10-Mavzu: Go’daklik va ilk yosh davrida psixik rivojlanish Reja


Ma’lumki, bolaning ilk tarbiya yoshidagi davri butun sezgi a’zolarining jadal taraqqiy etish davri, ya’ni senzitiv davr



Download 28,58 Kb.
bet2/5
Sana17.07.2022
Hajmi28,58 Kb.
#811057
1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil pisixologiya

2.Ma’lumki, bolaning ilk tarbiya yoshidagi davri butun sezgi a’zolarining jadal taraqqiy etish davri, ya’ni senzitiv davr hisoblanadi. Aslini olganda bolaning uch yoshgacha bolgan davri senzitiv taraqqiyotining boshlanish davridir. Bu davrdan boshlab bolaning turmush tajribasi orta boradi. Bolalarning tashgi olamni bilishdagi aktivliklari ortgan sari ular bir-birlaridan individual jihatdan farq qila boshlaydilar. Buning sababi shundaki, har bir bola maxsus sharoitda oziga xos ravishda aktivlik ko‘rsatadi va tevarak-atrofidagi turli-tuman narsa va hodisalarni bilishga harakat qiladi. Bu esa ularda har sohaga doir o‘nlab savollarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Mana shularning barchasi bolaning ilk yosh davrila boshlanadigan haqiqiy senzitiv davr uchun asos yaratadi
Ilk yosh davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yo‘q bo‘lganligi uchun uni hamma narsa qiziqtiradi. U o‘zining kundalik tinimsiz harakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda kiyinish, yechinish, ovqat yeyish, yuvinish kabi harakatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Ilk yosh davridagi bola o‘zining kundalik harakatlari davomida hech bir erinmay, ko‘z o‘ngidagi hamma narsalarni tekshirib ko‘radi. Natijada juda ko‘p yangiliklarni bilib oladi, o‘zining sezgi va idrokini, tasavvur va xotirasini, tafakkur va nutqini, hissiyot va xayolini – umuman hamma psixik jarayonlarini rivojlantiradi.
Ilk yosh davridagi bolalarda nutq juda tez rivojlana boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bola bir necha so‘zlarni aniq talaffuz qila oladi va atrofdagi kattalarning gapiga tushuna boshlaydi. Nutqning o‘sishi, ya’ni so‘zlay bilish qobiliyati bolaning butun psixik taraqqiyotiga, undagi barcha psixik jarayonorlarning va psixik xususiyatlarning o‘sishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ilk yosh davridagi bolaning psixik taraqqiyotida asosan ikkita omil – erkin harakatlar va nutq katta ahamiyat kasb etadi.
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorning tobora takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va harakat kabi) uning har kungi xilma-xil harakatlari davomida turli narsalarga bevosita to‘qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Bola yoshiga to‘lib yura boshlagach, harakat sezgilarining rivojlanishi uchun juda keng imkoniyatlar maydonga keladi. Bu yoshda bola ko‘p narsalarni o‘zi mustaqil ravishda qo‘liga olib ushlab, timirskilab ko‘radi, stulga chiqib tushadi, karavot tagiga kiradi, quti va eshiklarni tartib bilan ochib yopadi. Ana shuning uchun bola yurgandan so‘ng uning predmetlarni bilish doirasi juda kengayib, har kungi tinimsiz harakatlarida juda ko‘p narsalarni bilib oladi va uning harakat sezgilari ham takomillashadi hamda fazoni va fazoviy munosabatlarni (baland, past kabi) anglay boshlaydi. Ilk yoshiga kelib bolaning barcha sezgi a’zolari tuzilishi jihatidan deyarli to‘la takomillashgan bo‘ladi. Ilk yoshda ko‘proq sezgi a’zolarining markaziy qismlari takomillashadi. Ilk yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan miya po‘stida har qanday qo‘zg‘alishning keng irradiatsiyalanish (yoyilish) xususiyati qisman bog‘cha yoshidagi davrda ham saqlanib qolgan bo‘ladi. Bu esa bolalarda farq ajratish sezgilarining takomillashuviga to‘sqinlik qiladi.Shuning uchun, 2–3 yoshli bolalar narsalarning farqini tez ajrata olmasliklari tufayli har bir narsani bevosita ushlab, timirskilab ko‘rishga bo‘lgan intilishlari bog‘cha yoshidagi davrda ham qisman saqlanib qoladi. Keyinchalik turmush tajribasining birmunchaortishi bilan ko‘rish va eshitish sezgilari teri, muskul va harakat sezgilaridan (ya’ni narsalarni hamisha bevosita timirskilabko‘rishdan) ustunlik darajasiga ko‘tariladi.
Ikki yoshga yaqinlashib qolgan bolaning idrokida narsalarni bir-biridan farqlash juda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bola suratda tasvirlangan it, ayiq, qarg‘a, koptok, mashina va hokazolarni bemalol tanib, ajrata oladi. 2–3 yoshli bolalarning idroklarida ayrim fazoviy elementlar ham ko‘rina boshlaydi. Masalan, ular narsalarning kattakichikligini farqlay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar «katta», «kichik» so‘zlarini hali ayta olmasalar ham bunday tushunchani imo-ishora va allaqanday ovoz chiqarish bilan ifodalashga intiladilar. Katta narsalar haqida qo‘llarini baland ko‘tarib «u-uu» deyishlari kichkina narsalarni ifodalamoqchi bo‘lganlarida esa «burunlarini bujmaytirib, ko‘zlarini yarim yumib, ingichka ovoz chiqarib «i-i-i» deyishlari mumkin. Ilk yoshidagi bolalarning nutqni egallashlari idrokning yana ham rivojlanishi uchun juda katta imkoniyat tug‘diradi. Nutqni egallagan bola idrok qilayotgan narsalarning nomini ataydigan bo‘ladi. Bu idrokning onglilik darajasini yanada o‘stiradi. Ana shu davrdan boshlab bola endi nutq orqali ham (ya’ni narsalarning nomini eshitish orqali) idrok qila oladigan bo‘ladi. Bola nomini bila olmagan narsalari haqida «Bu nima?», «Buning oti nima?» deb savol bera boshlaydi. Ilk yoshidagi bolalarda vaqtni idrok qilish juda sodda, ya’ni boshlang‘ich holatda bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar faqatgina hozirgi zamon vaqti bilan yashaydilar. Ular shu kunni, ayni shu daqiqani yaxshi tasavvur etib, o‘tgan va kelasi zamonni noaniq, pala-partish tasavvur etadilar. Eng ko‘p ishlatiladigan vaqt tushunchalaridan «kecha», «bugun», «ertaga» va «indinga» kabilarni ham ko‘pincha almashtirib yuboradilar. Vaqt tushunchalarini idrok qilishdagi bu qiyinchiliklar bolalarda ko‘pincha bog‘cha yoshining dastlabki davrlarida ham saqlanib qoladi.
Ilk yosh davridagi bolalarda diqqatning ixtiyorsizligi va beqarorligi ularda tormozlanish jarayonining hali kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda tormozlanishga nisbatan qo‘zg‘alish jarayoni kuchli (ustun) bo‘lganligi sababli qo‘zg‘alish jarayoni bilan tormozlanish jarayoni muvozanatlasha olmay, qo‘zg‘alish ustunlik qiladi va bosh miya yarimsharlarining tobora yangi-yangi qismlariga tarqalib ketaveradi. Ana shuning uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga chalg‘ib ketaveradi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u
o‘yinchoqni juda qiziqib ko‘ra boshlaydi. Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Ilk yoshdagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologik nuqtayi nazaridan ularda hali tormozlanish jarayonlarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata olmaydi. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo‘lib tuyilaverganidan ularning diqqatlari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Bola ko‘z o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyilgani sababli ham diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M. Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh-u 8 oylik) «Echki va uning bolalari» haqidagi ertakni zo‘r qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘ri kelib eshikni taqillatgani hikoya qilinganda, Sasha bo‘rining qanday taqillatganini ko‘rmoqchi bo‘lib, devorga «tap-tap» etib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shu qadar mahliyo bo‘lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo‘yadi.
Ilk yosh davridagi, ya’ni ikki yoshga to‘lib uch yoshga qadam qo‘ygan bolalarda diqqatning ixtiyoriy turi ham rivojlana boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarda ko‘rinadigan ixtiyoriy diqqat alomatlari katta odamlarning buyruq va topshiriqlarini bajarishbilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarda rivojlana boshlaydi.
Ilk yosh davridagi bolaning yoshi ulg‘ayib, atrof-muhitdagi turli-tuman narsalar haqida tasavvurlari ko‘paygan sari uning xotirasi ham tez rivojlana boshlaydi. Bu yoshdagi bolaning xotirasi asosan ixtiyorsiz xotiradir. Har kimning o‘z tajribasidan ma’lumki, ikki-uch yoshlik davridagi ko‘rgan-bilgan narsalari esida yaxshi saqlanib qolmaydi, chunki bu yoshda turmush tajribasi hali juda oz bo‘ladi hamda esda olib qolishda hech qanday sistema bo‘lmaydi. Shu sababli esda olibqolish tufayli yuzaga kelgan assotsiatsiyalar muvaqqat aloqalar lokal xarakterga ega bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, bu yoshda esda olib qolingan narsalar uzun-yuluq, ya’ni bir-biri bilan bog‘lanmagan bo‘ladi. Shu sababli bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan, yakka-yakka holda yuzaga kelgan muvaqqat aloqalarni tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham odatda «men es-es bilaman» yoki «sal-pal esimda qolgan» deb gapiriladi.
Ilk yosh davridagi bolalar tafakkurining o‘sishiga nutq juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, til bilan tafakkur o‘zaro uzviy bog‘liq jarayonlardir. Lekin bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda hali tom ma’nodagi tafakkur bo‘lmaydi. Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o‘ziga xos xususiyatlarga hamda konkret xarakterga egadir. Ular ayni chog‘da idrok qilib turgan narsalari haqidagina juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarda harakat elementlari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning tafakkurini ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi. Bunda kattalar harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatni qanday bajarishni o‘rgatadilar, bolani «olib kеl», «joyiga qo‘y», «rasm chiz», «ushlab tur» kabi so‘z birikmalaridan iborat topshiriqning mohiyati bilan tanishtirib, kеyin unga harakatni bajarish yo‘llari («Qalamni mana bunday ushla», «Avval qo‘lingga ol», «Oldin o‘ng qo‘ling bilan tut», «Qoshiqni bunday ushlab og‘zingga olib bor» dеb) ko‘rsatiladi va asta-sеkin bola bu harakatlarni o‘zlashtirib, bajarishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bolada prеdmеtli harakatni o‘stirish murakkab jarayondir. Ilk bolalik davri amaliy harakat tafakkuri vujudga kеladigan davr hisoblanib, qo‘l jarayonlari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Jismlar bilan turli harakatlarni o‘zlashtirishda ulardagi muhim va o‘zgarmas alomatlarni ajratish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, natijada umumlashtirish va umumiy tushunchalarni o‘zlashtirish jarayoni ro‘y bеradi. Ko‘rsatmali-harakat tafakkuri kichik yoshdagi bolalarga, ya’ni ko‘proq endi tili chiqqan 2–3 yoshli bolalarga xosdir. Bu yoshdagi bolalar konkret narsalarni harakatlantirish, har tomonlama timirskilab, sinchiklab ko‘rish orqali tafakkur qiladilar. Ularning tafakkurlarida albatta so‘zlar ishtirok qiladi. Lekin konkret ko‘rgazmali harakatlar so‘zlardan ustunlik qiladi. Agar bolalarning oldidan harakatlantirib o‘ynayotgan narsalari olib qo‘yilsa, ular faqat so‘zlar orqali (ya’ni konkret narsalarsiz) tafakkur qilmay qo‘yadilar. 2–3 yoshli bolalar turli narsalar bilan o‘ynar ekanlar, ular bu narsalarni oldindan o‘ylay olmaydilar, o‘z xatti-harakatlarini hali oldindan rejalashtira olmaydilar. Kichik yoshdagi bolalar konkret, ya’ni ko‘z o‘ngidagi narsalarning harakatiga qarab fikr yuritadilar. Ana shuning uchun ularning tafakkurlari ko‘rgazmali harakat tafakkuri deb yuritiladi. Kichik bolalarga xos bo‘lgan ko‘rsatmali harakat tafakkurini nutq orqali, tushunchalar orqali amalga oshiriladigan tafakkurga tayyorgarlik davri desak bo‘ladi.
Ilk yosh davrining oxiriga kelib, ya’ni bolaning uch yoshga to‘lisholdida bola nutqdan aloqa vositasi sifatida bemalol foydalanaoladigan bo‘ladi. Bolaning bunday xususiyatlarga ega bo‘lib borishiuning psixik taraqqiyotiga va, ayniqsa, tafakkuriningrivojlanishigakuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar tili chiqa boshlagachdastavval o‘ziga eng yaqin bo‘lgan kishilar va eng ko‘p ko‘radigannarsalarning nomini, masalan «oyi», «opa», «dada», «ada», «ma»,«ol», «ber» kabi so‘zlarni aytadilar. Ikki yoshga to‘lgan bolako‘rgan narsalarini so‘z bilan ifodalab, idrok qilayotgannarsalar ning ma’nosini yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi. Bola endi ayrimuzuq-yuluq so‘zlardangina emas, balki sodda gaplardan foydalanaboshlaydi. Biroq, bu yoshdagi bolaningtovush chiqarish apparatihali yetarlicha takomillashmagani sababliuning talaffuzida anchakamchiliklar uchraydi. U ayrim so‘zlarni katta odamlardekaniq va to‘g‘ri talaffuz eta olmaydi. Bundan tashqari so‘z zaxirasiyetishmasligitufayli imo-ishoralardan foydalanadilar. Shuninguchun ayrim hollarda endi gapira boshlagan bolaning tiligatushunishqiyin bo‘ladi. Buni vaziyatli (situativ), ya’ni ayni shusharoitbilan bog‘liq bo‘lgan nutq deb yuritiladi Bolaningbundayo‘ziga xos tilini uning eng yaqin odami bo‘lmish onasi va otasiginatushunadi. So‘z boyligi orta borgach, bolaning o‘ziga xos bo‘lgansituativ tili haqiqiy, ya’ni hamma uchun tushunarli tilga aylanadi.

Download 28,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish