10-mavzu: budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi reja


Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi



Download 278,09 Kb.
bet21/60
Sana03.05.2023
Hajmi278,09 Kb.
#934902
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Bog'liq
10-mavzu budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi

3.Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq budjet tashkilotlariga budjetdan tashqari mablag‘lar shakllantirish imkoniyati berilgan.


Ushbu qarorga muvofiq budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Moliya vazirligining G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet mablag‘lari bo‘yicha tejab qolingan mablag‘lar, faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar, balansida bo‘lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablag‘larning bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (beg‘araz yordam) hisobidan shakllantirilashi belgilangan. Shuningdek rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish, moddiy texnika ba’zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi belgilangan. Ta’lim muassasasining maxsus mablag‘lari bo‘yicha boshqa tushumlar ya’ni ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa


tushumlar hisobidan.


Tibbiyot muassasalarida tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari qonunchilikka muvofiq tegishli manbaalar hisobiga shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.


Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi haqida” Nizomga ko‘ra o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan mablag‘lar tushumi amalga


oshiriladi va hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.


Budjet tashkilotlarining maxsus mablag‘lari bo‘yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun


118
hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.


Maktabgacha ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda ota - onalardan mablag‘lar tushumi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.


Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari shakllanadi va ular hisobiga belgilangan tartibda xarajatlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari budjet tashkilotlarida tranzit mablag‘lari (Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan budjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar, O‘tgan yillar debitorlik summalarini kelib tushishi va boshqalar) tushumi va hisobdan chiqarilishi amalga oshiriladi.


Budjet tashkilotlari yuqorida keltirilgan manbaalar bo‘yicha hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobini yuritadi. Ya’ni xar bir manba bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ochiladi va g‘azna dasturiga kiritiladi.


Moliya organlari tomonidan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari uchun hisobvaraqlari quyidagi hujjatlar asosida ochiladi:





  1. moliya organi rahbari yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qo‘yilgan budjetdan mablag‘ oluvchining arizasi.

Agar, budjetdan mablag‘ oluvchi bir vaqtning o‘zida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lsa, tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun bir nusxada ariza, unga ilova qilib xizmat ko‘rsatiladigan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxati taqdim etiladi.





  1. budjetdan tashqari mablag‘larning tushumlari va xarajatlari limiti ko‘rsatilgan (tushumlari va mablag‘larning xarajat qilinish yo‘nalishlari limitlanmagan budjetdan tashqari mablag‘lari bundan mustasno) tegishli smeta xarajatlarining nusxasi.

Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi budjetdan mablag‘ oluvchilar xarajatlarining o‘rnatilgan tartibda hisobini yurituvchi va xizmat ko‘rsatuvchi budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun, xizmat ko‘rsatilayotgan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari xarajatlari hisobini yuritish uchun (budjet tasnifi xarajatlarining har bir paragrafi bo‘yicha tuzilgan umumiy xarajatlar smetasi asosida) hisobvaraqlar ochiladi.


Budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari uchun hisobvaraqlar ochish uchun ilgari budjet mablag‘lari bo‘yicha hisobvaraqlarni ochish uchun taqdim etilgan imzo namunalari kartochkalari ishlatiladi.


G‘aznachilik bo‘linmalari hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida shaxsiy hisobvaraqlar ochadi.


Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘larning kassa xarajatlari kelib tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi va budjet mablag‘lari kabi bir xil tartibda rasmiylashtiriladi.


G‘azna ijrosiga o‘tmagan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag‘lar manbalari bo‘yicha bankda alohida hisobvaraqlar ochadi va yuritadi.


Budjet tashkilotlariga g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan budjet tashqari mablag‘lari bo‘yicha shahsiy hisobvaraqda muomala amalga oshrilgan kun uchun ko‘chirmalar taqdim etiladi.


Ko‘chirmalar budjetdan tashqari mablag‘lar manbalari shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha alohida alohida budjet tashkilotlariga beriladi. Ushbu ko‘chirmalarga asosan budjet tashkilotlari buxgalteriyasida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib 3-memorial order – budjetdan tashqari mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma 381-shakl rasmiylashtiriladi. 3-memorial orderga asosan yozuvlar 308 –son shakldagi Bosh jurnal kitobiga tushiriladi. 308-son shakldagi bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi.


119
Buxgalteriya hisobida hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi 11 “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar” schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi:


110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar”;

  1. “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar”;




  1. “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari”;

  2. “Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar”;




  1. “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar”;

115 “Valyuta hisobvarag‘i”;

119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari”.





  1. “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirim qilingan ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag‘lari hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag‘larni kirimi, kredit tomonida

mablag‘larni sarflanishi, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.





  1. “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi haqida” Nizomga ko‘ra o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan mablag‘lar tushumi kredit tomonida bu mablag‘larni sarflanishi,


hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.


112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” subschyotida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha daromadlar va tushumlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining hisobi yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar) sotishdan tushumlar, ijara tushimlari, xomiylik mablag‘lari tushumi, yil yakuniga ko‘ra budjet mablag‘lari bo‘yicha iqtisod qilib qolingan mablag‘ni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi aks ettiriladi kredit tomonida ushbu mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.


113 “Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar” subschyotida tashkilotlarning eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jarimalar va penyalardan hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan tushumlar bo‘yicha mablag‘lari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, boshqa tushimlar summasi, kredit tomonida bu mablag‘larni sarflanishi , hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.


114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar” subschyotida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi yoki tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobga olinadi. Bu schyot asosan sud, prokuratura, boshqa xuquqni himoya qiluvchi organlarida ko‘proq qo‘llaniladi. Bu schyotni debet tomonida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag‘lar summalari, kredit tomonida bu mablag‘larni qaytarilishi aks ettiriladi.


Ushbu summalarning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.


115 “Valyuta hisobvarag‘i” subschyotida chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu subschyotning debet tomonida chet el valyutalarining kirimi, kredit tomonida esa, chet el valyutalarining chiqimi aks ettiriladi. Bu schyotning debet


120
tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari tushumi yoki ijobiy kurs tafovuti aks ettiriladi, kredit tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari sarfi yoki salbiy kurs tafovuti aks ettiriladi.


Chet valyutasi bo‘yicha mablag‘larning sintetik hisobi 381-son jamlanma qaydnomada (3-memorial orderda), analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) chet el valyutasi turlari bo‘yicha alohida holda yuritiladi. 119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalaridan kirim qilingan mablag‘lar va boshqa pul mablag‘lari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan budjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar va boshqa mablag‘lar tushumi kredit tomonida bu mablag‘larni sarflarishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.





Download 278,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish