. Tushunchaning moddiy asosi so‘zdir, so‘zdan ajralgan hech qanday tushuncha yo‘qdir. So‘zsiz tushuncha paydo bo‘lmaydi. Har bir tushuncha so‘z orqali ifodalanadi. So‘z tushunchaning moddiy qobig‘idir. Tushunchaning tabiatini bilish so‘zlar orqali amalga oshiriladi. Demak, tushuncha so‘z bilan uzviy bog‘liq, shu bilan birga, so‘z o‘z xususiyatlari bilan tushunchadan farq qiladi. Binobarin, tushuncha buyumning muhim belgilarini in’ikos ettirsa, so‘z buyum nomini ifodalaydi. In’ikos va nom bir hil ma’noni bildirmaydi.

Tushunchani vujudga keltirish uchun narsalarning muhim belgilarini ajratib olish zarur. Narsalarning muhim belgilari bevosita namoyon bo‘lishi ham bo‘lmasligi ham mumkin. Uning mohiyatini ochish muayyan mantiqiy usullar yordamida o‘zida ifoda etaolmaydi. Shu bois tushunchada eng asosiy belgilargina jamlanadi.

Tushunchani vujudga keltirishda inson muayyan mantiqiy amallardan foydalanadi. Ba’zi hollarda esa masalan, fan sohasida mazkur jarayon insonning ihtiyorida ham bo‘lishi, ya’ni inson erkin tarzda ba’zi tushunchalarni shakllantirishi mumkin. Insonning faol amaliyotida ana shu jihat ko‘proq zarurdir. Bu o‘rinda u turli mantiqiy amallardan foydalanadi. Bunday mantiqiy amallarga qiyoslantirish, tahlil qilish, sintez (jamlashtirish), mavhumlashtirish va umumlashtirish kiradi.

Masalan, «Ona» tushunchasining kishi ongida qay yo‘sinda paydo bo‘lishini olib ko‘raylik. Inson tug‘ilganda unda olam buyumlari to‘g‘risida bilim bo‘lmaydi. U hali o‘zligini anglamagan holda yashaydi. Yosh go‘dak barcha ayollardagi mehribonlikni, muruvvatni kuzatib, o‘z onasiga nisbatan yaqinlik sezadi. Mazkur xususiyatlar unga haqiqiy «ona» tushunchasini shakllantirishga yordam beradi. Mazkur jarayon mantiqiy qiyoslash deb ataladi. Ikkinchi mantiqiy amal-tahlil qilishdir. Mazkur amal onalar vazifasini kuzatishga, ya’ni qay «ona» suti bilan mehribonlik ko‘rsatish, qay biri esa, sutsiz (opa, xola, ammalar) ekanligini ilg‘ab olishga qaratilgandir.

Uchinchi mantiqiy amal sintezdir. Sintezda go‘dak o‘z onasiga xos bo‘lgan fazilatlarni mo‘shtarak shaklga keltiradi. Bu o‘rinda ham onaga xos xususiyat sut berib boqish, mehribonlik kabilar bir butun holda gavdalanadi.

To‘rtinchi mantiqiy amal - mavhumlashtirishdir. Mazkur amalda go‘dak o‘z onasi va barcha onalardan uzoqlashadi. Shu tarzda o‘z onasining mohiyatli belgilariga nisbatan e’tibor paydo bo‘la boshlaydi. Nihoyat, beshinchi mantiqiy amal- umumlashtirish bo‘lib, bunda mavhumlash natijasida paydo bo‘lgan barcha muhim jihatlar sut- bilan boqish, mehribonlik va boshqalar umumlashtirilib, go‘dakda ilk marta «ona» tushunchasi, «ona» so‘zi bab baravar paydo bo‘ladi. Mazkur tushuncha go‘dakning balog‘ati davomida yangi- yangi mazmunlar bilan boyitib boriladi.

Tushuncha mazmuni

Ikkinchi savolni yoritishda, tushunchaning muayyan hajm va mazmunga ega bo‘lishi to‘g‘risida talabalarga konkret misollar asosida tushuntirib berish lozim.

Tushuncha muayyan hajm va mazmunga ega bo‘ladi. Tushunchaning hajmi deb tushunchada aks etgan buyumlar yig‘indisiga aytiladi. Chunonchi, yuqoridagi «ona» tushunchasining hajmiga barcha onalar, dunyo xalqlari orasida farzand ko‘rib, uni tarbiyalab, voyaga yetkazgan va yetkazayotgan ayollar kiradi.

Tushunchaning mazmuni deb ishtirok etayotgan buyumlardagi belgilarga aytiladi. Chunonchi, «ona» tushunchasidan muhim belgilar go‘dakka volidalik qilish (go‘dakni tug‘ish), boqish, mehribonlik va muruvvat qilish kabi eng asosiy belgilar tushunchaning mazmunini shakllantiradi.

Tushunchaning hajmi va mazmuni o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, u shakl va mazmun o‘rtasidagi o‘zaro teskari munosabat qonuni deb ataladi.

Buning ma’nosi shuki, maboda hajm ortaversa, mazmun aniqlashadi, ya’ni boyib boradi. Demak, mazmun boyisa, hajm qisqaradi. Binobarin, tushunchada ifodalangan fikr oydinlashadi. Masalan, «jinoyat» tushunchasini olib ko‘radigan bo‘lsak, u holda mazkur tushuncha juda keng hajmli bo‘lib, uning mazmuni anchayin mavhumdir. Ya’ni, qaysi jinoyat ustida aniq fikr yuritilayotganini anglay olmaymiz. Maboda «o‘g‘rilik» tushunchasini olib ko‘rsak, mazkur tushunchaning hajmi nisbatan siqiq bo‘lib, undagi mazmun esa, boydir. Darhaqiqat, «o‘g‘rilik» tushunchasining mazmunan boyligi, uning jinoyat turining qaysi bir sohasiga aniq taalluuqliligi, aytaylik, jamoa, davlat, shirkat, shaxsiy mulkni pinhona, yohud oshkora o‘zlashtirishdan iborat ijtimoiy xavfli xatti-harakat ekanligidadir. Fan tushunchalarining mazmunini ochish bilan ular ifodalangan narsalarning mohiyatini ta’riflab beradi.

Bunday hollarda hajm va mazmun o‘rtasidagi mutanosiblik buzilmasligi uchun tushunchalardagi ana shu xususiyatlarni inobatga olish lozim.

Tushunchalarning turlari

Uchinchidan savolni yoritishda talabalar e’tiborini tushunchaning bir necha turlarga bo‘linishiga qaratib, fikrni aniq misollar yordamida bayon qilish maqsadga muvofiq.

Tushuncha muayyan mezonlarga, eng avvalo hajmi va mazmuniga ko‘ra, undan so‘ng esa tafakkurdagi boshqa vazifalariga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Tushuncha hajmiga ko‘ra yakka ju’ziy, umumiy va nol turdagi ko‘rinishlarga bo‘linadi.

Yakka tushunchalar alohida olingan buyumlarning muhim, belgilaridir masalan, II kurs talabasi Ahmedov, «Toshkent», «Oy» boshqalar.



Ju’ziy tushuncha esa, muayyan ko‘plikdagi buyumlarning ayrim qismini ifodalaydi. Chunonchi, «ba’zi tinglovchilar», «ba’zi a’lochilar» degan tushunchalarda tinglovchilarning va a’lochilarning ayrim qismi nazarda tutiladi. Ju’ziy tushuncha «ba’zi», «anchagina», «aksariyat», kabi so‘zlar bilan boshlanadigan narsalarni bildiradi.

Umumiy tushuncha esa Muayyan sinf, guruh, ko‘plikka taaluqli barcha buyumlarning yig‘indisidir. Masalan «stol», «kitob», «davlat», «soat», «samolyot» kabi tushunchalarda ifoda etilgan barcha narsalarning yig‘indisi fikrlanadi. Ba’zi hollarda umumiylik o‘zbek tilida «lar» qo‘shimchasiga ega bo‘ladi.

Yakka, ju’ziy, umumiy tushunchalardan tashqari nol hajmdagi tushunchalar ham mavjud. Nol hajmi tushunchaga insoniyat tajribasida uchramagan, shuningdek fanda qayd etilmagan buyumlar aks etadi. Masalan, «jin- ajina» «shayton», «pari» kabilar nol hajmli tushunchalardir.

Tushuncha mazmuniga ko‘ra mavhum va aniq turlarga bo‘linadi. Mavhum tushuncha buyumlarning belgilarini ifodalaydi. Masalan, oq sut, qora qalam, qizil gul, ko‘m- ko‘k osmon kabi narsalarning belgilarida «oqlik», «qoralik», «qizillik» «ko‘klik» kabi hayotdagi- buyumlardan alohida mavjudlik mavqeiga ega bo‘lmaydigan sifatlardan mavhum : tushunchalar paydo bo‘ladi.

Aniq tushuncha esa, buyumlarning mustaqil mavjudligini ifrdalaydi. Chunonchi, «Konstitutsiya», «huquq - targ‘ibot idoralari» kabilar mavjud narsalarning ko‘pligini aks ettiradi. Bundan tashqari, ijobiy va salbiy. sanaladigan.va sanalmaydigan, isbatan va nisbatsiz. taqkoslanadigan va takkoslanmaydigan. sigishadigan va sigishmaydigan turlarga ham bo‘linadi.

Ijobiy tushunchalar buyumlarga xos - sifatlarning mavjudligini bildiradi. Masalan, «qizil qalam». Salbiy tushunchada esa, buyumlarga muayyan sifatlarning mansub emasligi qayd egiladi. Masalan «insofsiz kishi», «noinsof sotuvchi», «intizomsiz talaba»,«tartibsiz bola».

Sanaladigan va sanalmaydigan tushunchalar. Sanaladigan tushunchada qayd etilishi lozim bo‘lgan buyumlarning yig‘indisi ifodalaniladi. Masalan, «2-45-guruh tinglovchilari» , «a’lochi talabalar» kabilar. Sanalmaydigan tushunchaga hajmdagi buyumlarni sanab bo‘lmaydigan ko‘plikdagi fikrlar kiradi. Masalan, «yulduz», «jinoyat», «inson» kabilar.

Mazkur tushunchalar ifodalangan buyumlar sanoqsiz va noaniq bo‘lib, ularni qayd etishning iloji yo‘q..Ularning son- sanog‘i mavhumdir.

Tushunchada ifodalangan buyumlarning mustaqil yohud bir - biri bilan aloqadorlikda mavjud bo‘lganligiga qarab ular nisbatan va nisbatsiz bo‘ladi.



Nisbatli tushuncha buyumlarning o‘zga buyumlar muayyan aloqadorlikda mavjud ekanligini ifodalaydi. Masalan, ota- bola, shimol - janub, ostun-ustin, og‘ir- yengil kabilar. Mazkur tushunchalarda in’ikos etilgan buyumlar yakka yashamaydilar va albatta nisbatli bo‘ladilar.

Nisbatsiz tushuncha esa buyumlarning mustaqil yashashini ifoda etadi.

Masalan, «oy", "yulduz», «qonun» «konstitutsiya» kabi tushunchalar mustaqil, nisbatsiz tushunchalar bo‘lib, ularda mavjudligi o‘zga buyumlarga bevosita bog‘lanmagan narsa aks etgandir.



Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar

Tushunchalar o‘rtasida biror - bir munosabat ularning o‘zaro muayyan belgilarga ega bo‘lishi yoki o‘zaro muayyan belgilarga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga ko‘ra o‘rnatilishi mumkin.

Ana shu mezonga ko‘ra tushuncha qiyoslanadigan va qiyoslanmaydigan bo‘ladi. Qiyoslanadigan tushuncha o‘zaro biror - bir umumiy belgalari mavjud bo‘lgan buyumlarda in’ikos etadi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» tushunchasini olib tahlil qilganda mazkur tushuncha barcha mamlakatlarda qo‘llanilayotgan umumiy asosiy qonunlarga egaligi bilan boshqa davlatlar konstitutsiyalariga bog‘lanib turadi. Shuning bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos, uning o‘z tarixiy o‘tmish an’analariga mos keladigan, aynan o‘ziga taalluqli jihatlari konstitutsiyamizda aks etgandir. Zotan, har bir mamlakatda shu mamlakatning xalqlari manfaatlaridan kelib chiqib konstitutsiya qabul qilingan bo‘lib, odamlar shu asosda yashaydilar.

Qiyoslanmaydigan tushuncha o‘zaro umumiy jihatlari bo‘lmagan buyumlar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Masalan, «musiqa» va «tarvuz», «yurak» va «qonun», «traktor» va «yosh go‘dak.» tushunchalari orasida bog‘liqlik yo‘q, ammo bo‘lganda ham juda - juda uzoqdir. Shu bois, ularni taqqoslab bo‘lmaydi.

Mantiq faqat umumiy jihatlari mavjud bo‘lgan tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi, munosabatlar sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan turlarga bo‘linadi.

Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash

Hajmi kichikroq tushunchalarni hajmi kattaroq tushunchalarga kelishini mantiqda umumiylash deyiladi. Tushunchalarni umumiylashtirish fanda katta ahamiyatga ega bo‘lib, eng umumiy tushunchalar kategoriyalar deb ataladi. Kategoriyalar ob’ektiv borliqdagi predmet va hodisalarning eng umumiy xususiyatlarini, aloqa va munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy tushunchalardir.

Hajmi kattaroq tushunchalarni hajmi kichikroq tushunchalarga keltirish mantiqda chegaralash deyiladi. Tushunchalarni chegaralash orqali yakka tushunchalarga, predmetlarga boramiz. Masalan: Abror - o‘zbek - odam - tirik organizm

ToshDAU - agrar ilmgohi- ilmgohi - oliy o‘quv yurti



Tushunchalar umumlashtirilayotganda tushuncha hajmi ortadi, ularni chegaralaganda esa, hajm kichrayadi, mazmun esa boyib boradi.
Download 49,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish