10-mavzu: budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi reja


Budjet tashkilotlarda moliyaviy hisobotlar tarkibi



Download 278,09 Kb.
bet48/60
Sana03.05.2023
Hajmi278,09 Kb.
#934902
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60
Bog'liq
10-mavzu budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi

1. Budjet tashkilotlarda moliyaviy hisobotlar tarkibi.

Budjet tashkilotlarda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar ijrosi bo‘yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar” ga (O‘z.R AV. tomonidan 2011 yil 27sentyabrda № 2270-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) asosan tartibga solinadi.


Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi. Tashkilotlar set, shtat va kontingentlar rejalarini bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzib topshiradilar. Amaldagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda moliyaviy hisobotlar shakllariga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga


quyidagilar kiradi:



  1. Balans (1-shakl);




    1. Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);

162


  1. Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumot;




  1. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot;




  1. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot;




  1. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobot;




  1. Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot;

  2. Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobot;




  1. Nomoliyaviy aktivlarning harakati to‘g‘risida hisobot.

Agarda, tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u holda ushbu faoliyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga 2-shakl – “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”ni taqdim qiladilar.


Tashkilotlar tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:



  1. Balans (1-shakl);




  1. Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);

  2. Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumot;




  1. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot;




  1. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot;




  1. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobot;




  1. Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot.

Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Ushbu tushuntirish xatida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar ijrosi jarayonida vujudga kelgan asosiy omillar, jumladan, budjetdan ajratilgan mablag‘larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo‘lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va davri, agarda muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lar va ularning sarflanishi, shuningdek, tashkilot tomonidan hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qog‘oz to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘g‘irlik va kamomadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va moliyaviy hisobotlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo‘yicha moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarni (jumladan, tugallanmagan qurilish va o‘rnatiladigan asbob-


uskunalarni) qayta baholash bo‘yicha axborotlar ochib beriladi. Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o‘rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri


bilan tasdiqlanadi. Budjet tashkiloti bo‘lmagan, ammo budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (tegishli hududiy moliya organlariga) chorak (yil) uchun smeta xarajatlarining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)ni tegishli qonunchilik talablariga muvofiq


holda taqdim qiladilar.


Tashkilotlarni yo‘riqnomalar hamda boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, agar qonunchilikda boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari, hokimliklar boshqarmalari (bo‘limlari), boshqa yuqori turuvchi boshqaruv idoralari tomonidan amalga oshiriladi. O‘rnatilgan shakllar bo‘yicha buxgalteriya


163
hisobini yuritish va hisobotlar tuzish uchun vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash (sotib olish) tegishli moddiy-texnika bazasi mavjud bo‘lgan hollarda tashkilotlar tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin.


Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to‘ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo‘yiladi. Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari


asosida tuziladi.


Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:


-“Tashkilot nomi” rekvizitida tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladi;

-“Bo‘lim, kichik bo‘lim, bob” rekvizitida tashkilotning budjet tasnifining vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo‘linishi (belgilanishi) keltiriladi;


-“Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak, oy) ko‘rsatiladi;


-“Budjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan hisobot berilayotgan mablag‘ning manbasi O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifiga muvofiq mablag‘lar manbasi va budjetlar


darajasi tasnifining kodlari keltiriladi;


-“O‘lchov birligi” rekvizitida hisobot tuzilayotgan o‘lchov birligi keltiriladi.

Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi asosiy shartlar to‘liq saqlanishi lozim:


-hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag‘lari, asosiy vositalar, moddiy boyliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar natijalarining to‘liq aks ettirilishi;


-analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo‘lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi;


-moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda


rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarning asos bo‘lib xizmat qilishi.

Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy hisobotlar noto‘g‘ri


tuzilgan deb hisoblanadi.

Tashkilotlar jamlama moliyaviy hisobotlarni o‘zlari ko‘rib chiqqan tasarrufdagi quyi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda o‘zining moliyaviy hisobotlari asosida tuzadilar. Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, o‘sib boruvchi tartibda bitta o‘n xonali sonda ming so‘m hisobida tuziladi.Agarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo‘lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko‘rsatkichlar “minus” ishora bilan aks ettiriladi.


Budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni mazmuniga e’tibor beradigan bo‘lsak, shubhasiz balans (1-shakl) markaziy o‘rinni egallaydi va budjet tashkilotining ma’lum davrga barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘zida aks ettiradi.


Qolgan hisobot shakllari esa, mazkur balansda aks ettirilgan moliyaviy ko‘rsatkichlarni ayrimlarini detallashtirib, aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa, tashkilotlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni uzluksizligini, o‘zaro muvofiqligini


va tizimliligini ta’minlaydi.





Download 278,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish