« Sanobar* qissasi. Xalq kitobi «Sanobar» o'zbek va turkman xalqlari orasida «Gul Sanobar», «Kitobi Sanobar», «Sanobarjon», «Dostoni shahzoda Sanobar» nomlari bilan qo‘lyozma hamda toshbosma nusxalarda keng tarqalgan, sevib o‘qilgan.
Bu asaming turkman xalq kitobi sifatida yaratilgan namunasining avtori XVIII asr turkman adabiyotining taniqli vakili Shaydoyidir. Bu asar kitobiy manba: XVI—XVII asrlarda maydonga kelgan fors- tojik tilidagi «Gul va Sanobar” asosida yaratilgan bo‘lib, nasr va nazmda yozilgan. Voqealar bayoni nasrda berilib, qahramonlaming ruhiy holatlari, munosabatlari nazmda, xalq poetik ijodiga xos bo‘lgan to‘rtliklar hamda aruz vaznida yozilgan muxammas formalarida ifodalangan. Shunga ko'ra, asaming tili va poetikasi, tasviriy ifodalarida ham xalq og‘zaki ijodi bilan klassik adabiyot an’analari uyg‘unlashib ketgan.
«Sanobar»ning o'zbek xalq kitoblari shaklidagi variantlari syujet chizig‘i, mazmuni va boshqa xususiyatlari bilan Shaydoyi asariga nihoyatda yaqin turadi. Hatto aytish mumkinki, tili va ayirm detallari bilan farq qiladi, xolos.
Asarda shahzoda Sanobar, Gulparizod, Zevar, Mehrangiz o‘rtasidagi ishqiy sarguzashtlar hikoya qilinadi.
Chin mamlakati podshosi Xurshidshohning yakkayu yagona o‘g‘li Sanobar tushida Shabiston shahrining hukmdori Farruxning qizi — Gulga oshiq bo‘lib qoladi. Ishq, hijron o‘tida qiynalib, qizning visoliga erishish niyatida otasidan safarga ijozat so'raydi. Otasi safar taraddudi uchun kerakli hamma narsani hozirlatadi. Vazir Zevar hamrohligida 500 yigit bilan Sanobar yo‘lga tushadi. Ammo Ummon dengizida ko‘tarilgan to‘fon oqibatida kema suvga g‘arq bo'ladi, yigitlaming hammasi halok bo'lib, ko‘p mashaqqatlar bilan bo‘lsa ham faqat ikki do‘st — Sanobar bilan Zevargina omon qoladi. Lekin ular bir-birlarini topisha olmaydi. Sanobar Mehrangizning ko‘shkidan chiqib qolib u yerda qirq qalandar bilan uchrashadi. Dev va ro‘dapolar bilan jang qilib, g‘olib keladi. U ko‘p qiyinchilik va mushkulliklardan so‘ng Simurg qushning ko‘magi tufayli shahri Shabistonni topib, Gulparizodning visoliga yetishadi. Bir qancha vaqt o'tgandan so‘ng Sanobar Gulparizod hamda Mehrangiz parini olib vataniga — ota-onalari huzuriga qaytadi.
Ko‘rinadiki, «Sanobar» ishqiy-romantik xarakterdagi xalq kitoblaridan bo‘lib, voqealaming g‘aroyib vaziyatlarda kechishi, qahramonlar sarguzashtlarida ertaklarga xos sehrli-fantastik holatlaming uchrashi e’tibori bilan qissaxon va tinglovchilami o‘ziga rom etgan.Undagi ko‘pgina motivlar shu tipdagi boshqaasarlarda ham uchraydi. Shu jihatdan, dastawal. «Qissai Sayfulmuluk» asari ahamiyatlidir. Har ikkala asarda ham qahramonlar tushlarida afsonaviy uzoq yurtda yashovchi go‘zal parizodlami ko'rib, sevib qolishadi, uni qo‘lga kiritish uchun yo'lga chiqishib, turli-tuman to‘siqlami yengishib, ajoyib-g‘aroyib sarguzashtlami boshdan kechirishib, o‘z murodu maqsadlariga erishadilar. Yo‘lda uchragan boshqa bir pari qiz esa ularga ko‘maklashib, voqealar finalida oshiqlaming sevgilisiga aylanadi.
Bunday motivlar, syujet chiziqlari ishqiy-romantik ruhdagi xalq kitoblarining hammasiga xosdir. «Sanobar» kitobining dastlabki voqealari «Qissai Sayfulmuluk» dostoni voqealarini eslatadi. Sanobarning tushida Jamol (Gul) pariga oshiq bo'lishi, bir necha kema yasatib, do‘sti Zevar va yigitlari bilan yo‘lga chiqishi, dengizda to‘fon ko‘tarilib, kemalarning halokatga uchrashi, omon qolganlarning taxta-poraga ilashib qirg‘oqqa chiqishi, Simurg4 qushning oyog‘iga ilashib uchishi, zangilarga asir tushish epizodlari Sayftilmulukning ham boshidan o‘tgan voqealardir.
«Oshiq Giarib va Shohsanam». Bu xalq kitobining versiyalari boshqa turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar yozma va og‘zaki adabiyotlarida ham mavjud. U turli o'lkalarda «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «G‘arib va Shohsanam», «Shohsanam va G‘arib», «Qissai Oshiq G‘arib va Shohsanam» kabi nomlar bilan keng tarqalganligini aniqlash masalasida har xil qarashlar hukm surib kelmoqda. Agar ozarboyjon olimlaridan H.Arasli va S.Yoqubov «Oshiq G‘arib» dastlab Ozarboyjonda yaratilgan, XVI asrda yashagan G‘arib taxallusli oshiq shoiming kuylab yurgan termalari doston, xalq kitobi variantining yuz aga kelishiga zamin bo‘lgan desalar, Ko‘ro‘g‘li, S.A.Andreev —Krivich hamda A.Ishaev asaming kelib chiqishi 0‘rta Osiyo, jumladan, Xorazm bilan aloqador deyishadi. Albatta, bu dostonning o'zbekcha versiyasi dastawal Xorazmda yaratilganligi shubhasizdir. Chunki boshqa xalqlar folklori va yozma adabiyotida ayrim asarlarni, ba’zi syujet, motiv va obrazlarni o‘zlashtira borib, ularga o‘z davri ruhi, mahalliy va milliy an’analarini singdirib asarlar yaratish Sharq poeziyasiga xos muhim xususiyatlardan biridir.
Doston matnlarida Xorazm dialekti unsurlarining mo‘lligi, asaming deyarli hamma o‘rnida qo‘l ma’nosida «al» qo‘llanishi, «- lik» suffiksining «-li» tarzida ishlatilishi va hokazolar buni yaqqol ko‘rsatib turadi. Asarda «-1i» qo'shimchasi ba’zan «-digan» qo'shimchasi o‘mida:
Do'stlaringiz bilan baham: |