10-ma’ruza: Xiva adabiy muhitidagi madaniy hayot reja: XVII-XVIII (I yarmi) asrlarda ijtimoiy-siyosiy hayot. Tarixnavislik. Xalq kitoblari. Sayyodiy va uning Tohir



Download 58,89 Kb.
bet7/9
Sana31.08.2021
Hajmi58,89 Kb.
#160283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-ma'ruza

O'shal kunkim qalam ilkimga tutdim,

Bu mushkul ish uchun qonlarni yutdim, —

deydi u. Sayyodiy asari markazidagi ana shu gumanistik g‘oyalar uning ma“rifiy-tarbiyaviy ahamiyatini belgilaydi.

Sayyodiy o‘z asarida xalq ommasining Tohir va Zuhralar erkini himoya qilib chiqishlari epizodini ham beradi. Mehnatkash fuqaro ikki yosh taqdiri haqida qayg‘urib, g‘azabga keladi, nohaq azob tortayotgan Tohimi ozod etish niyatida zolim Boboxon bilan yuz lashadi.

Shoir dostondagi Tohir, Zuhra, Shohixibon, Mohim, Odilshoh kabi ijobiy obrazlami samimiyat bilan tasvirlaydi, ular siymosida o‘z davri ijtimoiy hayoti haqiqatlarini berishga intiladi.

Tohir yuksak axloq egasi, ideal oshiqdir. U sof muhabbatni, sadoqat va vafodorlikni o‘z umrining mazmuni deb biladi. U yoshlik chog‘idanoq ilm-hunar o‘rganishga intiladi, dono va aqlli yigit bo‘lib yetishadi. Tohir Zuhraga boigan pok insoniy sevgisini oliy darajada qadrlab, uni har narsadan ham ustun qo‘yadi:

Sansizin jannatga borsam, xonai zulmat erur,

Nolayu afg‘on etib, bir mohi tobon istaram...

Gar nasib bo‘Isa bihisht, borsam, visoling bo ‘Imasa, Naylayin, volloh, kerakmas hum g'ilmoni menga.

Tohir Odilshohning go'zal qizi Mohim unga muhabbat izhor qilganida ham, shoh unga toju taxt in“om etganida ham bulaming barchasidan bosh tortadi, o‘z niyati, shirin orzularining amalga oshishi yo'Iida har qanday qiyinchiliklami yengishga intiladi, mardlik va jasorat ko‘rsatadi.

Zuhra ham ozodlikka intiluvchi, o‘z ahdi va sevgisiga vafodor insondir. Ha, Zuhraning samimiy ishq yo'lida chekkan mashaqqatlari, nola-fig‘onlari, ko‘z yoshlari uning tengsizlik va xo'rlikka qarshi isyonidir. Jamiyatdagi jaholat Zuhraga o‘xshash minglab husn-malohatda, odob va kamolotda yetuk bo‘lgan xotin- qizlaming huquqlarini, orzu-umidlarini poymol etgandi.

Sayyodiy dostonda sevishgan yoshlarga g‘ov bo'lgan zolim Boboxon bilan Qora Bahodir kabi salbiy obrazlami ham yaratdi. Boboxon o‘z ahdini buzib, qizi Zuhraning xohishiga qaramay, uni makkor va zolim Qora Bahodirga tortiq qiladi, Tohimi esa shafqatsizlik bilan qatl ettiradi. Asardagi Odilshoh obrazi esa, mamlakatni adolat, tadbir bilan idora etish, fiiqaro ahvoliga achinish kabi xislatlari bilan Boboxon va Qora Bahodir obrazlariga qarama-qarshi turadi. Bu bilan shoir Sayyodiy Sharq adabiyotidagi adolatli va adolatsiz hukmdorlar to‘g‘risidagi o‘z o‘tmishdoshlari konsepsiyasini ma“qul!ab, uni o‘z davri sharoitiga ko‘ra talqin etadi, adolat va adolatli hukmdor haqidagi ezgu orzularini ilgari suradi.

Shoiming voqea va qahramonlarga munosabati, taassurot va xulosalari lirik muqaddima, lirik chekinish va lirik xotimalarda ifodalanadi. Shoir o‘z vasfi va oshiq kechinmalari tasvirida garchand ba’zan qofiya va vazn saktaliklariga, quruqroq tasvirlarga yo‘l qo‘ygan bo'lsa ham, asosan original o‘xshatishlar, tashbihlar, jonlantirish va boshqa badiiy usullardan foydalanadi, an’anaviy obrazlaiga yangi tus beradi. Sayyodiy Tohiming Zuhraga bo'lgan muhabbatini yorqin ifodalash va intonasiyani kuchaytirish maqsadida tanosub san’atidan hamda takror usulidan foydalanadi:

Ki Zuhra jonu, man jononasiman,

Ki Zuhra sham“u, man parvonasiman.

Ki Zuhra bog‘u, man bog‘ning guliman,

Ki Zuhra gul erur, man bulbuliman.

Ki Zuhra shamsu, man bir mohi anvar,

Ki Zuhra bahri ishq, man durru gavhar.

Sayyodiy mahoratiga xos bir xususiyat shundaki, u o‘z qahramonlarining saiguzashtlarini hikoya qilish, ulaming ishqiy dunyosi, ruhiy kechinmalarini chuqurroq ochishga alohida e’tibor beradi. Qahramonlaming qalb tug‘yonlari, ichki kechinmalarini ravon va sodda lirik g'azallar orqali ifodalaydi. Bu g‘azallaming ayrimlarida psixologik tasvir ancha kuchli bo‘lib, u ruhiy azoblar iskanjasida qiynalgan Tohir, Zuhra, Shohixubon kabi obrazlarning qalb jarohatlarini, mungli va hazin nolalarini, ruhiy dramatizmini ifodalashga xizmat ettiriladi.

Sayyodiyning «Tohir va Zuhra» asaridagi g‘azallarda, ko‘pchilik o'zbek shoirlari ijodidagidek, ulug‘ o'zbek shoiri Alisher Navoiyning va mashhur ozarboyjon shoiri Muhammad Fuzuliyning ta’siri sezilib turadi. Buni shoiming «Koshki» radifli g'azalida ham ko'rish mumkin:


Download 58,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish