10-mavzu: detallarni plastmassa va elimlardan foydalanib ta’mirlash va kavsharlash. Umumiy ma’lumotlar


Polimer materiallar yordamida detallarni ta’mirlash



Download 125,82 Kb.
bet4/6
Sana15.02.2023
Hajmi125,82 Kb.
#911449
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

10.2. Polimer materiallar yordamida detallarni ta’mirlash
Hozir mashinalarni ta’mirlashda detallardagi mexanik nuqsonlar (darzlar, yorilgan, singan joylar va hokazo) ni bartaraf etishda, detallarning eyilgan sirtlarini tiklashda, detallarni elimlab birlashtirishda turli sintetik ashyolar (plastmassalar) dan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Buni texnologik jarayonning va zarur uskunalarning oddiyligi, mehnatning kam sarflanishi, plastmassalarning fizik-mexanik xossalarining etarli darajada yuqori ekanligi, ularning arzonligi bilan izohlash mumkin.
Plastmassalar tarkibini asosan polimerlar tashkil etadi.
Polimer ashyolar tabiiy gaz, neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan gazsimon mahsullar, koksokimyo va yog‘ochni qayta ishlashdagi chiqindilar va boshqa ashyolardan olinadi.
Polimer ashyolar asosan ikkita komponentdan: polimerlarning xossalariga ta’sir etuvchi bog‘lovchi va to‘ldiruvchi komponentlardan tuziladi.
Polimer ashyolarning muhim xossalari shundan iboratki, ularning vazni kam; ancha mustahkam; yeyilishga chidamli; egiluvchan kimyoviy ta’sirlarga chidamli; ishqalanishni kamaytirish (antifriksion) xossalari yuqori; tok o‘tkazmaslik xossasi kuchli; titranishga chidamli; plastmassalarning ba’zilari etarli darajada issiqqa bardoshli bo‘ladi.
Plastik massalar (plastmassalar) asosi sun’iy (sintetik) yoki tabiiy smoladan iborat bo‘lib, u bog‘lovchi ashyo vazifasini bajaradi va ularning kimyoviy, mexanik, fizik va boshqa xossalarini belgilaydi.
Plastmassalar tarkibini tashkil etuvchi asosiy qism bo‘lgan polimer barcha komponentlarni bog‘laydi.
Plastmassalar tarkibiga bog‘lovchi elementdan tashqari to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, qotirgichlar, rang beruvchilar, katalizatorlar (tezlatgichlar) va ularga maxsus xossalar beruvchi boshqa qo‘shimchalar ham kiradi.
Barcha polimerlar ikkita katta guruhga: reaktoplastlar (termoraktiv) va termoplastlar (termoplastik polimerlar) ga bo‘linadi.
Reaktoplastlar me’yoriy haroratda suyuq yoki qattiq holatda bo‘lishi mumkin. Ular ma’lum haroratgacha qizdirilganda qovushoq-oquvchan holatga keladi. Qizdirish davom ettirilganda ular qotadi va qanday harorat bo‘lishiga qaramay, o‘z holatini o‘zgartirmaydi. Bu jarayon qayta tiklanmaydi, chunki reaktoplastlarni qaytadan plastik holatga o‘tkazib bo‘lmaydi.
Termoplastlar me’yoriy haroratda qattiq holatda bo‘ladi. Qizdirganda yumshaydi, bu holatda ularga istalgan shaklni berish mumkin. Termoplastlar sovitilgandan keyin yana qotadi; qayta qizdirilganda o‘z plastik holatini saqlaydi, ya’ni keyinchalik yana foydalanishga yaroqli bo‘ladi.
Mashina detallarini tiklashda reaktoplastlardan ED-16 va ED-20 epoksid smolalar keng qo‘llaniladi. Bu epoksidlar och-sariq rangli qovushoq suyuqlikdan iborat. Detallarni tiklashda epoksid birlashmasi ishlatiladi. Bunday birlashmalar tarkibiga epoksid smoladan tashqari qotirgichlar, plstifikatorlar va to‘ldirgichlar ham kiradi. Qotirgichlar epoksid smolani qayta tiklanmaydigan qattiq holatga keltiradi. Qotirgichlar sifatida polietilenpoliamin va amonofenol (AF-2) ishlatiladi. Epoksid smola bunday qotirgichlar bilan uy haroratida ham qattiq holatga o‘tadi. Qotish jarayonini tezlatish uchun bu jarayon 60-700S haroratda amalga oshiriladi.
Epoksidli tarkibning plastiklik xossalarini oshirish uchun ularga dibutilftalit (DBF), past (kichik) molekulali alifatik smola DEG-1 va tiokol NVB-2 kabi plastifikatorlar qo‘shiladi. Epoksidli tarkibga zarur fizik-mexanik xossalar berish uchun unga po‘lat yoki Cho‘yan kukunlari, alyuminiy upasi, slyuda talk, asbest, shuningdek grafit kukunlari kabi to‘ldirgichlar qo‘shiladi.
Termoplastlardan polietilenlar, polipropilenlar, polistirollar, viniplastlar, poliamidlar va ftoroplastlar ko‘p ishlatiladi. Bu ashyolar metallar bilan yopishadi, etarli darajada mustahkam, yeyilishga chidamli bo‘ladi. Ular sanoatda donador shaklda chiqariladi.
Termoplastlar tiklangan detallar sirtiga purkab yoki bosim ostida quyib yopishtiriladi. Qattiqligini, yeyilishga chidamliligini va boshqa xossalarini oshirish uchun poliamid smolalarga grafit, talk, molibden disulfidi va metall kukunlari kabi to‘ldirgichlar qo‘shiladi,termoplastlar, shuningdek, katta bo‘lmagan detallarni, kuzovning armaturalarini va hokazolarni tayyorlashda ham ishlatiladi.
Polimer ashyolarning fizik-mexanik, dielektrik,ishqalanishni oshiruvchi yoki kamaytiruvchi xossalarini kamaytirish,issiqqa chidamliligini oshirish va cho‘kish miqdorini kamaytirish, shuningdek arzonlashtirish uchun masalan, metall kukunlari, portlandsement, ip-gazlama, shisha soda, qog‘oz, asbest,slyuda, mayda tosh to‘ldirgichlar qo‘shiladi.
Polimerlarning egiluvchanligini oshirish uchun ular tarkibiga dibutil fetalat, kamfora, olein kislotasi, demital va dietilftalat va boshqa plastifikatorlar qo‘shiladi. Bu polimerlarga ishlov berganda ularning egiluvchanligi, qovushoqligini va oquvchanligini yaxshilaydi.
Aminlar, magneziya, ohak kabi qotirgichlar (stabilizatorlar) polimerlarni qattiq va erimaydigan holatga o‘tkazadi.
Nigrozin, oxra, surik va boshqa rangbergichlar polimerlarga rang beradi.
Plastmassalar qattiq, yarimbikrli va yumshoq bo‘lishi mumkin:
a) qattiq, egiluvchan ashyolar kristall tuzilishiga ega bo‘lib, ularning egiluvchanlik moduli juda katta (200S da 1000 MPa dan ortiq) bo‘lib, uzilganda uning tuzilishi o‘zgarmaydi;
b) yumshoq plastmassalar - elastiklik moduli kam (200S haroratda 200MPa dan oshmaydi) bo‘lgan yumshoq va plastik ashyolardan iborat;
v) yarimbikr - tuzilishi kristall bo‘lgan, egiluvchanlik moduli o‘rtacha (200S da 400 MPa dan yuqori) va uzatilganda nisbiy va qoldiq o‘zgarishlari katta bo‘lgan qattiq egiluvchan ashyodan iborat.
Ta’mirlash korxonalarida quyidagi polimer ashyolar keng ko‘lamda ishlatilmoqda:

  1. kapronli smola, PP-610 poliamid, 68 poliamid - valiklar, vtulkalar, vkladishlar va podshipniklarni ta’mirlashda, shesternyalar, shkivlar va hokazolarni tayyorlashda ishlatiladi.

  2. ND polietileni, VD polietileni - detallar sirtini qoplashda va himoya detallari tayyorlashda ishlatiladi;

  3. S-2 fenilon - vallarning bo‘yinlarini, kulachok (mushtcha) li vallarni ta’mirlashda, yupqa qoplamalar hosil qilishda, podshipniklarning vkladishlarini ta’mirlashda ishlatiladi;

  4. polistirol - 650S gacha haroratda ishlaydigan detallarni tayyorlashda ishlatiladi;

  5. AG-4 voloknit - shesternyalarni, qistirmalarni tayyorlashda, yo‘naltirgichlarni ta’mirlashda ishlatiladi;

  6. tekstolit - shesternyalarni, qistirmalarni tayyorlashda, yo‘naltirgichlarni ta’mirlashda ishlatiladi;

  7. GEK-150 elastomor - detallarning qo‘zg‘almas birikmasini va qishloq xo‘jalik mashinalaridagi yig‘ma qismlarni ta’mirlashda ishlatiladi;

  8. ED-5; 6; 8; 10; 14; 20; 22 epoksid smolalar - korpus detallaridagi darzlarni va teshilgan joylarni, podshipniklar o‘rnatilgan joylarni, elimlanadagan – payvandlanadigan birikmalarni ta’mirlashda, detallar va yig‘ma qismlaridagi rezbali birikmalarni barqarorlash va ta’mirlashda ishlatiladi;

  9. 137-83 elastosil - detallar va yig‘ma qismlarni germetiklash va zichlashda ishlatiladi;

  10. BF-52T sintetik elim, VS-10T elim -etaklanuvchi shkivlarning ishqalanuvchi (friksion) ustqo‘ymalarini elimlab yopishtirishda ishlatiladi;

  11. BF-2, BF-4 elimlari - metallar va polimer ashyolarni elimlab yopishtirishda ishlatiladi;

  12. 88N elimi - rezinalarni va rezinani metallga elimlab yopishtirishda ishlatiladi;

Ta’mirlash korxonalarida polimer ashyolar detallar sirtiga
quyidagi usullarda yotqiziladi:

  1. mayda kukuncha holatda (muallaq) yupqa qoplash (masalan, ko‘pi bilan 0,75 mm eyilgan vtulkalar, valiklarni qoplash);

  2. cho‘ktirib qoplash (masalan, sirpanish podshipniklari, valiklar va boshqalar);

  3. qizdirib yopishtirish (masalan, sirpanish podshipniklari va boshqalar);

  4. suyuqlantirib qoplash (masalan, plug korpusining ag‘dargichi, kojuxlarning ichki sirtlari, shneklar va elevatorlar);

  5. botirib qoplash (masalan, valiklar, vtulkalar va boshqalar);

  6. markazdan qochirma usul (masalan, devorining qalinligi 5-10 mm bo‘lgan sirpanish podshipniklari, silindrlar, trubalar va boshqalar);

  7. gazlazmali usul (masalan, avtomobil qanotlari va kabinasi, pluglarning ag‘dargichlari va boshqalar);

  8. termoplastik ashyolar bilan bosim ostida qoplash (masalan, sirpanish podshipniklari, valiklar, shesternyalar, shkivlar, parraklar, klapanlarning turtkichlari, tormoz silindrlarining porshenlari va boshqalar);

  9. termofaol ashyolar bilan taxtakachlab qoplash (masalan, parraklar, shkivlar, shesternyalar, sirpanish podshipniklari va boshqalar);

  10. quyish usulida qoplash (masalan, shkivlar, sirpanish podshipniklari, valiklar, gidrotizimlardagi tormoz silindrlari va boshqalar);

  11. o‘rash usulida qoplash (masalan, valiklarning bo‘yinlari va boshqalar);

  12. elimlab qoplash (masalan, rezbali birikmalar, ilashish muftasining disklari, tormoz kolodkalari, qo‘zg‘almas birikmalar va boshqalar);

  13. to‘ldirish usulida qoplash (masalan, silindrlar bloki va dvigatellar silindrlarining kallaklari, uzatmalarni almashlab qo‘shish qutisi, qo‘zg‘almas va rezbali birikmalar va boshqalar).

Polimer qoplamalar detallarning eyilgan sirtlariga quyidagi tartibda yotqiziladi:

  1. qoplanadigan detalning sirti zanglardan tozalanadi;

  2. detalning qoplanmaydigan joylari suyuq shisha bilan qoplanib ajratiladi, folga, asbest bilan o‘rab qo‘yiladi, issiqqa bardoshli laklar bilan qoplanadi, tiqinlar bilan berkitiladi va boshqalar;

  3. qoplashga tayyorlangan sirt atseton yoki spirt bilan yog‘dan tozalanadi;

  4. detal elektrpechlarda, yuqori chastotali tok indukatorlarida yoki gaz gorelkasi yordamida polimerning suyuqlanish haroratidan 30-500S ga ortiq haroratgacha qizdiriladi.

Kukun purkash usullari; kamerali va oqimli bo‘lishi mumkin. Kamerali purkashga uyurma hosil qilib, titranma (tebranma), tebranma –uyurma, elektr maydonida purkash usullari kiradi. Oqim bilan purkashga gazplazmali, oqimli, elektr maydonida purkash usullari kiradi.
Uyurma hosil qilib purkash usulida kukun siqilgan havo oqimida “qaynovchi” suyuqlik xossasiga ega bo‘ladi, tebranma usulda esa, purkash kamerasi rezina tubining titrashi hisobiga uyurma harakatga keladi.
Gazplazmali purkash usuli metallashdagi purkashga o‘xshaydi.
Detallarga plastmassalarni taxtakachlab qoplashda taxtakachlanadigan shaklga o‘rnatilib, plastmassa quyish mashinasida unga taxtakachlab yopishtiriladi.
Mashina detallarini polimerlar bilan ta’mirlash uchun 20 m2 maydonli maxsus joylar tashkil etiladi. Bu joylarga termoplastik polimer ashyolardan buyumlar tayyorlash uchun DZ 127 (DZ 127-63, DZ 130-125) quyish mashinasi; plastmassalardan taxtakachlab buyumlar tayyorlash uchun gidravlik taxtakach, polimer kukunlari elektrostatik maydonda yotqizish uchun ko‘chma IERUP-1 uskunasi; UPN-6-63 gazplazmali purkash uskunasi; epoksidli tarkibni me’yoriyash va aralashtirish uchun OP-10584-GOSNITI uskunasi; elim surtish uchun OP-10588-GOSNITI mashinasi; plastmassalarni maydalash uchun motorli IPR-150M mashinasi; SNOL-3,5; 3,5/3 elektr quritish shkafi; chang havoni so‘radigan shkafli OP-2078 ish stoli; bir ish joyli ORG-060A montaj stoli; detallar va qismlar qo‘yish uchun ORG-1468-05-300B shkafi stol ustida turadigan VNS-2 siferblatli tarozi; polimer ashyolar turadigan ARPK-GOSNITI qutisi; kiyim shkafi; chiqindilar solinadigan yashik va o‘t o‘chirgich o‘rnatiladi.
Polimer ashyolar qutisida ED-16 smolasi, dibutilftalat, polietilenpoliamin bo‘ladi.
Qotirgichlar ikki sinfga-sovuqlayin qotirgichlar (16-200S da qotadi) va issiq qotirgichlar (40-2000S da qotiradi) ga bo‘linadi. Bu qotirgichlar smolalarga ularni bevosita ishlatish oldidan aniq hisoblangan miqdorda qo‘shiladi.
Epoksidli smola yordamida korpus detallardagi darzlar, yoriq, teshilgan va boshqa mexanik shikastlangan joylar ta’mirlanadi, shuningdek podshipniklar o‘tkaziladigan sitrlar tiklanadi.
Ish bajarish oldidan epoksidli tarkib (pasta) tayyorlanadi. Buning uchun epoksidli smola 50-600S haroratgacha qizdiriladi, ularga plastifikator qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra aralashtirib turgan holda pastaga zarur miqdorda to‘ldirgichlar qo‘shiladi. Olingan tarkib uy haroratigacha sovitiladi. Epoksid smolani ishlatishdan 30-40 minut oldin unga qotirgich qo‘shiladi.
Korpus detallardagi darzlarni yamashdan oldin bu sirtlar epoksid smolani surtishga tayyorlanadi. Payvandlashdagi kabi darzning ikki qirrasi 90-1200 burchak hosil qilib yo‘niladi, darzning oxirlarida teshiklar parmalanadi; qirralar oksidlardan tozalanadi, atseton, benzin kabi eritgichlar yordamida yog‘dan tozalanadi. So‘ng parmalangan teshiklarga asbest tiqinlar kirgiziladi va kapkir yordamida chokka birinchi yupqa epoksid smola surtiladi. Ikki qirrasi tozalangan chokka birinchi yupqa epoksid qatlami surtiladi, ikkinchi qatlam bilan chok butunlay yopiladi va uning ikki cheti 5-10 mm ga kengroq yopiladi. Pasta quritish shkafida 60-700S haroratda 4-5 soat davomida quritiladi.
YOrilgan joylarni yamashda uning ikki cheti yaltiratib tozalanadi. SHisha toladan ustqo‘yma qirqib olinadi. Ustqo‘yma o‘lchamlari shunday bo‘lishi kerakki, u yorilgan joyning chetlarini 15-20 mm kenglikda qoplaydigan bo‘lsin. YOrilgan joyning tozalangan va yog‘sizlantirilgan chetlariga yupqa qilib epoksidli tarkib surtiladi, uning ustiga shishatola qirqimi yotqiziladi va rolik bilan botiriladi. Ustqo‘yma ustiga epoksid pastasi surtiladi va u yana shishatola bilan yopiladi va hokazo. Qatlamlar soni yoriqning katta-kichikligiga qarab uch-besh qavat bo‘lishi mumkin. Oxirgi qatlamni surtgandan keyin pastaning qotishi uchun detal shkafda quritiladi.
Ustqo‘ymalar bak, radiatorning bakchasi va boshqa detallardagi yorilgan joylarga, ishqalanuvchi (friksion) ustqo‘ymalar tormoz kolodkalariga sintetik elim bilan yopishtiriladi. Buning uchun VS-350, BF-2, VS-10T, MPF-1, VK-200 markali sintetik elimlar, epoksid elim va boshqalar ishlatiladi.
Elimlash oldidan detallar sirti yaxshilab kirdan tozalanadi va eritgichlar yordamida yog‘sizlantiriladi va biroz g‘adir-budirli qilinadi.SHundan keyin elimlab yopishtiriladigan sirtlarga qalinligi 0,1 mm qilib ikki-uch qatlam elim surtiladi. Elimlar tarkibida (epoksid elimlardan boshqarlarida) bug‘lanuvchan eritgichlar borligi sababli har bir qatlam elim surtilgandan so‘ng ularni quritib olish kerak. Quritish vaqti elim markasiga bog‘liq bo‘lib, odatda undan foydalanishga oid qoidalarda ko‘rsatiladi.
Elim quritilgach, o‘zaro yopishtiriladigan sirtlar birlashtiriladi. SHunda elimning qotish tartibiga: sirtlarni bir-biriga bosish kuchiga, qotish haroratiga va vaqtiga aniq rioya qilish juda muhim. CHunonchi, VS-10T elimi ishlatilganda biriktiriladigan sirtlar 0,5-4 MPa bosim bilan siqilishi kerak. Birikma detalni 1800S haroratda 45 minut davomida qizdirib qotiriladi. Detallar elimlangandan keyin sekin sovitilishi lozim.
Sintetik elimlar bilan yopishtirish nisbatan oddiy va iqtisodiy jihatdan tejamli jarayon bo‘lib, etarli darajada mustahkamlikni ta’minlaydi.
Detal korpusidagi darzlarni epoksid smola bilan berkitishda darzning atrofi shilish-silliqlash mashinasida yoki jilvir qog‘oz bilan yoki shabar yordamida yaxshilab tozalanadi. So‘ngra reduktorning korpusi darz yuqoriga qaratilib, gorizontal joylashadigan qilib o‘rnatiladi.
Darz chegaralari 8-10 marta kattalashtiradigan lupa yordamida aniqlanadi, so‘ngra darzning oxirlarida chuqurcha yasab, markaz belgilanadi va diametri 2,5-3 mm li teshiklar parmalanadi. Qo‘l bormaydigan joylarda teshik parmalanmaydi. Kreysmeysel va bolg‘a yordamida darzning ikkala qirrasida 60-700 burchak yasab (chuqurligi 3 mm li), rax olinadi. Detal sirtidagi darzning atrofi 40-50 mm kenglikda yaltiratib tozalanadi va siqilgan havo bilan puflab tashlanadi. SHundan keyin zubilo yordamida kertiklar yasaladi, tozalangan joylar texnik atseton yoki B-70 aviatsiya benzini bilan yog‘dan tozalanadi va 8-10 minut davomida quritiladi. Elimlashga tayyorlangan joyga moy, suv va kir tushmasligi kerak. So‘ngra havo so‘rish shkafi bilan jihozlangan ish stolida epoksid smolali tarkib tayyorlanadi.
Epoksid smola banka bilan birgalikda termoshkafda yoki qaynoq suvli idishda 60-800S haroratda 15 minut davomida isitiladi (smolali banka ko‘pi bilan 900S gacha qizdiriladi). Smola kichik idish yoki qog‘oz piyolaga solinadi. Smola solingan piyolaga oz-ozdan plastifikator –dibutilftalat solinib, shisha yoki yog‘och tayoqcha bilan 3-5 minut davomida yaxshilab aralashtiriladi.
Hosil qilingan aralashmaga oz-ozdan to‘ldirgichlardan biri (temir kukun, alyuminiy upasi va boshqalar) qo‘shilib 5-8 minut aralashtiriladi.
Tarkibni ishlatishdan oldin unga belgilanganga muvofiq polietilenamin yoki A-19, AF-2 qotirgich qo‘shiladi va 5 minut davomida yaxshilab aralashtiriladi, bunda aralashmada qumoqlar va havo pufakchalari qolmasligi kuzatib boriladi.
Qotirgich qo‘shilgan tarkib 20-25 minut ichida ishlatiladi. Tayyorlangan bo‘tqa darzga va uning atrofida tozalangan joyga shpatel bilan surtiladi.
Tarkib surtilgach, quyidagi tartibda quritiladi: 18-200S haroratda 72 soat, 400S da- 48 soat, 600S da 24 soat, 800S da esa 5 soat quritiladi.
Bo‘tqa qurigandan keyin darzning yaxshi yamalganligi ko‘zdan kechiriladi yoki lupa bilan qarab tekshiriladi. Oqib qolgan elim pichoq bilan tozalanadi.
Kengligi 20 mm dan katta darzlarni yamashda bo‘tqa surtilgandan keyin darzning ikki chetini 20-25 mm kenglikda yopib turadigan qilib shishatoladan yasalgan lenta yopishtiriladi va rolikni dumalatib, zichlanadi. SHishalentaga shpatel yordamida yupqa qilib bo‘tqa surtiladi, ikkinchi lenta birinchi lentani 10-15 mm enliroq qoplaydigan qilib yotqiziladi va rolik dumalatib zichlanadi, lentaga yana bir marta bo‘tqa surtiladi va qotiriladi.
Ta’mirlash korxonasida plastmassani qayta ishlashning quyidagi usulllari ham qo‘llaniladi:

      • bosim ostida quyish ;

      • taxtakachlovchi shakl;

      • markazdan qochirma usulda quyish;

      • metall buyumlarga yupqa surtish va hokazo.

Bosim ostida quyish quyish mashinalarida bajariladi va u ashyoni me’yoriyash, qizdirish va suyultirib, taxtakachlovchi shaklga quyish bosim ostida ma’lum vaqt tutish, buyumni sovitish va taxtakachlovchi shakldan chiqarib olishdan iborat.
Purkash solishtirma bosimi ashyoning turiga bog‘liq bo‘lib, 60-200 Mn/m2 ni tashkil etadi. Bu davr (sikl) buyum hajmiga qarab 10-40 soat davom etadi.
Detalni termoreaktiv polimer ashyolardan tayyorlashda taxtakachlash usuli qo‘llaniladi. Bunday ashyo tarkibiga bog‘lovchi smolalar to‘ldiruvchi, rang beruvchi, qotishni tezlatuvchi moddalar kiradi.
Kukun yoki tabletka holidagi termoreaktiv ashyo taxtakachlovchi shaklga solinadi, bu erda u issiqlik va bosim ta’sirida yumshaydi va buyum shaklini oladi. Metall uchun zarur bo‘lgan harorat taxtakachga yoki taxtakachlovchi shaklga joylashtirilgan elektrik yoki bug‘li isitkichlar yordamida talab qilingan vaqtgacha saqlanadi.

Download 125,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish