Ishga qabul qilish jarayoni
Yangi xodimni ishga qabul qilish xodimning o`zi uchun qancha muhim bo`lsa, tadbirkor uchun ham shunchalik muhimdir. Bu jarayon o`zaro foydali munosabatlaming boshlanishi bo`lishi mumkin, ammo qator xatolar ham shundan boshlanishi ehtimoldan xoli emas.
Kadrlar qo`nimsizligiga ta`shkil etuvchi ikki omil, xohlovchlarni izlab topish va ular orasidan keyingi tanlovni amalga oshirishdan iboratdir. Bo`sh ish o`rni mavjudligi haqida e`lon berish usullari, arizalar bilan ishlash, da`vogarlar bilan suhbatlashish, yangi xodimni tanlash va o`z ish o`rniga ko`nikishini amalga oshirish tadbirkorning kadrlar qo`nimsizhgi oldini olishga qaratilgan urinishlari unsurlari sifatida namoyon bo`ladi.
Korxonaning potensial xodimlari manbalari:
boshqa turdosh korxonalar xodimlari;
«...talab etiladi» kabi e`lonlar;
ishga joylashtirish markazlari;
o`quv muassasalari;
bundan oldin qo`l ostingizda ishlagan xodimlar;
mavjud ishchilar.
Tanlov jarayoni:
ma`lum shaklda berilgan arizani ko`rib chiqish;
suhbat o`tkazish;
har xil so`rovlar;
ariza beruvchining qobiliyatlarini tekshirish.
Xodimni yo `naltirish jarayoni
Odatda, yangi xodimlar birinchi ish kunidanoq, korxona bilan tanishib chiqishadi. Yangi xodimlar korxona jamoasining boshqa a`zolariga tanishtirihshi, korxona ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishtirilishi va ularning amalga oshiradigan faoliyati korxona umumiy faoliyatida qanday o`rin egallashi tushuntirilishi lozim. Birinchi qarashda bu jarayon uncha ahamiyatga ega emasdek tuyuladi, ammo kelajakda bu mablag` va vaqt tejash imkoniyatini berishi shubhasiz.
Yangi xodim yo`l-yo`riq va yo`nalishga ega bo`lib, darhol ishlashni boshlashi muhimligini unutmang. Ishda to`g`ri yo`nalish berish yangi xodimning kelajakda yanada samarali faoliyat olib borishiga va korxonangizga bog`lanib qolishiga imkon beradi.
Yo`naltirishning to`rt asosiy qoidasi mavjud:
xodimni korxona bhan tanishishga tayyorlash;
xodimga o`z ish joyi va mashg`ulotini ko`rsatish;
uni ishda kuzatish orqah sinovdan o`tkazish;
xodimni o`z ish joyida muqim qoldirish.
Xodimga yo `nalish berishga tayyorlashning olti omili mavjud bo`lib, ular quyidagilardir:
ish bhan tanishtirish;
ishlab turgan xodimni murabbiy sifatida biriktirish;
oddiy «halokatli vaziyat» orqali tekshirishga tayyorlash;
tayyorlash reja-grafigini tuzish;
ish joyini tayyorlash;
yangi xodimning kunlik ishni qanday bajarayotganini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |