10-mavzu Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida Reja



Download 49,22 Kb.
bet1/3
Sana18.04.2020
Hajmi49,22 Kb.
#45660
  1   2   3
Bog'liq
10-мавзу Фалсафа

10-mavzu

Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari.

Tushuncha tafakkur shakli sifatida

Reja

  1. tafakkur - mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti.

  2. Mantiqning asosiy qonunlari

  3. Tushunchaning mohiyati va uning ifodalanishi.


Tayanch so’zlar

Mantiq, bilish, hissiy bilish, aqliy bilish, tafakkur, tafakkur shakllari, tafakkur qonunlari; formal, dialektik va matematik mantiq. Predmet belgisi, termin , tushuncha, tushuncha mazmuni, tushuncha hajmi, tushunchalarni umumlashtirish, tushunchalarni chegaralash, tushunchani bo'lish, klassifikatsiya, sub'ekt (S), predikat (P).
Tafakkur - mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti

«Mantiq» («Logika») eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, uning asoschisi yunon faylasufi Aristoteldir. Logos atamasi grek tilida «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarni ifodalaydi. “Mantiq” atamasi logika terminiga ekvivalent xisoblanadi. Mantiq (logika) atamasi quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi: birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini ifodalashda (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda); ikkinchidan, har bir insonning o‘ziga xos tafakkurlash usulini, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni anglatishda (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan ma’nosida.

Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlariga teng ma’noli tushuncha sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Bu jarayonni shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin: hissiy bilish va aqliy bilish. Hissiy bilish (sezgi organlari vositasida bilish) uning dastlabki bosqichi bo‘lib, unda inson sezgi organlari yordamida predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari haqida ma’lumotlarni oladi. Sezgi, idrok va tasavvur hissiy bilish shakllari xisoblanadi.

Hissiy bilishga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:



  1. Hissiy bilishda ob’ekt (voqelik) sub’ektga (insonning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etadi.

  2. Hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.

  3. Hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazini xosil qiladi.

  4. Hissiy bilish xar bir konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq tarzda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.

  5. Hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi, usiz bilish mavjud bo‘la olmaydi. Chunki, inson tashqi olam bilan sezgi organlari orqali bog‘langan bo‘lib, bilishning keyingi bosqichida sezgilari bergan ma’lumotlarga tayanadi.

Hissiy bilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik o‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va yakka, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi, mohiyati aniqlanmaydi. Hissiy bilish tafakkur (aqliy bilish) bilan uzviy bog‘liq.

Tafakkur shakli va tafakkur qonuni tushunchalari

Tafakkur tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud bo‘ladi. Inson bilish jarayonida buyum va hodisalar, ularning sifat, xususiyatlari haqida tushunchalar xosil qiladi, fikr-mulohaza yuritadi, ularni mantiqiy bog‘lab, xulosalar xosil qiladi. Bu jarayonni tushunish uchun tafakkur shakli va tafakkur qonuni nima ekanligini bilib olish zarur.

Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifodalangan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Masalan, “mening onam” tushunchasida bizni dunyoga keltirgan, boqib katta qilgan, tarbiyalagan ayol aks etadi. Agar tushuncha (mening onam) aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.

Hukm (mulohaza)larda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjudligi haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan, “Hunarli kishi – xor bo‘lmas” degan hukmda predmet (hunarli kishi) bilan uning xossasi (xor bo‘lmas) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. “Adxam Karimning ukasi”degan hukmda ikkita predmet (Adxam va Karim) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya’ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda hukmning mantiqiy tuzilishini S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin. Tushuncha va hukmni farqlashda ularning shakli e’tiborga olinadi. Masalan: a’lochi o‘quvchi(tushuncha) va o‘quvchi a’lochidir (hukm).

Yuqoridagi misollar tafakkur shakli fikrning konkret mazmuniga nisbatan mustaqil holda mavjud bo‘lishini va o‘ziga xos qonuniyatlarga egaligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham mantiq ilmida tafakkur shakli alohida olib o‘rganiladi.

Fikrning chin bo‘lishi va shakl jihatdan to‘g‘ri qurilishi ishonchli bilimga erishishning zaruriy shartlaridan biridir. O‘zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr chin hisoblanadi (masalan, paxta-yumshoq). Predmetga mos kelmaydigan fikr xato fikrdir (masalan, suv – suyuqlik emas»). Fikrning to‘g‘ri yoki xato bo‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatdir.

Fikrning chin bo‘lishi formal jihatdan to‘g‘ri qurilgan bo‘lishiga ham bog‘liq. Bu xususiyat fikrning shakliga taalluqli bo‘lib, tafakkurda hosil bo‘ladigan turli xildagi mantiqiy amallarda o‘z aksini topadi. Fikr chin bo‘lib, shakliga ko‘ra xato bo‘lishi, va aksincha, fikr xato bo‘lishi, lekin shakliga ko‘ra to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi mumkin.

Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida qatnashayotgan fikrlash elementlari o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin.

Bu talablarga birinchi navbatda, ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilinishi kiradi. To‘g‘ri tafakkur prinsiplarining buzilishi muhokamaning noto‘g‘ri qurilishiga sabab bo‘ladi. Bunda, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, “Do‘konga mol keldi. Mol – uy xayvoni. Demak, do‘konga uy xayvoni keldi.”) yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi mumkin. Tafakkur shakli va qonunlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish bilish jarayonining samarali bo‘lishini ta’minlaydi.


Formal mantiqning predmeti

Har bir fan kabi mantiq ham o‘zining o‘rganadigan ob’ekti va predmetiga ega. Tafakkur mantiq fanining o‘rganish ob’ektidir. Tafakkurni mantiq fanidan tashqari falsafa, fiziologiya, psixologiya, dialektika, kibernetika kabi fanlar ham o‘rganadi. Grammatika mantiq faniga yaqin bo‘lib, fikrni aniq va bexato ifodalashga yordam beradi. Tushuncha va hukmlarning ifodalanish strukturasini aniqlashda ham grammatikaning roli katta. Falsafa tafakkurni moddiylik va ideallikning o‘zaro aloqadorligi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Psixologiya tafakkurni ruxiy jarayonlar bilan bog‘liq xolda tadqiq etadi. Yuqorida tilga olingan fanlarning har biri tafakkurga o‘z nuqtai nazaridan yondashadi, uning turli qirralarini ochib beradi.

Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, hukm va xulosa chiqarish hamda ular o‘rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy qonun- qoidalarni vujudga keltiradiki, to‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli fikrlash ana shu qonun-qoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Bu qonun-qoidalar amaliyotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlash yoki rad etish, ularning to‘g‘riligi yoki xatoligini tasdiqlash yoxud inkor etishga xizmat qiladi. Mantiq keng ma’noda olamdagi qonuniy, zaruriy bog‘lanish va aloqalar, tartib va izchillik, tafakkurimizning ichki aloqadorligi, tadrijiy rivojlanishi, turli fikrlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni ifodalaydi. Mantiq inson tafakkurining eng umumiy shakllari, qonunlari va fikrlash usullarini o‘rganadi. Bu mantiq fanining predmeti xisoblanadi.

Hozirgi kunda mantiq ilmining ham turli yo‘nalishlari, tarmoqlari mavjud, ular orasida inson tafakkurini eng oddiy qonun-qoidalar bilan qurollantiradigan, uni to‘g‘ri fikrlashning tamoyillari bilan tanishtiradigan muhim tarmog‘i formal mantiq bo‘lib, u tarixiy kelib chiqishini e’tiborga olgan holda an’anaviy mantiq, ommaviyligi nuqtai nazaridan esa, umumiy mantiq deb ham yuritiladi.

Mantiq fani tafakkurni rivojlantiradi, insonda umumiy tushunchalar, kategoriyalar bilan ish ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Bugungi fan-texnika rivoji jadallashgan globallashuv jarayonida ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy-nazariy ma’lumotlarni samarali tahlil qilishda mantiq ilmi muhim ahamiyatga ega.

Mantiq matematika fani bilan uzviy bog‘liqdir. Matematika fanining rivojlanishi mantiq ilmining taraqqiyotiga, unda yangi yo‘nalishlarning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish ham matematika bilan bog‘liqdir.

Mantiq bilish, to‘g‘ri fikrlash metodlarini o‘rganuvchi fandir. Ba’zi bir fanlar tadqiqot ob’ektlari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun, ularning tushunchalari, qonun va metodlari ham bir-biriga yaqindir. Masalan, bilishda xususiylik va umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar mavjuddir. Ko‘pchilik fanlarda qo‘llanuvchi usullar umumiy usul deyiladi. Umumiy usul qo‘llanish doirasiga ko‘ra umumiy bo‘lgani bilan o‘z maxsus vazifasiga ega. Bunga misol qilib mantiq fanidagi tushuncha hosil bo‘lishining analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish kabi usullarini, shuningdek, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirish usullarini ko‘rsatish mumkin. Bular bilishning umummantiqiy metodlari hisoblanadi. Aytish mumkinki, mantiq ham fan, ham bilish uslubi xisoblanadi.

Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini o‘stiradi, xususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini rivojlantiradi, bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tanqidiy munosabatda bo‘lish, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni aniqlash, argumentlashdagi zaif bo‘g‘inlarni aniqlashga yordam beradi.

Muhokamani to‘g‘ri qurish, formal ziddiyatlar, xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka erishish, aytish mumkinki, o‘ziga xos san’at- mantiq san’ati hisoblanadi. Bu san’atning nazariy asoslarini chuqur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy muhokama yuritishda namoyish qila oladi. Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham kattadir. O‘quv jarayonining samaradorligi ma’lum bir darajada tegishli tushunchalar hamda, terminlarning aniq bo‘lishi, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishi, mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.

Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni yechish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o‘rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar bo‘lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.



Mantiqning asosiy qonunlari

Ma’lumki, har bir dunyoviy fanlarning o‘ziga xos qonunlari bo‘lib, ular voqelikni o‘rganishda katta yordam beradi. Masalan, tabiat sohasiga oid qonunlar tabiatshunoslik fanlari - fizika, ximiya, biologiyaga tegishli bilimlarni, jamiyatga oid qonunlarga esa, jamiyatshunoslik fanlari - tarix, siyosatshunoslik, falsafaga oid bilimlarni keltirib chiqaradi.

Qonun tushunchasi, jumladan, mantiqiy qonun tushunchasi nimani ifodalaydi? Qonun narsa va hodisalar o‘rtasidagi ob’ektiv, takrorlanib turuvchi muhim, zaruriy, umumiy, qat’iy va barqaror munosabatlarni va bog‘lanishlarni ifodalaydi.

Tafakkur qonunlari esa, fikrlar o‘rtasidagi eng umumiy, zaruriy, barqaror takrorlanuvchi bog‘lanishlarni ifodalaydi. Tafakkur qonunlaridagi o‘ziga xos xususiyat nimada? Tafakkur qonunlari ham kishilarning fikrlarida mavjud bo‘lgan zaruriy, ob’ektiv bog‘lanishlardan bahs yuritadi. Mazkur qonunlarning zaruriy va ob’ektivligi shundaki, kishilar ularni chuqur bilib olib o‘z ommaviy faoliyatlarida foydalanmasalar, ularning hayotidagi o‘rinlari nomukammal bo‘ladi.

Mantiq mazkur zaruriy bog‘lanishlarni qonun darajasida o‘rganar ekan, ularni ob’ektiv borliqning emas, balki sub’ektiv mavjudodlikning asosiy jihatlari kabi izohlaydi. Fikrlar o‘rtasidagi eng oddiy va zaruriy bog‘lanishlar mantiqning to‘rt asosiy qonunlari orqali ifodalanadi. Bular ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni va yetarli asos qonunidir.

Bu qonunlar asosiy qonunlar bo‘lib mantiqda alohida muhim va eng umumiy hisoblanadi. Mantiq ilmi ham insonga xos bo‘lgan tafakkurning ob’ektiv reallikdagi munosabatlarini to‘g‘ri aks ettiruvchi fikrlash jarayonining ichki o‘ziga xos tomonlarini, qonun qoidalarni o‘rganishga intilishi jarayonida vujudga keldi va shakllandi. Fan, shu jumladan, mantiq fani ham, insonning ilmiy-ijodiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, uning ob’ektiv reallikdagi jarayonlar, sababiy bog‘lanishlar, tashqarida va yuzada ko‘rinuvchi voqea-hodisalarning mohiyatlari, qonun va qonuniyatlarni aniqlaydi.

Ob’ektiv qonunlarni bilish, ularni to‘g‘ri aks ettirish fanlarning rivojlanishiga olib keladi. Fanlarning rivoji bu insonga tabiat sirlarini ochish, uning kuchlariga ta’sir etish, bu kuchlardan amaliy faoliyat uchun foydalanish imkonini beradi.

Mantiqiy qonunlar inson tafakkurigagina xos bo‘lgan, inson tafakkurida turli fikr mulohaza, muhokamalar munosabatidagina amal qiladigan qonuniyatlardir.

Biz bunday qonunlarni boshqa sohada, boshqa fanlarda uchratmaymiz. Lekin, boshqa qonunlar singari mantiqiy qonunlar ham o‘z sohasining, boshqacha aytganda tafakkur elementlari, fikr-muhokamalari o‘rtasidagi eng umumiy, zaruriy, takrorlanuvchi, qat’iy va umumiy hamda bir xil bog‘lanishlarni ifodalaydi.

Ya’ni, bu qonunlar ob’ektiv reallikdagi narsa va hodisalarning muayyanligi, ziddiyatligi, aynan va shu narsa ayni vaqtning o‘zida bir xil va ayni shu belgilarning mavjudligi kabi oddiy xususiyatlarning bir necha ming yillar davomida inson miyasida aks etishining natijasida shakllanadi.

Mantiqning qonunlari inson miyasida (uning shaxsan mustaqil holda fikr yuritishida), sub’ektining intellektual aqliy hayoti jarayonida mavjuddir. Inson, insonlar bo‘lmasa, uning tafakkuri bo‘lmasa (tabiiy ravishda), bu qonunlar ham o‘z-o‘zidan keraksiz va ular mavjud ham bo‘lolmaydilar. Shu sababdan bu mantiqiy qonunlarni sub’ektiv qonunlar va inson tafakkurining mahsuli, ya’ni ular fikrni osonlashtirish uchun inson tomonidan o‘ylab topilgan, degan ta’limotlar falsafa tarixida ko‘p bo‘lgan. Lekin, tafakkur qonunlari ham insonni sub’ektiv xohishlariga, kayfiyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda, har qanday mantiqiy, to‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lgan tafakkurning o‘z tabiiy qonunlari aks etishi natijasida vujudga kelgan, ya’ni, ob’ektiv mazmunga ega bo‘lgan qonunlardir.

Tabiatda ongi yetuk bu inson, eng yetuk tabiiy ruhiy jarayon bu uning tafakkuri. Tafakkursiz insonni, insonsiz tafakkurni tasavvur etish mumkin emas.

Tafakkur qonunlari ham mantiqiy qonunlari kabi grammatik qonunlarga o‘xshab ketadi. Gramatikaning qonun-qoidalari bir-birini tushunib olishni, to‘g‘ri so‘zlashishni ta’minlovchi til va nutq qonun qoidalarini ifodalaydi. Til va nutq inson uchun hamda inson miyasi uchun tabiiy xislat jarayonidir. Nutqsiz sog‘-salomat insonni, insonsiz nutqni tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun nutq tafakkur bilan, mantiq grammatika bilan ajralmas bog‘liqdir. Til nutqda milliy xarakterga ega, ya’ni har bir millat, xalqning o‘z tili bor.

Mantiqiy tafakkur va uning qonun qoidalari umuminsoniydir. Barcha millat va xalqlarning fikrlashida bu qonun va qoidalar bir xil bo‘ladi. Shuning uchun ham insonlar qaysi tilda gaplashmasinlar, qaysi zamonda, qaysi yerda yashamasinlar, bir-birlarini (tarjimonlar, xatlar, kitoblar) orqali tushuna oladilar. Insonlar miyasi, bosh nerv sistemasi, millati, irqi, yoshi, bo‘yi, tili, jinsi va hokazolardan qa’tiy nazar bir xil prinsiplar asosida fikrlashadi. Bu fikrlash bir xil qonunlar - mantiqiy qonunlar asosida amalga oshadi. Tafakkur shakllari va qonunlarining barcha insonlar uchun bir xil bo‘lishi ularning, ya’ni ob’ektiv reallikning insonlar miyasida ming asarlar davomida aks etib kelishi natijasida vujudga kelib, shakllanib qolganligi tufaylidir.

Mantiqiy tafakkurning ajralmas hislati bu aniqlik, izchillik, va asosli bo‘lishidir. Bu xislatlar har qanday to‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lib, mantiqiy qonunlar sifatida mustahkamlanib qolgandir.

Talabalar tomonidan o‘rganishga kirishilganda mavjud adabiyotlar yordamida bu jarayonga ilmiy-asosli yondashishlari talab etiladi. Fikrning aniq ma’noga ega bo‘lishi. O‘ziga xos xislatlarga ega bo‘lish har bir predmet, hodisaga xos bo‘lib, avvalo bir predmet yoki hodisa ikkinchisidan shu hislati bilan farq qiladi. Predmetning bu hislati har bir fikr, muhokama, mulohazaning aniq bo‘lishida aks etib, ifodalanib qoladi. Chunki, aniq bo‘lmagan fikrni boshqa fikrdan tafovut etish mumkin bo‘lmaganidan, ayni paytda uning mustaqil ravishda boshqa fikrlar bilan bog‘lanishi, munosabatga kirishuvi mumkin emas.

Shuningdek, ob’ektiv predmetlarning o‘zaro munosabatida, bog‘lanishida ma’lum tartib, izchillik. Birin-ketinlik xislati mavjud bo‘lib, bu xislat ham inson tomonidan bir necha ming bor kuzatish, aks ettirishi natijasida fikrlashning izchil tartibi yuzaga kelgan.

Shuningdek, mantiqiy fikrlashning asosli, isbotli bo‘lishi xislati ham ob’ektiv reallikdagi predmetlarning ma’lum tartib bilan munosabatda bo‘lishini ifodalaydi.

Bu qonunlar har bir insonning to‘g‘ri, mantiqiy fikrlash uchun ma’lum tartiblarini olg‘a suradi. Bu talablarga rioya etilsa, fikrlashning mantiqiy bo‘lishi, fikrlar o‘rtasidagi bog‘lanishning to‘g‘ri bo‘lishi ta’minlanadi. Bu qonunlar tafakkurning tabiiy qonunlari bo‘lgani uchun ularni buzish yoki yo‘qqa chiqarish, boshqa qonunlar bilan almashtirish mumkin emas. Insonning qanday amal qilishidan qat’iy nazar, bu qonunlar insoniyat tafakkurining ajralmas xislatlari bo‘lgani uchun ham, hech kimning hohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi.

Lekin, bu qonunlarda kelib chiqadigan talablar buzilishi mumkin. Bu holda mazkur shaxsning fikrlashi mantiqsiz, noto‘g‘ri bo‘ladi, izchil, aniq, asosli bo‘lmaydi. Grammatik qonunlar ham shunday. Agar ularga rioya etilsa ham, etilmasa ham ular tilning ajralmas qonunlari sifatida mavjuddir. Lekin mazkur shaxs bu qonunlarga rioya qilsa, nutq - to‘g‘ri, rioya etmasa, nutqi noto‘g‘ri, savodsiz bo‘ladi. Bu narsalar tajribada, ilm - fanda qayta - qayta isbotlangan.

Mantiqiy qonunlar bilan dialektika qonunlarining o‘zaro munosabatiga kelsak, dialektik qonunlar barcha hodisalar, shu jumladan tafakkurga ham xos bo‘lib, fikrlash jarayoni ham dialektikaga bo‘ysunadi.

Dialektik qonunlar barcha predmet, hodisalar, inson ma’naviy hayotining; barcha tabiiy va ijtimoiy hodisalarning umumiy qonunlari bo‘lib, u tabiat va jamiyatdagi ma’lum tor sohalarning maxsus qonunlarini inkor etmaydi, balki nazarda tutadi, ular yordamida ifodalanadi.

Fizik yoki kimyoviy hodisalar va jarayonlarning o‘z ichki qonuniyatlari kimyoviy qonunlar hamda fizik qonunlar asosida amalga oshishi bilan bir qatorda, umumiy dialektik qonunlarga ham bo‘ysunadi.

Shuningdek, mantiqiy qonunlar dialektik qonunlarga nisbatan xususiy qonunlar, bu tafakkurning maxsus qonunlari bo‘lib, u tafakkur tuzilishining elementlari o‘rtasidagi fikrlashning shakllari tushunchalar, hukmlar o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘lanishning ajralmas zaruriy xislatinigina ifodalaydi. Ular orasida umumiylik va xususiylikning uzviy bog‘lanishli munosabati mavjuddir. Albatga, mantiqiy qonunlarni mutloqlashtirish, ularning amal qilish doirasini kengaytirib yuborish g‘ayri ilmiy xulosalarga olib keladi. Fanda falsafa tarixida mantiqiy qonunlarning amal qilish doirasini kengaytirib, ularni tafakkurninggina emas, hatto tabiat, jamiyatning ham mutloq qonunlari deb da’vo etishlari ko‘p bo‘lgan. Bu da’volar ilmiy taraqqiyot jarayonida o‘z-o‘zidan tushib qoldi,



Ayniyat qonuni

Ayniyat qonuni mantiqiy tafakkurning eng muhim hislatlaridan bo‘lgan har bir fikr, muhokama aniq, ravshan bo‘lishini o‘zida ifodalaydi. Shuning uchun ham fikrlar hamma vaqt to‘g‘ri bo‘lishi, barcha kishilarga tushunarli darajada ifoda etilishi zarur. Chunki, muayyan buyumlar haqidagi fikrlar ayni shu muayyan fikrlar to‘g‘risida bo‘lishlari, boshqa buyumlar haqidagi fikrlar ham o‘zga fikrlar kabi qabul qilinishi tafakkurga qo‘yiladigan talablardan biridir. Ayniyat qonuni ana shu mezoniylikni ta’minlaydi.

Demak, ayniyat qonuni muayyan buyum to‘g‘risida ifodalangan fikr muhokama davomida o‘zgarmasdan, ayni shu buyum to‘g‘risida bo‘lishi lozimligini talab qiladigan qonundir.

Ma’lumki, tevarak atrofimizdagi tabiat, jamiyatda mavjud bo‘lgan predmet, hodisalarning hammasi o‘zgarishda, rivojlanishda, yangilanishdagi har bir predmet, hodisa voqea sifatida boshqalardan farq qilib, o‘z konkret mazmuni, tuzilishi va shaklga (rangi, hajmi, qat’iyat ovozi va boshqalarga) ega bo‘ladi. Shu xususiyati tufayli u boshqa predmet, hodisalar bilan munosabatga kirish imkoniga ega bo‘ladi.

Har bir predmet, hodisalar ma’lum davr ichida shunday o‘z aniqligiga ega bo‘lgani uchun ham inson daraxtdan suvni, suvni planetadan, planetani yulduzdan farq qiladi. Shu aniqlik o‘z navbatida aynan uzumni anor bilan, paxtani g‘alla bilan, Ahmadni Abdulla bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Har bir terak, ma’lum davr ichida o‘sib, so‘ng chirib, yo‘qolib, tuproqqa aylanib ketadi. Lekin shu qisqa davr ichida u o‘zining ma’lum konkret mazmuni va xususiyatini saqlab terak bo‘lib qoldi.

Binobarin, ayniyat qonunining talabi - fikrlari bir vaqtning o‘zida bir xil belgilarga ko‘ra bir - biriga teng bo‘lishi zarur.

Tabiat va jamiyatdagi narsalar to‘xtovsiz rivojlanib tursada, u ma’lum davr ichida o‘z sifat muayyanligini, doimiyligini saqlab qolganidek, bizning narsa va hodisalar to‘g‘risidagi fikrlarimiz, bilimlarimiz ham to‘xtovsiz boyib boraveradi. Lekin, ular bir - birlari bilan aralashib qo‘shilib ketmasdan o‘z muayyan mazmunini saqlab qoladi.

Ayniyat qonuniga binoan ma’lum muhokama, bahs, munozarada har bir fikr aynan bir ma’noda ishlatilmog‘i lozim. Bu qonunga ko‘ra, har bir narsaning sifati ma’lum vaqtlardagina ma’noga ega bo‘ladi. O‘zga vaqtlarda esa, ana shunday fikrni saqlab qolishi buyumning muayyanligini to‘la izohlab bermasligi mumkin.

Masalan, ba’zi qabul qilinadigan qonunlar vaqt o‘tishi bilan eskirib, o‘z o‘rnini yangi davr talablariga muvofiq qoladigan qonunlarga bo‘shatib beradi. Masalan, sobiq SSSR mavjud bo‘lgan davrlarda mazkur davlat qurilmasi tomonidan qabul etilgan qonunlar uning barcha hududlarida ustuvor edi. SSSR tugatilgach, uning qonunlari ham o‘z kuchini yo‘qotdi. Mustaqil O‘zbekistonda hozirgi davrda mustaqil davlatning o‘z huquqiy qonunlari mavjud.

Ayniyat qonuni qayd etadigan fikrlar boshqa sohalarning (jamiyat, tabiat) ham qonunlariga dahldor, hatto I.Nyutonning mashhur butun olamning tortilishi qonuni ham o‘zgarmas qonun bo‘lolmaydi. Birinchidan, mazkur qonun Quyosh tizimi doirasidagina muayyan ma’noga ega. Ana shu tizim tashqarisida K.Nyutonning emas, balki A.Eynshteynning shu nomdagi qonuni harakat qiladi. Ikkinchidan, Quyosh tizimining 15 milliard yil avvalo paydo bo‘lganini inobatga olsak, I.Nyutonning mazkur qonuni tarixiy o‘zgaruvchan qonun ekanligini e’tirof etgan bo‘lamiz.

Bu o‘rinda ikki nuqtaga e’tiborni tortish lozim. Birinchidan, bizning olam va uning qonunlari to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham kengayib boradi. Natijada har bir kuzatishga qonuniyat ham nisbatlashadi, ya’ni uning harakat doirasi ma’lum chegaralardagina bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, moddiy olam o‘zgarishi tufayli qonunlarning ta’sir doirasi ham rivojlanib boradi.

Ayniyat qonunining harfiy ifodasi.

a---a, A-----A yoki mulohaza mantiqda

aa, A kabi bo‘ladi.

Mazkur ifoda buyumlarning bir belgisiga ko‘ra aytiladigan fikr bir-biriga buyum va uning to‘g‘risidagi fikr teng bo‘lishi lozimligini bildiradi.

Ma’lumki, har bir tilda turli ma’noda ishlatiladigan bir xil so‘zlar,yoki bir xil ma’noli turli so‘zlar bilan ifodalash hollari ko‘p uchraydi. Masalan, «uch» so‘zi raqamni («3») ham , predmetning uchinchi (boshlanishi, ya’ni qalamning uchi) ifodalaydi. Suhbatda yoki muhokamada «uch» so‘zini ham raqam ma’nosida, ham ikkinchi ma’noda ishlatish chalkashliklarga olib kelishi muqarrardir. Yoki «yoz» so‘zini olib ko‘raylik. U uch xil ma’noda ishlatilishi mumkin. 1) Yilning ma’lum fasli - yoz fasli; 2) xat yozish, kitob yozish, 3) qanot yozmoq, barg yozmoq.

Grammatikada turli tushunchalarni ifodalovchi bunday bir xil so‘zlar omonimlar deb aytiladi. Bunday omonim so‘zlarni muhokamada ishlatish ba’zan kulgili hollarga olib keladi.

Masalan: Mol - uy hayvoni

Magazinga mol keldi.

Magazinga uy hayvoni keldi.

Bu muhokamada kulgili, be’mani xulosada «mol» so‘zi ikki xil ma’noda ishlatilmoqda, birinchi asosda «mol» uy hayvoni tushunchasini, ikkinchi asosda «mol» savdo - sotiq narsalari mato tushunchasini ifodalaydi. Shuning uchun ham xulosa har tomonlama noto‘g‘ri bo‘lib qolgan. Turli tushunchalarni bunday aynan qilib qo‘yish, ya’ni mazkur muhokama jarayonida bir tushuncha o‘rniga ikkinchi tushunchani almashtirib yuborish ayniyat qonunining buzilishiga olib keldi va uni «Tushunchani o‘zgartirib qo‘yish» deyiladi. Muhokama jarayonida tushunchani o‘zgartirib qo‘yish bu muhokama ob’ektini o‘zgartirib yuborishdir. Ya’ni, bir predmet ustida fikr yurita boshlab, ikkinchi tomon boshqa predmet haqidagi fikrga o‘tib ketishdir. Muhokama predmetini o‘zgartirib yuborish, ya’ni «tushunchani o‘zgartirib qo‘yish» ixtiyorsiz, ya’ni ongsiz ravishda yoki ataylab ma’lum maqsad uchun ongli ravishda amalga oshirilishi mumkin.

Suhbat jarayonida ayniyat qonuni talablarni bilmasdan turib buzish, tushunchalarning ma’nolarini bilmay turib o‘zgartirib yuborish hollari bu fikrlayotgan odamning fikrlash madaniyati, ma’lumoti past ekanligi yoki ruhiy jihatdan sog‘lom emasligi, yoki xotirasining bo‘shligi natijasidir. Ko‘p hollarda suhbat muhokama jarayonida bilib turib tushunchalar ataylab o‘zgartirib yuboriladi. Bunda suhbatdoshni, opponentni, raqibni aldash, talvasaga solish, nima qilib bo‘lsada, uni yengish va yengib chiqish maqsadida noto‘g‘ri usullardan foydalaniladi. Bu shubhasiz, haqiqatni ataylab g‘araz maqsadlarda buzish, mantiq qonuni talablarini o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida qurbon qilishdir. Qadimgi yunon falsafasida suhbatdoshni mag‘lub qilish maqsadida qasddan tushunchalarni almashtirib yuborish yo‘li bilan fikr yurituvchilar sofistlar nomi bilan ma’lum bo‘lgan. Ular ko‘rinishdan to‘g‘ri bo‘lib seziluvchi, lekin aslida noto‘g‘ri, mantiqqa, qonun-qoidalariga zid muhokamalar yuritishga usta bo‘lganlar. «Sofizm» so‘zi ana shundan kelib chiqqan bo‘lib, uning ma’nosi, jo‘rttaga mantiqiy xato qilish demakdir. Sofistlar fikr yurittanlarida ma’nosi turlicha bo‘lgan tushunchalarni ishlatishlari go‘yo bir qoida bo‘lib qolgan edi. Misol uchun «shox» degan tushunchani olib ko‘raylik.

Sen narsangni yo‘qotmagan bo‘lsang, o‘zingda bo‘ladi. Sen shohingni yo‘qotmagansan.

Demak sening shoxing bor.

Bu yerda xulosa tamoman xato, ikkinchi asos bunday xatoning sababchisidir. Bu sofizmning mazmunida «yo‘qotmagan» so‘zini ikki ma’noda qo‘llash yotadi. Birinchi asosda haqiqatdan ham insonda mavjud bo‘lgan va yo‘qotilmagan buyumlar ustida gap borsa, ikkinchi asosda bo‘lmaydigan, insonga hech qachon xos bo‘lmagan buyumlar (shox) haqida gap boradi. Shuning uchun ham xulosa tomoman noto‘g‘ridir.

Aniqlik, muayyanlik, mantiqiy tafakkurning eng muhim xislati bu insonlardagi fikrlash madaniyatining muhim belgisidir.

Atoqli olim fozillar, ilm-fanda ilmiy suhbat, muhokamalarda, fikrlash madaniyati yuqori darajada bo‘lishi zarurligiga, fikrlarning har doim aniq bo‘lishiga katta e’tibor beradilar. Shu bilan bir qatorda ular o‘z raqiblarini mantiqiy qoidalarga rioya qilishga chaqiradilar va tafakkurning talablarini bajarishni ulardan talab qiladilar.

Ayrim hollarda «Tushunchani o‘zgartirib yuborish» usulidan kulgili hollarni yuzaga keltirish yoki suhbatni qizitish uchun adabiyotda qo‘llaniladagan «so‘z o‘yini»ni ishlatishdan ham foydalaniladi. Masalan, o‘zbek og‘zaki adabiyotida keng tarqalgan askiya san’atining muhim usullaridan biri, bu bir xil yoki o‘xshash so‘zlardan foydalanilgan holda suhbatga turlicha, qo‘shimcha ma’no berish va askiyadan musobaqachi suhbatdoshini o‘zining fikrlash mahorati bilan mot qilish, lol qoldirish, shu bilan tinglovchilarni kuldirishdir.

Demak, hayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma’nolarda qo‘llanilishini yaxshi, foydali maqsadlar uchun keng foydalanish mumkinligini yuqoridagi misolda ko‘ramiz. Lekin bu ayniyat qonunining talablarini buzish emas, balki ularga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirilgan.

Ayniyat qonunining talablari, shartlari shundan iboratki, bir muhokama, mulohaza jarayonida, ma’lum bir vaqt davomida va ma’lum munosabat, boglanishda tushuncha, tezis, fikr boshlang‘ich ma’nosini saqlab qoluvchi, aynan bo‘lmog‘i zarur. Albatta, turli vaqtda turli munosabat va bog‘lanishda fikr o‘z ma’nosini o‘zgartirish, boshqacha ma’noda qo‘llanmog‘i mumkin. Bu ayniyat qonuni tomonidan man etilmaydi. Demak, ayniyat qonuni fikrning ma’no birligi, aynanligi, vaqt aynanligi va munosabat aynanligini talab etadi.

Agar bu shart-sharoit bo‘lmasa, ayniyat qonuni o‘z ta’sirini yo‘qotadi.

Ayniyat qonuni hech qachon tafakkurning rivojlanishi, tushunchalar va bilimimizning o‘zgarib, boyib borishini inkor etmaydi. Aksincha, har qanday fan, shuningdek, mantiq fani ham inson bilimining turli ilmlarning mazmuni amaliy, ishlab chiqarishning rivojlanishi asosida boyib borishini nazarda tutadi.

Ayniyat qonuni talablari - aynanlik, muayyanlik prinsipi cheksiz mazmunini kengaytirib yuborish, uni real predmet, hodisalarga ko‘chirish, mutlaqo noto‘g‘ri, g‘ayriilmiy xulosalarga olib keladi.

Ayniyat qonunining talablari har bir tafakkur shaklining o‘ziga xos bo‘lgan konkret qoidalariga, konkret holda o‘z ifodasini topadi.


Download 49,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish