№10. MAVZU: IQLIM O’ZGARISHINING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Reja
1.Iqlim ўzgarishi unga moslashuv
2. Iqlim o’zgarishiga moslashish strategiyasi
3. Moslashuv imkoniyatlar tengsizligi
Tayanch iboralar: Rejalashtirilgan va o’erativ moslashuv, iqlim o’zgarishiga moslashish strategiyasi, moslashish qobiliyati, moslashuv imkoniyatlar tengsizligi, moslashuvga misollar.
Biz iqlim o’zgarishining ehtimoldan xoli bo’lmagan va bo’lishi muqarrar holatlariga yetarli tayyorgarlik ko’rishimiz zarur. Aholi, tijoriy tuzilmalar, hukumat, tabiatning o’zi tabiiy ta’sirlarga doimiy ravishda mustaqil, boshqalarning yordamisiz moslashadi. Odamlarga xo’jalikni yangicha yuritish ko’nikmasini singdirish, tabiiy ta’sirlarga moslashib yashashni o’rgatish lozim. Ammo bunday moslashuv barcha hududlarda va iqtisodiy sektorlarda qo’l kelmaydi. Buning uchun iqlim o’zgarishini atrof-muhitga, iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy oqibatlarni baholash kerak, ya’ni bo’lishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar va zararlarni kamaytirish uchun har bir sektorda baholashni va o’z vaqtida oldini olish strategiya va choralarini qabul qilish lozim.
Moslashuv — tizim yoki ob’ektni ro’y bergan yoki kutilayotgan o’zgarishlar muhitiga moslashishdir. U real oqibatlarni jarayonida yoki keyingi namoyon bo’lishida boshlanishi mumkin .
Iqlim o’zgarishlariga moslashuv rejalashtirilgan va bexosdan (rejalashtirilmagan) bo’lishi mumkin. Rejalashtirilgan moslashuv oldindan boshlangan bo’lishi mumkin va bu uning afzalligidir.
Salbiy ta’sirlarga faol moslashuvi iqlimning uzoq muddatli o’zgarishlariga qaramay yaqin muddatda zararni kamaytirishga imkon yaratadi. Ma’lum joyda alohida olingan bironta tizimga kelajak ta’sirini aniq aytish qiyin. Iqlim o’zgarishining ta’sirini va moslashuv variantlarida noaniqlik ko’’ligidan muammo kelib chiqadi. CHunki, aholi soni o’sishi, iqtisodiyot, texnologiyalar, ekologik krizis kabi qator ‘arametrlarni inobatga olish lozim. Ular iqlim kabi vaqti o’tishi bilan o’zgarib turadi. O’zgarishlarning moslashuviga kerak bo’lgan ‘otentsial ta’sirni va strategiyalarni yaxshi anglab olish uchun, tegishli tadqiqotlar va kuzatuvlarni o’tkazish shart.
Olimlar iqlim o’zgarishiga moslashuv uchun quyidagi strategiyalarni ajratib ko’rsatib, taklif qildilar:
zarar yetkazishni bartaraf etish va qisqartirish;
zarar yetkazishga uni taqsimlash sharoitida yo’l qo’yish, negativ holatlar vaqtga (maxsus fondlar yaratish) yoki hududlarga (jabr ko’rgan hududlarga yordam ko’rinishida) qarab bo’linadi;
jabr ko’rgan yoki o’zgargan tizimlarni tiklashga yo’naltirilgan o’zgarishlar;
oilalarni rejalashtirish yoki tug’ilishni nazorat qilish.
Ko’p hollarda moslashuvga yordam beruvchi strategiyalar, masalan, tabiiiy resurslarni boshqarish tizimini takomillashtirish yoki ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlash uchun juda muhimdir. Emissiyaning qisqartirish moslashuvni rejalashtirishning ajralmas qismi bo’lishi shart va agar biz qanchalik erta zarur chora-tadbirlarni qo’llasak, shunchalik chiqimlarning oldini olgan bo’lamiz. Bu keng masshtabli yoki qimmat qarorni tanlaganimizda qo’l keladi, masalan, qaysi turda bino yoki yo’llar qurish, yangi qo’riqxonlani qaerga joylashtirish yoki gidroelektrostantsiya qurish. Bugungi kunda moslashuv bilan bog’liq ko’’gina rejalashtirilgan va investitsiyalangan qarorlarni qabul qilish yaqin o’n yillik va kelajak avlod uchun mavjud variantlar harajatlariga katta ta’sir qilishi mumkin. Bir xil ‘aytda oldindan moslashish rejalashtirish kam harajat yoki umuman harajatsi ham katta foyda keltirishni kafolatlashi mumkin. Hammasi shundoq ko’rinib turibdiki, biz hamma harakatlarni birlashtirsak ham baribir moslashuv katta miqdorda real mablag’ni talab qiladi va kutilayotgan zararni to’liq qo’lashga imkonini bermaydi. Barcha davlatlar iqlim o’zgarishiga moslashishiga majburlar. Davlat va fuqarolar oldida ochilayotgan moslashuv yo’nalishlari va tanlash imkoniyatlari ko’’gina omillar bilan belgilanadi. Iqlim o’zgarishi bilan bog’liq tabiiy xavf mamlakat yoki regionga qarab o’zgaradi.
Moslashuv bo’yicha ko’’gina choralar iqlim o’zgarishidan qat’iy nazar insonlarga yordam beradi. Masalan, qurg’oqchilik va dovullar kabi iqlim xavflariga moslashuv bugungi kunda zaif aholiga foyda keltiradi va o’z navbatida bu kelajak avlod tomonidan qadrlanadi. Moslashuv bo’yicha analog choralarni iqlim bilan bog’liq bo’lmagan, balki biologik xilma-xillik bog’liq mavjud stresslarni ko’rib chiquvchi dasturlarga kiritilishi mumkin. Xatto rejalashtirilgan moslashuv ham barcha ta’sir jiqatlarini qamrab olmaydi. Agar iqlim o’zgarishi mavjud miqdordan oshib ketsa, noyob va zaif tabiiy va ijtimoiy tizimlar (masalan, aboregenlar) zarar ko’radi.Ayniqsa ekstremal tabiiy hodisalar bilan bog’liq xavflar va juda katta masshtabli onda-sonda uchraydiga hodisa, masalan g’arbiy Antarktida muzlik shitini buzilishi yoki Golg’fstrimni to’xtashi kabilarga munosabat bildirish ancha qiyinlashadi.
Bugungi kunda mavjud moslashish modellari zamonaviy talablarga javob bermaydi va uni batafsil o’rganishi talab qiladi. Iqlim o’zgarishiga va uni yumshatish choralari bilan moslashishni samarali bo’lishi XXI asrda insoniyatni rivojlanishiga quyidagisharoitlar kiradi:
10.1-jadval
Tabiiy tizimlar
|
Zararlarni oldini olish
|
Oqibatlar va o’zgarishlar
|
Vegetatsion davrning davomiyligi; ekotizim tarkibida; suv resurslarini taqsimlashda’
|
Ijtimoiy tizimlar
|
xususiy
|
Sug’urtalash, fermer xo’jaligida dehqonchilik yerlarini qayta taqsimlash. Iste’mol tizimini o’zgartirish
|
Erdan foydalanish amaliyotini o’zgartirish; sug’urtalashning tartibi va shartlari; koditsionerlar olish, resurslarni va ulardan foydalanish darajisini qisqartirish
|
davlat
|
Oldindan ogohlantirish tizimi i; yangi qurilish kodekslari, loyiha standartlari;aholini ko’rish sabablari; resurslardan oqilona foydalanish; yangi tabiiy ‘ark va qo’riqxonalarni joylashtirish; qonunchilik bazasini o’zgartirish
|
Kom’ensatsion to’lovlar, subsidiyalar; qurilish kodekslarining bajarilishini ta’minlash; yangi ekologik texnologiyalarni ishga solish va ishlab chiqish, iqtisodni va davlatning ijtimoiy siyosatin yo’naltirish
|
Moslashuv iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan zarur strategiya hisoblanadi. Iqlim o’zgarishiga moslashish rejalashtirilgan yoki tasodifan tarzda namoyon bo’ladi. Bugungi kundagi iqlim o’zgaruvchanligi, jumladan, qurg’oqchilik yoki suv toshqinlari kabi ekstremal iqlim hodisalari turli ko’rinish va miqyosdagi salbiy oqibatlarini olib kelmoqda. Iqlim o’zgarishining davomiyligidan qa’iy nazar unga moslashishga nisbatan bafarq bo’lmaslik jadal suratlarda ijtimoiy-iqtisodiy zararlarni kamaytirishga yordam beradi. Samarali strategiyalarni huquq, moliya, iqtisod, texnologiya, umumiy ta’lim sohalaridagi g’oya va yutuqlar asosida hamda o’qitish va tadqiqot yo’llari bilan amalga oshirish kerak. Biz bugun bunday salbiy oqibatlarga qanchalik jamiyatimizni ji’slashtirsak va sog’lom tabiiy muhitni yaratish yo’lida ish olib borsak, shunchalik kelajakka tayyor va dunyoni barqaror bo’lishiga erishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |