2.Nazorat sub’ektlari – nazorat funksiyalarini bajaruvchi maxsus tashkilotlardir.
3.Nazorat ob’ektlari – moliyaviy-xo’jalik-tijorat tashkilotlari, birlashmalaridir.
Nazoratning uch turi mavjud: dastlabki nazorat, joriy nazorat va keyingi nazorat.
Dastlabki nazorat – bunda reja, dastur va smetalarning tuzilishi nazoratdan o’tkaziladi.
Joriy nazorat – maxsus organlar tomonidan tezkor amalga oshirib turiladi. Masalan buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalaridan biri nazorat bo’lib, ko’p jihatdan buxgalteriya hisobi tuzilmasini to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liq.
Keyingi nazorat – bu o’tgan davrdagi faoliyatni tekshirishdir, masalan xo’jalik faoliyatini kompleks taftish yoki moliyaviy audit.
Moliyaning qiymat xarakteriga ega bo’lishi moliyaviy nazoratni taqazo etadi. Bu moliyaning nazorat funksiyasidan kelib chiqadi va doimiy davlat boshqaruvini talab qiladi. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruvining maxsus tizimidir. Uning usullari, ko’rinishlari va o’tkazish tartibi doimo takomillashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |