Information procedure
- Axborot jarayoni. Axborotni yaratish, olib-
yig'ish, saqlash, himoyalash, izlash, uzatish, taqsimlash, undan foydalanish yoki
unga ishlov berish jarayonlaridan biri.
Information (data) integrity
- Axborotning butunligi. Axborotning axborot
jarayonlari davomida uni beruxsat o'zgartirish yoki yo'qotishga yo'l qo'ymaslik
xossasi.
Information availability
- Axborot qobilligi. Axborotning unga nisbatan
ruxsat berilgan axborot jarayonlarini bajarilishiga yaroqlik va tayyorlik xossasi.
Information distortion
- Axborot buzilishi. Axborotning axborot
jarayonlari davomida xalal beruvchi tashqi ta'sirlar yo jarayon vositalari va
ishtirokchilarining tasodifiy xatolari yo qasddan qilingan ishlar tufayli o'zgarib
qolishi.
Information modification
- Axborot modifikatsiyasi. Axborot mazmuni yo
xmiqdorining axborot jarayonlari davomida o'zgarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |