10-ma’ruza: O‘zgaruvchan tok mashinalarining umumiy masalalari Reja: 1. O’zgaruvchan tok kollektor mashinalarda energiyani elektromexanik o’zgartirish
2. O’zgaruvchan tok mashinalarining ishlash prinsipi
1.O’zgaruvchan tok kollektor mashinalarda energiyani elektromexanik o’zgartirish O’zgaruvchan toki kollektor mashinalari o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulanadi (10.1-rasm) fc tarmog’idagi o’zgarmaydigan chastotasi CHO’ (PCH) chastota o’zgargichi bilan f o’zgaruvchi chastotaga o’zgaradi. O’zgaruvchan tokli kollektorli motorlarda chastotani o’zgarishi hisobiga keng chegaralarda aylanuvchi chastotani rostlash ta’minlanadi.
O’zgaruvchan tok kollektor mashinalari o’zgaruvchan tokli rostlanadigan yuritmalarda maydon sinxron aylanuvchi chastotasidan yuqori aylanish chastotasini olish uchun qo’llaniladi.
O’zgaruvchan tokdagi kollektorli mashinalar hozirgi vaqtda maishiy asboblar yuritmasi uchun bir fazali tarmoqda eng qo’p qo’llanilmoqda.
Hozirgi vaqtda ayrim g’arbiy yevropa mamlakatlarida o’zgaruvchan tokdagi kollektorli motorlaridan yuk tortish motori sifatida foydalanilmoqda.
O’zgaruvchan tokdagi uch fazali kollektorli motorlar uncha katta bo’lmagan quvvatda va o’n va yuzlab kilovattda ishlab chiqarilmoqda.
2. O’zgaruvchan tok mashinalarining ishlash prinsipi
O’zgaruvchan tokdagi kollektorli mashinalarning asosiy kamchiligi uning yomon kommutatsiyasidir. Chastotaning mexanik o’zgartirgichi – bu mashinalarda kollektor o’zgaruvchan tokni rostlanadigan chastota o’zgaruvchan tokiga o’zgartirish rejimida ishlaydi. O’zgaruvchan tokning bevosita boshqa chastotaning o’zgaruvchan tokka bevosita o’zgarishi o’zgarmas tok oraliq zvenosi chastotani mexanik o’zgartirishdagi kabi yarim o’tkazgichli chastota o’zgartirgichda ham o’ta murakkab tarzda amalga oshiriladi. Agar ko’p fazali yakor chulg’amini ikki fazaliga olib kelinib, chastota o’zgartirgichga o’zgaruvchan tok berilsa umumlashtirilgan mashinalar modelidagi o’zgaruvchan tokdagi kollektorli mashinalarni olinadi.
10.1-rasm.O'zgaruvchan tok uchun kollektor mashinasining diagrammasi
O’zgaruvchan tokli kollektorli mashinalar tor tirqishda stator va rotorning asosiy garmonika maydoni bir biriga nisbatan qo’zg’almasdir va yuqori garmonikning cheksiz spektri mavjud bo’lib, maydon esa bir biriga nisbatan aralashib ketadi. Maydonning bunday ko’rinishi tor tirqishda va boshqa tipdagi elektr mashinalarda mavjud bo’ladi.
O’zgaruvchan tokdagi kollektorli mashinalarning differensial tenglamasi ko’rinishida yozilgan bo’lishi mumkin. Biroq, o’zgaruvchan tokdagi kollektorli motorlar dinamikasida uncha ko’p bo’lmagan ishlar miqdori bag’ishlangan bo’lib, loyihalashtirishda o’ta oddiy formulalardan foydalaniladi, chunki o’zgaruvchan tokdagi kollektorli motorlar geometriyasi asosan kommutatsiya orqali aniqlanadi.
O’zgaruvchan tokli kollektorli motorlar bizning asrning boshida eng ko’p tarqalishga sabab bo’ldi. O’zgaruvchan tokli kollektorli motorlarning o’nlab orginal sxemalari taklif etildi.
Keyingi o’n yilliklarda esa o’zgaruvchan tokdagi kollektorli motorlarni sinxron va asinxron yuritmali rostlovchi motorlar siqib chiqarmoqda. Kollektorni tayyorlashni mehnati og’irligi va yoton kommutatsiyasi o’zgarmas tokdagi kollektorli motorlarni qo’llashda cheklab qo’ymoqda.
O’zgaruvchan tokdagi kollektorli motorlarni nazariyasini rivojlantirishga G.Gerges, I.Deri, D.A.Zavalishn, M.P. Kostenko, M.Latur, E.Tomson, R.Rixtek, K.I.SHenfer va boshqalar katta hissa qo’shganlar.