10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati
Reja:
1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari
2. Dunyo bo‘yicha korrupsiya holatining tasnifi
3. Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-son
“O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari” farmonidagi davlat dasturi va asosiy vazifalar
.
Tayanch tushuncha:
Korrupsiya, “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi”,
poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, mulkni o‘zlashtirish, fitna, hokimiyatni
suiste’mol qilish, PF-5618 son farmonni
1.Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari
. Qadim
yunon faylasufi Aristotel ta’kidlaganidek: Hokimiyatga pul bilan erishgan odam
undan daromad olishga intiladi. Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor
kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik
chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi
yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa
boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana
davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham
insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keldi.Tarixiy
ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi XXIV
asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, lekin
taassufki, barcha sa’y-harakatlar zoe ketgan. Keyingi zamonlarda ham
korrupsiyaga qarshi qancha-qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun
topdi.
Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari Hindistonda
yaratildi. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi”
kitobi davlatni boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib,
o‘sha davrning siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga
davlatni tuzish, boshqarish va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash
ham mumkin. Kitob muallifi sifatida brahman Kautile nomi (u Chanakya ismi
bilan ham mashhur) zikr etiladi. “Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga
bag‘ishlangan. Bo‘limda korrupsiya “o‘zlashtirish” iborasi orqali izohlanadi:
“Shohning shaxsiy yoki boshqa mulklariga qo‘l cho‘zish o‘zlashtirishdir. Bu
holatda narxi yuqori bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun o‘lim jazosini
qo‘llash, narxi o‘rtacha bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun ularni undirib
olish, narxi past bo‘lgan mulklarni o‘zlashtirganlik uchun ularni qaytarib olish
jazolarini tayinlamoq lozim”. “Artxashastra”da poraxo‘rlikning qirqta turi tasnif
etiladi. Korrupsiyaning oldini olishga javobgar mansabdor shaxs vaqti-vaqti bilan
xalq to‘planadigan joylar vabozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi
aytiladi: “Biron bir boshliqdan zarar ko‘rganlar bo‘lsa, shu haqda bizga xabar
bersinlar”.
Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan
biri Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora
oluvchiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini
ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham
Alloh la’natlasin!".
Alisher Navoiyning zamondoshi, podshoh Husayn Boyqaroning voizi Husayn
Voiz Koshifiy o‘zining “Axloqi muhsiniy” asarida shohzodaga nasihat tariqasida
quyidagi pandni bergan edi:
“Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki,
to bir kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora
olishga sabab bo‘lsa, pora olishga ruxsat bergan bo‘ladi. Pora berish va pora olish
haromdir. Va pora olgan pora bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi
beruvchi oldida zabun bo‘ladi”.
XX asrga kelib Shvesiya, Singapur, Yangi Zelandiya, Shveysariya kabi
mamlakatlarda korrupsiyani qattiq jilovlashga muvaffaq bo‘lindiki, mazkur
davlatlar fuqarolari va davlati orttirgan tajriba barchani korrupsiyaga qarshi
kurashga ruhlantirmoqda.
Ijtimoiy hayotdagi korrupsiyaning amal qilish sohalari. Hozirgi davrdagi
“korrupsiya” (
lotincha
: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — tushunchasini
sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan, “shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni
suiiste’mol qilish” ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy
sababini keltirish odat tusiga kirdi:
1.- Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya
ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo
bo‘ladi.
2.- Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi.
Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi,
mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq
vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani
rag‘batlantiruvchi omillardir.
3.- Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch
keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud
ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga
cho‘ziladi. Shunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar
ochiladi.
4.- Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi
tufayli davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi.
Bunday sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan
taqdirda ham institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.
-Korrupsiya konturlari va oqibatlari: Korrupsiya deganda, umumiy ma’noda,
shaxsiy boylik orttirish va shaxsiy manfaati yo‘lida shaxsga ishonib topshirilgan
lavozimini qasddan va noqonuniy suiiste’mol qilish tushuniladi.
-Korrupsiya boshqaruvning barcha darajalarida uchraydi: global, milliy va
mahalliy. Barcha turdagi agentlar (jismoniy shaxslar, korxonalar, davlat
xizmatchilari va siyosatchilar) korrupsiyaga ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda jalb
qilinishi mumkin.
-Korrupsiya turli shakllarga ega: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, mulkni
o‘zlashtirish, fitna, hokimiyatni suiste’mol qilish, xushomadgo‘ylik, sovg‘a,
qarindoshlik, homiylik va boshqalar.
-Korrupsiyaning holatiga turli omillar: ijtimoiy va madaniy sharoit, institutsional
va tashkiliy tuzilmalar, siyosiy muhit, shuningdek iqtisodiy va tarkibiy o‘zgarishlar
siyosati ham ta’sir qiladi.
-Yirik korrupsiya deganda, amaldagi davlat siyosatini yo‘qqa chiqaradigan,
hukumat darajasida amalga oshiriladigan siyosiy va hukumat rahbarlariga xalq
hisobidan manfaat ko‘rishga imkon beradigan harakatlar tushuniladi.
-Mayda korrupsiya deganda, odatda kasalxonalar, maktablar, militsiya bo‘limlari
va boshqa joylarda asosiy xizmatlardan foydalanishga uringan oddiy fuqarolar
bilan aloqa qilishda hokimiyatning quyi va o‘rta bo‘g‘inlari mansabdor
shaxslarining kundalik ishonchli vakolatlarini suiiste’mol qilishlari tushuniladi.
-Siyosiy sohada korrupsiya demokratik tamoyillarga o‘tish jarayonini to‘xtatadi,
siyosiy maqsadlarni umummilliy rivojlanish maqsadlariga emas ayrim
guruhlarning maqsadlariga tobe qiladi, qonun ustuvorligini buzilishiga, siyosiy va
sud institutlari faoliyatining samarasi tushishiga, mamlakat obro‘sining tushishiga
va haqiqiy siyosiy raqobatning yo‘qolishiga olib keladi, shu bilan hokimiyatga
ishonch susayadi, uni jamiyatdan uzoqlashtiradi.
-Iqtisodiy sohada korrupsiya davlat mablag‘lari va resurslarining samarasiz
taqsimlanishi va sarflanishiga, biznesni yuritishda ko‘p vaqt va moddiy
xarajatlarga, moliyaviy va tijorat xavflarining o‘sishiga, narxlarning o‘sishiga,
raqobat muhitining yomonlashishiga, xufiyona iqtisodiyotning o‘sishiga, soliq
tushumlarining
kamayishiga,
investitsion
muhitning
yomonlashishiga,
investitsiyalarning kamayishi va umuman mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining
pasayishiga olib keladi.
-Ijtimoiy sohada korrupsiya ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlikning kuchayishi,
hokimiyatning byudjet sohasiga zarar yetkazuvchi “zarbalar” (“otkat”)lar tufayli
ijtimoiy
muammolarni
yechishga
qodir
bo‘lmay
qolishi,
uyushgan
jinoyatchilikning kuchayishi va jamoatchilik ko‘z o‘ngida qonunning
obro‘sizlanishiga olib keladi. Bu axloqiy me’yorlar mohiyatining yo‘qolishiga va
ijtimoiy keskinlikning o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Korrupsiya qanday o‘lchanadi?
O‘zbekistonda korrupsiya dinamikasi va buning sabablari haqida. Uni qanday
o‘lchash va u bilan qanday kurashish mumkin? O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi
kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi 16 ta davlat qatoriga
kiradi
Korrupsiyani o‘lchash rasmiy muomaladan resurslarni chiqib ketishi va davlat
boshqaruvidagi muammoli sohalarni aniqlashga yordam beradi. Davlat xazinasidan
yo‘qotilgan pul miqdorini hisoblash bilan bir qatorda, korrupsiya to‘g‘risidagi
ma’lumotlar davlat va jamoat institutlarining alohida e’tiborini talab qiladigan
qonunchilik tizimining sifati, qonunlarga muayyan sohalarda amal qilinishi, davlat
siyosatining samaradorligi kabi davlat boshqaruvining muammoli sohalari haqida
xabar beradi. Korrupsiya to‘g‘risida nisbatan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish
tufayli hukumat davlat xizmatlarini taqdim etishdagi tengsizlik, qashshoqlik va
izolyasiya, shuningdek, pul olib chiqish (otmivaniye), soliq to‘lashdan bo‘yin
tovlash va poraxo‘rlikka yo‘l ochib beradigan moliyalash tizimidagi bo‘shliqlar
(lazeykalar) kabi qator masalalarni hal qilish uchun samaraliroq siyosat va tartibga
solish vositalarini ishlab chiqishi mumkin.
Bugungi kunda dunyoda korrupsiya darajasini o‘lchashning beshta asosiy usuli
qo‘llaniladi. Ularning barchasining afzalliklari ham, kamchiliklari ham mavjud.
Zero, korrupsiya to‘g‘risida aniq ma’lumot olish juda qiyin, ushbu faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi barcha shaxslar ko‘p hollarda kimligi ochiqlanishini
xohlamaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |