Bulutli hisoblashning afzalligi – xususiy IT - infratuzilmani (qurilmalar, xizmatlar, OS va dasturiy ta'minot) sotib olish, saqlash va modernizatsiya qilish, bulutdagi infratuzilma va xizmatlarni tezkor joylashtirish, natijada yangi mahsulotlarni bozorga chiqarish muddatini qisqartirish, IT -mutaxassislar uchun xarajatlarni kamaytirish hisoblanadi. Ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari (ma'lumotlar markazi yoki data-markazlar) va bulutli ma'lumotlar ombori. Ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari yoki data-markazlar - bu muhandislik tizimlari (elektr ta'minoti, xavfsizlik, ma'lumotlarni uzatish va dispetcherlik) ga asoslangan samarali hisoblash uskunalari majmuasi bo'lib, mijozlarning hisoblash tizimlarini joylashtirish va ularning uzluksiz ishlashini ta'minlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |