10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat»



Download 75,08 Kb.
bet16/22
Sana06.07.2021
Hajmi75,08 Kb.
#110584
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Tariflash (yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib beradigan mantiqiy amaldir. Tarif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismni mazmuni ochib berilishi lozim bo‘lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa, aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. Masalan, «mantiq to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fandir» degan tarifda «Mantiq» aniqlanuvchi qismni, qolganlari esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Tariflash bilishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishda yordam beradi: 1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko‘rsatadi; 2) tushunchani ifoda qiluvchi so‘zning (terminning) manosini ochib beradi; 3) termin hosil qilishga imkon beradi. YUqoridagi vazifalardan qaysi birining hal qilinishiga qarab nominal va real tariflar farq qilinadi.

Nominal tariflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning manosi aniqlanadi. Masalan, «Mantiq grekcha «logos» so‘zidan olingan bo‘lib, tushuncha, fikr, so‘z, qonuniyat kabi manolarga ega», desak, mantiq tushunchasiga nominal tarif bergan bo‘lamiz. «Til belgilarini o‘rganuvchi fan  semiotikadir», degan tarif ham nominal tarifga misoldir.

Real tarifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom – moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», real tarifdir.

Real tarif aniq va noaniq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Aniq real tarif predmetlarning muhim belgilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib beradi. Noaniq real tarifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Masalan, o‘qigan parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning manosini lug‘atdan foydalanmasdan, boshqa so‘zlarning manosiga qarab aniqlashimiz mumkin.

Aniq real tarifning ikkita asosiy turi mavjud: 1)  yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali tariflash; 2)  genetik tarif.

YAqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali tariflash real tarifning eng ko‘p ishlatiladigan turi bo‘lib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. SHu tariqa uning mazmuni qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, yani uning tur belgisi ko‘rsatiladi. SHu tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, bizning oldimizda «metafora» tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, deylik. Bunda, avval aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u «so‘z» tushunchasidir. «Metafora so‘zdir» deyish bilan «so‘z» tushunchasi mazmunida fikr qilinadigan muhim belgilarning metaforaga ham tegishli ekanligini ko‘rsatamiz, yani «metafora» tushunchasi mazmunini tashkil etuvchi umumiy belgilarni aniqlaymiz. Ko‘chirma manoda ishlatilishi esa, metafora sifatida ishlatilayotgan so‘zning tur belgisi, yani individual belgisi hisoblanadi. Bu tur belgini yaqin jinsga qo‘shib «Metafora ko‘chirma manoda ishlatiladigan so‘zdir», degan to‘la tarif hosil qilamiz. SHu tariqa eng qisqa yo‘l bilan, yani yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish bilan tushunchaning mazmunini aniqlaymiz.

Real tarif chin yoki xato bo‘lishi mumkin asl hukmdan iborat4 


Download 75,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish