10.3. Otuvchi perfaratorlarning guruhlari va ularning kamchilliklari.
Otuvchi perforatorlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: - ekspluatatsion
himoya tizmasi ichida NKK bo‘lmagan holda tushiriluvchi perforatorlar; - NKK
ichidan tushiriluvchi perforatorlar; - NKK bilan tushiriluvchi perforatorlar.
Ikkilamchi ochish uchun qaysi guruh perforatorlarini tanlash, quduqni
perforatsiyalashga tayyorlash harakteriga va ishlar hajmiga, perforatsiyani
davomiyligiga va reyslar soniga, ikkilamchi ochishni samaradorligiga, shuningdek
otish ishlari jarayonida quduqni mustahkamligiga keltiriladigan shikastni (zarar)
inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Birinchi guruh perforatorlari bilan teshiklar hosil qilish uchun ekspluatatsion
tizmani shunday yuvuvchi suyuqlik bilan to‘ldiramizki, quduqka hosil qilingan
bosim 2-3 MPa dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Mahsuldor qat-lamni otilgan
teshiklar orqali yuvuvchi suyuqlik bilan ifloslanishini minimumga kamaytirish
maqsadida perforatsiya qilinadigan masofadan 100-200m yuqori oraliq kimyoviy
reagentlar bilan ishlangan, suv bera oluvchanlikni kamaytiruvchi, qattiq fazasiz
suyuqlik bilan to‘ldiriladi.
Perforatsiya boshlanishidan avval quvur uchi krestovikasiga perforator
zulfini o‘rnatilib, ekspluatatsion tizmani ruxsat etilgan bosimidan yuqori bosimda
sinab ko‘riladi. Zulfinni shturvali quduqdan 10m uzoqlikda joylashtirilib, ayvonli
to‘sik bilan atrofi uraladi. Quduq tayyor bo‘lganidan keyin, uqlangan perforator
kabel bilan ekspluatatsion himoya tizmasi ichiga belgilangan mahsuldor kollektori
otiladigan masofaga tushiriladi va otib teshiklar hosil qilinadi; gilli qatlamchalar
mavjud kollektorlarda otib teshik hosil qilish tavsiya qilinmaydi. Perforatorlarni
har bir otilishida quduq ichidagi yuvuvchi suyuqlikni ma’lum bir qismi qatlamga
kiradi. Mahsuldor qatlamda vaqtidan ilgari qatlam suyuqligi oqimi hosil bo‘lishini
oldini olish uchun himoya tizmasi ichiga yuvuvchi suyuqlikni o‘z vaqtida tuldirib
turish va uni sathini quduq yuzasidan turib saqlab turish lozim.
Perforatsiya tugashi bilan quduqdan kabel ko‘tarib olinadi, NKK
perforatsiya qilingan chegarani yuqori qismigacha tushiriladi. Agarda mahsuldor
qatlamni kollektori mustahkam bo‘lmasa NKK ni ostki qismi perforatsiya qilingan
oraliqdan 100-150m yuqorida bo‘lishi lozim.
Qolgan ikki guruh perforatorlari yordamida o‘tkaziladigan otish ishlarida
quduq yuzasi germetik bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Bunday holatda zarur
bo‘lgan depressiyani ushlab turish va kollektorni suyuqlik bilan ifloslanishini
oldini olish mumkin bo‘ladi.
Agar otish ishlari uchun ikkinchi guruh perforatorlarini ishlatish zarur
bo‘lsa, quduqni qatlam bosimiga nisbatan belgilangan kam bosimni perforatsiya
oralig‘ida hosil qiluvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. NKK larni ostki qismi
perforatsiya qilinadigan oraliqni yuqori qismida bir qancha yuqori masofada
joylashtiriladi.
Quduq yuzasi favvora armaturasi bilan germetik saqlanadi. Armatura
buferini maxsus lubrikator bilan almashtiriladi. NKK ichidan perforator kabel
yordamida tushiriladi. Otish ishlari tugatilganidan keyin archadagi lubrikator echib
olinadi va uning o‘rniga manometrli bufer quyiladi.
Uchinchi guruh perforatorlari quduqka tushirishdan avval NKK ni ostki qismiga
maxsus perevodnik yordamida biriktirilib qotiriladi. Perfora-torning uzunligi 50
metrgacha yotishi mumkin. Agarda mahsuldor qatlam bir nechta kollektor
qatlamchalardan iborat bo‘lsa, perforatorga kumulyativ zaryadlar shunday
joylashishi kerakki, bizga zarur bo‘lgan qatlamni tesha olishimiz kerak.
Belgilangan oraliqqacha perforator NKK bilan tushirilib, quduq ustiga
favvora armaturasi o‘rnatiladi va quduq qatlam bosimidan kichik bo‘lgan bosim
hosil qiluvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. So‘ngra NKK ni ichiga rezina shar
tashlanib kompressor bilan havo yoki nasos bilan suyuqlik sharni perforatorlarni
shtokigacha borib tiralginucha haydaladi. Bosimni tezda oshishi hisobiga shtok
harakatlanib detanatorni kapsulasiga urilishi natijasida, portlab otilish ro‘y berishi
perforator ishlay boshlaganini bildiradi. Perforatsiya tugashi bilan perforatorni
quduqdan (ko‘tarmasdan) chiqarmasdan quduqni sinash mumkin. Uchinchi guruh
perforatorlarini ishlatish vaqtini minimum sarfiga va boshqa otuvchi
perforatorlarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega.
Otuvchi perforatorlarni asosiy kamchiliklari:
a) tog‘ jinsida hosil qilinadigan kanalni uzunligi, tizma ortidagi tamonaj toshini
mustahkamligiga tog‘ jinsini mustahkamligi, siqilishiga bog‘liq.
b) teshik devorlarida zichlanish yuqori.
v) perforatsiya jarayonida ekspluatatsion tizmada ya’ni otiladigan oraliqda
nuqsonlar (deffekt) bo‘lishi kutiladi.
g) tamonaj toshlarida yorilish sodir bo‘ladi.
Nuqsonlarni hosil bo‘lish ehtimoli perforatsiya (zich) tekis bo‘lganda, bir
momentda ko‘plab teshiklar hosil qilinganida kuzatiladi.
Kumilyativ perforatsiyaga nisbatan torpedali va o‘qli perforatsiyada nuqsonlar
yuqori bo‘ladi.
Ikkilamchi ochishni eng samarali usuli suvqum oqimli perforatsiya usulidir.
Teshishning bu usuli quduq devoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, maxsus
nasadkadan suyuqlik qum aralashmasi katta tezlikda harakatlanishidagi kinetik
energiyasiga va devorni emirish hususiyatiga asoslangan. Qisqa vaqt ichida
mustahkamlovchi quvurlar tizmasi, sement toshi, tog‘ jinslari teshilib qatlamda
teshik yoki ariqchasimon kanal hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |