№3 xona - cho‘zinchoq penalda bakteriyalarga qarshi №2 vositadan ja’mi 15 ta tabletka bo‘ladi. Bular radiatsion nur ta’sir ettanidan so‘ng me’da-ichak faoliyati buzilgan paytda ichiladi; dastlab 7 ta tabletka, keyin 2 kecha-kunduz mobaynida har kuni 4 tabletkadan ichiladi. - №3 xona - cho‘zinchoq penalda bakteriyalarga qarshi №2 vositadan ja’mi 15 ta tabletka bo‘ladi. Bular radiatsion nur ta’sir ettanidan so‘ng me’da-ichak faoliyati buzilgan paytda ichiladi; dastlab 7 ta tabletka, keyin 2 kecha-kunduz mobaynida har kuni 4 tabletkadan ichiladi.
- Bakteriyalarga qaraga №2 xonadagi vosita yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida ichiladi, chunki nur ta’siriga yo‘liqqan organizmning himoya xususiyati susayib, shunday kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
- №4 xona - oq qopqoq bilan berkitilgan pushti rangli ikkita penalda radiatsiyadan himoya qiluvchi №2 vositadan 12 ta tabletka bo‘ladi. Radiatsion shikastlanishdan saqlanish maqsadida "Radiatsion xatar!" degan ogohlantiruvchi signalga muvofiq, nur ta’sir qila boshlashidan 30 - 60 daqiqa oldin yoki fuqaro muhofazasi xodimlari alohida tayinlagan vaqtda bir yo‘la bta tabletka ichiladi.
- №5 xona - bo‘yalmagan ikkita panelda bakteriyalarga qarshi №2 vositadan jami 10 ta tabletka bo‘ladi. Bakterial vositalarning yuqish xavfi tug‘ilganida yoki kasallik yuqib, odam jarohatlanib, kuyib qolganida shoshilinch muhofaza chorasi sifatida shu tabletkadan 6 tasini, oradan 6 soat o‘tgach, yana 6 tasini ichishi shart.
№6 xona - oq rangli panedda radiatsiyadan himoa qiluvchi №2 vositadan ja’mi 10 ta tabletka bo‘ladi. Radiofaol moddalardan zaharlangan joylarda o‘tlab yurgan sigirlarning sutidan foydalaniladigan bo‘lsa, 10 kun davomida har kuni bir donadan ichiladi. - №6 xona - oq rangli panedda radiatsiyadan himoa qiluvchi №2 vositadan ja’mi 10 ta tabletka bo‘ladi. Radiofaol moddalardan zaharlangan joylarda o‘tlab yurgan sigirlarning sutidan foydalaniladigan bo‘lsa, 10 kun davomida har kuni bir donadan ichiladi.
- №7 xona - oq rangli panealda jami 5 ta tabletka bo‘lib, ular qusishga qarshi vositadir. Odamning boshi lat yegani, silkinganida yoki birlamchi nur reaksiyasi ta’siri natijasida paydo bo‘lgan qusishning oldini olish maqsadida shu tabletkadan bir donadan ichiladi.
- Umuman olganda, mazkur shaxsiy dori qutichasidagi tibbiy vositalar 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va har safar katta yoshdagi kishilar dozasining 1 /4 qismi miqdorida, 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa, 1/2 qismi miqdorida beriladi. Radiatsiyadan himoya qiluvchi №2 vositalar bu hisobga kirmaydi, bu vositalar bolalarga to‘liq dozada beriladi. Quticha qopqog‘ining ichki tomonida qaysi xonada qanday tibbiy vositalar borligi ko‘rsatilgan, shuningdek, ularni qanday ishlatish zarurligi haqida eslatma ham bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |